Buxglteriya hisobi va audit


 Iqtisodiy o’sish modellari



Download 7,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/521
Sana05.07.2021
Hajmi7,54 Mb.
#109824
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   521
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

 
3. Iqtisodiy o’sish modellari 
Iqtisodchi  olimlarning  iqtisodiy  o’sish  omillarini  o’rganish  hamda  uning 
kelgusidagi  natijalarini  bashorat  qilish  borasidagi  tadqiqotlari  pirovardida  turli 
iqtisodiy o’sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o’z mazmuniga 
ko’ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy 
muvozanatning  keynscha  (keyinchalik  neokeynscha)  nazariyasi  hamda  ishlab 
chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.  
Iqtisodiy  o’sishni  tahlil  qilishda  neoklassik  nazariya  namoyondalari quyidagi 
noto’g’ri nazariy shartlarga asoslanadilar: 
1)  mahsulotning  qiymati  barcha  ishlab  chiqarish  omillari  tomonidan 
yaratiladi; 
2)  ishlab  chiqarish  omillarining  har  biri  o’zining  keyingi  qo’shilgan 
mahsulotiga  tegishli  ravishda  mahsulot  qiymatini  yaratishga  hissasini  qo’shadi. 
SHunga ko’ra, bunga javoban barcha keyingi qo’shilgan mahsulotga teng keluvchi 
daromad ham oladi; 
3)  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  buning  uchun  zarur  bo’lgan  resurslar 
o’rtasida miqdoriy bog’liqlik mavjud; 
4)  ishlab  chiqarish  omillarining  erkin  tarzda  amal  qilishi  hamda  ular 
o’rtasida o’zaro bir-birining o’rnini bosish imkoniyati mavjud. 
Biz  oldingi  boblarda  aytganimizdek,  neoklassik  va  boshqa  ayrim 
yo’nalishdagi nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo’l qo’yadilar: 
1)  ular  ishlab  chiqarish  omillarining  barchasi  bir  xil  qiymat  yaratadi,  ular 
qiymatni  yaratishda  baravar  ishtirok  etadi,  deb  hisoblaydilar.  Xolbuki,  barcha 
ishlab  chiqarish  vositalari  hech  qanday  yangi  qiymat  yaratmaydilar,  balki 
o’zlarining qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi 
yaratilgan  mahsulotga  o’tkazadilar.  Lekin  barcha  omillar  yaratilgan  va  o’sgan 
(ko’paygan) mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar; 


 
157 
2)  ular  doimo  barcha  omillar  ichida  jonli  mehnatning  faol  rol  o’ynashini, 
qolganlari  esa  passiv  rol  o’ynashini  unutadilar.  CHunki  hech  bir  tabiiy  resurs, 
kapital resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o’zicha harakatga 
kela  olmasligi,  irib-chirib  o’z  joyida  ham  jismonan,  ham  qiymati  yo’q  bo’lib 
ketishi,  ularning  qiymati  faqat  jonli  mehnat  tomonidan  saqlab  qolinishi  million 
yillardan  beri  milliard  martalab  tasdiqlanib  kelmoqda.  Lekin  negadir  ularning 
bunga e’tibor bergisi kelmaydi.        
Neoklassik  model  ko’p  omilli  hisoblanib,  amerikalik  iqtisodchi  P.Duglas  va 
matematik  CH.Kobb  yaratgan  ishlab  chiqarish  funktsiyasi  asos  qilib  olingan. 
Kobb-Duglas  modeli  orqali  ishlab  chiqarish  hajmining  o’sishida  ishlab  chiqarish 
turli omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi: 


L
AK
Y


bu yerda: 
Y – ishlab chiqarish hajmi;  
K – kapital sarflari; 
L – ishchi kuchi sarflari; 
A, 



 - ishlab chiqarish funktsiyasining koeffitsiyentlari: 
A – mutanosiblik koeffitsiyenti;  

  va 

  -  ishlab  chiqarish  hajmining  ishchi  kuchi  va  kapital  sarflari  bo’yicha 
elastiklik koeffitsiyenti. 
Elastiklik  koeffitsiyenti  bir  ko’rsatkich  miqdorining  o’zgarishi  natijasida 
boshqa bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi darajasini ifodalaydi. SHunga ko’ra, 

 koeffitsiyenti kapital sarflarining 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining necha 
foizga  o’sishini, 

  koeffitsiyenti  esa  ishchi  kuchi  sarflarining  1%ga  o’sishi  ishlab 
chiqarish hajmining necha foizga o’sishini ko’rsatadi. 

 va 

ning yig’indisi ishchi 
kuchi  va  kapital  sarflarining  bir  vaqtning  o’zida  1%ga  o’sishi  ishlab  chiqarish 
hajmining necha foizga o’sishini ko’rsatadi. 
CH.Kobb  va  P.Duglas  o’z  tadqiqotlarida  AQSH  qayta  ishlash  sanoatining 
1899-1922  yillar  mobaynidagi  ish  faoliyatini  tahlil  qilib,  ishlab  chiqarish 
funktsiyasining ko’rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar:  
75
,
0
25
,
0
01
,
1
L
K
Y




Bu  ko’rsatkichlar  shuni  anglatadiki,  o’sha  davrda  AQSH  qayta  ishlash 
sanoatida  kapital  sarflarining  1%ga  oshirilishi  ishlab  chiqarish  hajmini  0,25%ga, 
ishchi  kuchi  sarflarining  1%ga  oshirilishi  esa  ishlab  chiqarish  hajmini  0,75%  ga 
oshishiga olib kelar ekan.  
Keyinchalik  Kobb-Duglasning  ishlab  chiqarish  funktsiyasini  golland 
iqtisodchisi  YAn  Tinbergen  yanada  takomillashtirib,  unga  yangi  omil  –  texnika 
taraqqiyoti  ko’rsatkichini  kiritdi.  Natijada  ishlab  chiqarish  funktsiyasi  formulasi 
quyidagi ko’rinishni oldi: 
rt
e
L
AK
Y




1

bu yerda: ye
rt
 – vaqt omili. 
Ishlab  chiqarish  funktsiyasiga  vaqt  omilining  kiritilishi  endilikda  nafaqat 
miqdor,  balki  «texnika  taraqqiyoti»  atamasi  orqali  uyg’unlashuvchi  sifat 
o’zgarishlari  –  ishchi  kuchi  malakasining  o’sishi,  innovatsiya  jarayonlarining 


 
158 
kuchayishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida 
ma’lumotlilik darajasining oshishi va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi. 
 Iqtisodiy  o’sishning  keynscha  modeli  makroiqtisodiy  muvozanatning 
keynscha  nazariyasini  rivojlantirish  va  unga  tanqidiy  yondoshish  natijasida 
vujudga  kelgan.  Bu  modellar  orasida  ingliz  olimi  R.Xarrod  va  amerikalik  olim 
ye.Domarning  iqtisodiy  o’sish  modellari  e’tiborga  molik  hisoblanadi.  Har  ikkala 
modelning umumiy jihatlari mavjud bo’lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi: 
1)  ular  neoklassik  modellardan  farqli  o’laroq  bir  omilli  model  hisoblanadi. 
YA’ni  bu  modellarda  milliy  daromadning  o’sishi  faqat  kapital  jamg’arishning 
funktsiyasi  hisoblanib,  kapital  samaradorligiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  ishchi  kuchi 
bandligining  oshishi,  FTT  yutuqlaridan  foydalanish  darajasining  o’sishi,  ishlab 
chiqarishni  tashkil  etishning  yaxshilanishi  kabi  boshqa  barcha  omillar  nazardan 
chetda qoldiriladi; 2) ishlab chiqarishning kapital sig’imi ishlab chiqarish omillari 
narxlarining nisbatiga bog’liq bo’lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari 
orqali aniqlanadi. 
Neokeynscha  modelda  investitsiyalarning  o’sishi  iqtisodiy  o’sish  va  uning 
sur’atlarini  belgilovchi  omil  hisoblanib,  u  bir  tomondan,  milliy  daromadning 
o’sishiga  imkon  yaratadi,  ikkinchi  tomondan  esa,  ishlab  chiqarish  quvvatlarini 
kengaytiradi.  O’z  navbatida  daromadning  o’sishi  bandlikning  oshishiga  imkon 
yaratadi.  Investitsiya  hajmining  ko’payishi  natijasida  kengaygan  ishlab  chiqarish 
quvvatlari daromadning o’sishi orqali to’liq ishga tushirilishi lozim. 
SHunga 
ko’ra,  ye.Domarning  modelida  quyidagi  tenglik  orqali 
muvozanatning ta’minlanishi shart qilib qo’yiladi: 
 

Download 7,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   521




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish