O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTETI
“BUXGALTERIYAHISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT”KAFEDRASI
“AUDIT” FANIDAN
TOPSHIRIG’I
MAVZU: AUDITNING UMUMIY REJASINI TAYYORLASH VA TUZISH.
Bajardi: БХА-55-2guruh talabasi
Shamsiyev Ma`ruf
Qabul qildi: ___________________
Reja:
a) auditni dastlabki rejalashtirish;
b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
v) audit dasturini tayyorlash va tuzish.
KIRISH
Keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan ulkan iqtisodiy o’zgarishlar respublikamiz hisob tizimini hamo’z ichiga qamrab olmoqda. Ayniqsa, buxgalteriya hisobining milliy standartlarining amaliyotga tatbiq etilayotganligi bunda alohida ahamiyat kasb etadi.
Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo’shmakorxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga (qimmatli qog’ozlar birjalariga, xalqaro banklarga, fondlarga va boshqalarga) chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrimmamlakatlar o’rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon andozalariga ko’chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda. Qolaversa, buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun hamtobora dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida respublikada xalqaro andozalarga to’la-to’kis mos keluvchi buxgalteriya hisobining milliy andozalari ishlab chiqilmoqda va amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.
Buxgalteriya hisobini isloh qilinishi, eng avvalo, uning boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga bo’lib o’rganishimizni taqozo etadi. Buxgalteriya hisobi turlari ichida moliyaviy hisob alohida ahamiyatga ega bo’lib, u tashqi foydalanuvchilar uchun asosiy axborot manbai bo’lib hisoblanadi.
Ushbu o’quv qo’llanma oliy ta’limning iqtisodiyot yo’nalishidagi magistratura talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda moliyaviy hisobning barcha elementlari - asosiy vositalar, lizing muomalalari, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar, ishlab chiqarish zaxiralari, pul mablag’lari, hisob-kitob muomalalari, kapital hamda rezervlar, moliyaviy natijalar va boshqa mavzular ko’rib chiqilgan.
Auditning umumiy rejasi: mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va hokazolarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim.
Standartda ko’rsatilishicha, auditor umumiy rejada audit o’tkazish muddatlari va audit o’tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda tutishi lozim. Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:
kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish hollarida) va haqikiy mehnat xarajatlari;
muhimlik darajasi;
auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni va malakasi;
auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;
auditorlik guruhining barcha a’zolariga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ularni mijozning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishtirish ;
auditorlik guruhi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnatishi;
auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |