1. Iqtisodiy nisbatlar va ularning turlari
Iqtisodiy mutanosiblik (nisbatlar) – iqtisodiyotning turli tomonlari va
sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo’lishidir. Bunda
tenglik shart bo’lmay, ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1)
bo’lishi mumkin.
Mutanosibliklarni quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.
1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi
tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi; iqtisodiyotdagi
tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o’rtasidagi; aholining daromadlari
bilan xarajatlar o’rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |