oshirish jarayonlarini yetarli darajada ta’minlash uchun zarur bo’lgan
barcha hayotiy ne’matlarning jami qiymatini o’z ichiga oladi. Ishchi kuchi
qiymati o’zgaruvchan ko’rsatkich bo’lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki
pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga
quyidagilarni kiritish mumkin: ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojlarning ob’ektiv
ravishda o’sishi; mehnat intensivligining oshishi; o’qish va kasbiy bilimlar olishga
sarflarning ko’payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil
bo’lib moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o’sishi
hisoblanadi. U ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar
qiymatining pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |