Buxgalteriya xisobi va Audit



Download 97,12 Kb.
bet3/4
Sana23.02.2022
Hajmi97,12 Kb.
#182492
1   2   3   4
Bog'liq
БХА 57 2 гр Сагдуллаева Нигора Пул ва банк топшириқ

Mikrokredittashkilotiustavfondiningengkammiqdorilitsenziyaolishuchunmurojaatqilingankungaqadarfaqatpulmablag‘laridanshakllantirilganbo‘lishikerak.
Mikrokredit tashkilotining firma nomi va muhri. Mikrokredit tashkilotining firma nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa mikrokredit tashkilotlarining firma nomiga o‘xshash bo‘lmasligi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs o‘z nomida "mikrokredit tashkiloti" so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Mikrokredit tashkiloti o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan eri ko‘rsatilgan muhriga ega bo‘lishi kerak. Muhrda ayni vaqtning o‘zida firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin. Mikrokredit tashkiloti o‘z nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va o‘z emblemasiga ega bo‘lishga haqlidir.
Mikrokredit tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Mikrokredit tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofik davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Mikrokredit tashkiloti faoliyatini litsenziyalash.Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi.
Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida qabul qilinadi. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

  1. litsenziya berish xaqidagi ariza;

  2. mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlari;

  3. mikrokredit tashkiloti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;

  4. mikrokredit tashkiloti boshqaruv organlarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  5. mikrokredit tashkilotining ustav fondi shakllanganligini tasdiqlovchi bank hujjati.

Litsenziya berishni rad etish. Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan talablarga nomuvofiq bo‘lgan va taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikrokredit tashkilotiga litsenziya berishni rad etishi mumkin.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror buyurtma beruvchiga rad etish sabablari hamda buyurtma beruvchi mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va uni bekor qilish. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
 mikrokredit tashkiloti tomonidan ushbu Qonun hamda boshqa qonun
hujjatlari talablari, shu jumladan litsenziya talablari va shartlari buzilganda; mikrokredit tashkilotining faoliyatidaaniqlangan qoida-buzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar mazkur tashkilot tomonidan bajarilmaganda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
mikrokredit tashkiloti to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda; hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;
mikrokreditlar berish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish litsenziya berilgan paytdan e’tiboran olti oydan ortiq muddatga kechikkanda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Litsenziyaning soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlangan taqdirda, u bekor qilinadi.
Mikrokredit tashkiloti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar
Mikrokredit tashkiloti quyidagi turlardagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin:
mikrokreditlar yoki mikroqarzlar berish;
qarz majburiyatlarini sotib olish va sotish (faktoring);
mikrokredit tashkiloti lizing beruvchi sifatida ishtirok etadigan mikrolizing
(moliya ijarasi);
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan iste’mol kreditlari berish.
Mikrokredit tashkiloti mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan bsg‘liq maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatishi mumkin.
Mikrokredit tashkiloti qarz majburiyatlarini chiqarishga hamda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (depozitlar) qabul qilishga haqli emas.Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larning manbalari Mikrokredit tashkiloti quyidagilar hisobidan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi:

  1. o‘z mablag‘lari, shu jumladan olgan daromadlari;

  2. investorlar, shu jumladan chet ellik investorlar tomonidan investitsiya shartnomalari asosida berilgan mablag‘lar;

  3. banklarning kreditlari va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari;

  4. xalqaro moliya institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining grantlari va qarz mablag‘lari;

  5. qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solishga doir vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy tizimning barqarorligini saqlash, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida "O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mikrokredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:

    • mikrokredit tashkilotlari ustav fondining eng kam mikdorini hamda moliyaviy va kassa operatsiyalari o‘tkazishning, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning mazkur tashkilotlar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarini belgilaydi;

    • mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini tekshiradi va ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga oid bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;

    • mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;

    • mikrokredit tashkiloti tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalar o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklaydi;

    • mikrokredit tashkiloti litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turadi, tugatadi yoki litsenziyani bekor qiladi.

Mikrokredit tashkilotining filiallari. Mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga haqli.
Mikrokredit tashkilotining filiali o‘z faoliyatini mikrokredit tashkiloti uchun berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish. Mikrokredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 97,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish