9. Sotib olingan va chiqib ketgan AV bahosini hisob ma’lumotlari bilan solishtirib, tekshirish
23.03.2013
Salimov D.G.
Boshlangich xujjatlar, xisob registrlari
10.Hisobotlardagi muhim axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish
24.03.2013
Mavlonov V.T.
Boshlangich xujjatlar, xisob registrlari
S. Bo’lim bo’yicha yakuniy ma’lumotlar
1.Xato va kamchiliklarning taxminiy ro’yxati
24.03.2013
Pulatov G.R.
Xisob-kitoblar
2. Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot
24.03.2013
Pulatov G.R.
Xisob-kitoblar
3. Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati
25.03.2013
AkbarovS.I.
Xisob-kitoblar
4. Audit bo’limi bo’yicha xulosa
25.03.2013
AkbarovS.I.
Xisob-kitoblar
Auditorlar tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladigan ishlarning hajmi va sifatini tasdiqlaydigan, asosiy hujjatlardan bo’lib hisoblangan, ish hujjatlarini tuzishlari lozim. Bu hujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to’g’risidagi zarur ma’lumotlar; bajariladigan ishlarning batafsil bayoni bo’lishi lozim. Xususan quyidagilar ko’rsatiladi: tekshiruv o’tkazish uslubi (yoppasiga yoki tanlab), yoki tekshiriladigan hujjatlarning hajmi; tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar; tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa hujjatlar ro’yxati; amaldagi qonun-chilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bar-taraf qilish usullari to’g’risida auditorning fikrlari; mijozining moliya-xo’jalik faoliyatini yaxshilashga qaratil-gan boshqa tavsiyalar.
Shuningdek, ish hujjatlarida: mijoz-korxonaning ichki xo’jalik nazorat tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jihatlarini ajratib ko’rsatgan holda); o’tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur.
Xulosa Men ushbu mavzuni yoritar ekanman quyidagi ma`lumotlarga ega bo`ldim ish hujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to’plangan ma’lumotlar ishonarliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga muvofiqligini tasdiqlashi lozim. Zarur hollarda auditor haqiqatan ham aynan shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun etarli guvohliklar to’planganligini ham baholashi zarur. Ish hujjatlaridagi tafsilotlarning tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki xil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim. Auditorning ish hujjatlari maxfiy hisoblanadi. Audit yakunlanganidan so’ng ish hujjatlarini himoyalash bo’yicha barcha zaruriy choralar ko’rilishi kerak. Ish huj-jatlari begona shaxslarga, agar boshqa holatlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilmagan bo’lsa, faqat mijoz-korxonaning roziligi bilan berilishi mumkin.
Auditorlik tashkilotlarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon qilinadi va o’tka-ziladigan tekshiruvning asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi.