Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet323/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

 

10. INVENTARIZATSIYA NATIJALARINI   RASMIYLASHTIRISH VA 

BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARIDA AKS ETTIRILISHI.

 

Inventarizatsiya 



jarayonida  ishchi  komissiya  a’zolari  moddiy 

qiymatliklarni  qayta  sanash,  o’lchash,  tortish  yо‘li  bilan  ularning  haqiqiy 

miqdorlarini  aniqlaydilar  va  19-sonli  milliy  andozada  kо‘rsatilgan  namunadagi 

inventarizatsiya  rо‘yxatini  (opis)  tuzadilar  (2-ilovaga  qarang).  Rо‘yxatning  har 

bir  betini  oxirida  shu  betda  necha  nomdagi  moddiy  qiymatlikdan  qancha 

miqdorda borligi sо‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs 

tomondan imzolanadi. 

Shuningdek,  ishchi  poda  va  ma’suldor  xayvonlar,  parranda  va  asalari 

oilalari,  kо‘p  yillik  о‘simliklar,  kо‘chatzorlar  yо‘qlama  qilinayotganda 

О‘zbekistan  Respublikasi Qishlok va  suv  xо‘jaligi  vazirligi  tomonidan  qishloq 




 

411 


xо‘jalik  korxonalari  uchun  tasdiqlangan  inventarizatsiya  rо‘yxatini  (opis) 

tuzadilar.  

Inventarizatsiya  yakunlangandan  keyin  Inventarizatsiya  rо‘yxatining 

oxirgi  varag‘ida  komissiya  a’zolari  shu  rо‘yxatda  necha  nomdagi  moddiy 

qiymatlikdan qancha  miqdorda borligi sо‘z  bilan yozilib  komissiya  a’zolari  va 

moddiy javobgar shaxs tomondan imzolanadi. Sо‘ng moddiy javobgar shaxs “... 

ushbu  qayta  rо‘yxatga  olish  dalolatnomasida  kо‘rsatilgan  moddiy  qiymatliklar 

mening  bevosita  ishtirokimda  hisoblab  chiqilganligini  tasdiqlayman  va  shu 

moddiy  qiymatliklarni  о‘z  shaxsiy  javobgarligimga  qabul  qildim,  qayta 

rо‘yxatga olish komissiyasiga mening hech qanday davoim yо‘q… (agar, davosi 

bо‘lsa,  e’tirozini  yozadi)”  degan  mazmundagi  tilxatga  imzo  chekadi.  Tо‘liq 

rasmiylashtirilgan  qayta  rо‘yxatga  olish  rо‘yxati  (opis)  komissiya  raisi 

tomonidan korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. 

Korxona  rahbariyati  inventarizatsiya  tо‘g‘ri  о‘tkazilganini  nazorat  qilish 

maqsadida,  inventarizatsiya  о‘tkazilgan  ombor  yoki  boshqa  obyekt  ochilgunga 

qadar nazorat tekshiruvlari о‘tkazadilar.Nazorat tekshiruvi natijalari dalolatnoma 

bilan  rasmiylashtiriladi.  Dalolatnoma  tekshirishlarni  hisobga  olish  daftarida 

rо‘yxatdan о‘tkaziladi. 

Korxona  mulkining  bir  qismini  saralab  rо‘yxatga  olish  uchun 

korxonalarda tekshirish va saralab qayta rо‘yxatga olish komissiyasi tuziladi. Bu 

komissiya  inventarizatsiya  davrlari  о‘rtasida  moddiy  qiymatliklarning  butligi, 

ularni  saqlash  qoidalarining  va  о‘rnatilgan  boshlang’ich  hisob  yuritish 

tartibining  bajarilishi  ustidan  nazorat  olib  boradi.  Inventarizatsiya  moddiy 

javobgar  shaxslar  almashayotganda  o’tkazilayotgan  bо‘lsa,  rо‘yxatga  olish 

rо‘yxatida  moddiy  qiymatliklarni  qabul  qilayotgan  shaxslar,  ularni  о‘zining 

javobgarligiga  olganligi,  topshirgan  shaxslar  esa  ularni  topshirganligi  xususida 

imzo chekadilar. 

Korxonaga  tegishli  bо‘lmagan,  biroq  vaqtincha  saqlash  uchun  olingan 

moddiy qiymatliklarga aloxida inventarizatsiya rо‘yxatlari tuziladi. 



 

412 


Inventarizatsiya  rо‘yxatlari  texnik  vositalarda  yoki  qо‘lda  tо‘ldirilishi 

mumkin.Qо‘lda  tuziladigan  inventarizatsiya  rо‘yxatlari  chiroyli  husnixat  bilan, 

aniq-ravshan qilib tо‘ldiriladi. Hech qanday о‘chirish va tuzatib yozishlarga yо‘l 

qо‘yilmaydi.  Qayta  rо‘yxatga  olish  rо‘yxatlarida  tо‘ldirilmagan  satrlar  ustiga 

chizib qо‘yiladi. 

Inventarizatsiya tugagandan keyin komissiya a’zolari va moddiy javobgar 

shaxs rо‘yxatning oxirigi varag‘iga shu rо‘yxatda nechta moddiy qiymatlikdan 

qancha miqdorda borligini yozib imzo chekadilar. Moddiy javobgar shaxslardan 

«…hayat  a’zolari  boyliklarni  uning  xozirligida  tekshirganini,  hayat  a’zolariga 

nisbatan  xech  qanday  da’vosi  yо‘qligi  va  rо‘yxatda  sanalgan  boyliklar 

masuliyatli  saqlashga  qabul  qilinganini  tasdiqlaydigan  tilxatga…»  oladilar  va 

rо‘yxatni buxgalteriyaga topshiradilar. 

Korxona  buxgalteriyasida  inventarizatsiya  ma’lumotlari  mantiqan  va 

arifmetik usul bilan tekshirib kо‘riladi. Baholarda, summalarni chiqarishda yо‘l 

qо‘yilgan  arifmetik  xatoliklar  tо‘g‘rilanadi  va  bu  haqda  komissiyaning  hamma 

a’zolari  va  moddiy javobgar shaxs imzo  chekadi.  Inventarizatsiya  rо‘yxatining 

oxirgi betida baholar va summalarning tо‘g‘riligi tekshirgan buxgalteriya xodimi 

bu  haqidagi  yozuvni  amalga  oshirib  imzo  chekadi.  Shundan  keyin 

inventarizatsiya natijalarini aniqlash uchun taqqoslash vedomosti tuziladi. Unda 

hisob  ma’lumotlari  bilan  qayta  rо‘yxatga  olish  rо‘yxati  ma’lumotlari  о‘rtasida 

aniqlangan farqlar qayd qilinadi.  

Inventarlash  va  boshqa  tekshirishlar  paytida  aniqlangan  boyliklarning 

haqiqatda  mavjudligi  buxgalteriya  hisobi  ma’lumotlaridan  farqlari  quyidagicha 

tartibga solinadi: 

1. Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va 

boshqa  mol-mulk  kirim  qilinishi  va  tegishlicha  xo’jalik  yurituvchi  subyektning 

moliyaviy natijalariga yo’naltiriladi va keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va 

aybdor shaxslar aniqlanadi: 

D-t – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 - “Tayyor  

mashulotlar” va boshqa qiymatliklarir hisobga olinadigan schyotlar 




 

413 


K-t – 9710 -  “Favqulodda foydalar” schyoti; 

2.  Belgilangan  me’yorlar  doirasida  boyliklarning  yo’qolishi  xo’jalik 

yurituvchi  subyektlar  rahbarlarining  farmoyishiga  ko’ra  ishlab  chiqarish  va 

muomala  chiqimlari  hisobdan  o’chiriladi  (yo’qolish  me’yorlari  haqiqatda 

kamomad  aniqlangan  taqdirdagina  qo’llani).  Bunda  belgilangan  me’yorlar 

doirasida  boyliklarning  yo’qolishi  boyliklar  kamomadi  qayta  navlarga 

ajratishdagi  ortiqcha  mol  bilan  hisobga  olgach  belgilanishiga  e’tibor  beriladi. 

Agar  belgilangan  tartibda  o’tkazilgan  qayta  navlarga  ajratish  bo’yicha  hisobga 

olingandan  keyin  ham  boyliklar  kamomadi  mavjud  bo’lsa,  tabiiy  yo’qolish 

me’yorlari  kamomad  aniqlangan  boyliklar  nomi  bo’yicha  qo’llaniladi. 

Tasdiqlangan  me’yorlar  bo’lmagan  taqdirda  yo’qolish  me’yorlardan  ortiqcha 

kamomad sifatida qaraladi: 

D-t - 9400 “Davr xarajatlari”  

K-t  –  1000  “Materiallar  hisobga  olinadigan  schyotlar“,  2800  “Tayyor 

mashulotlar”; 

3.  Yo’qolish  me’yorlaridan  ortiqcha  boyliklar  kamomadi,  shuningdek, 

boyliklar buzilishidan ko’rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi

74



D-t - 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari” 

K-t  -  1000  “Materiallar  hisobga  olinadigan  schyotlar“,  2800  “Tayyor 

mashulotlar”; 

4.  Boyliklarning  yo’qolish  va  boyliklar  buzilishi  tufayli  talafotlar 

me’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va  buzilishlarning aniq aybdorlari 

aniqlanmagan  hollarda,  mashulot  (ishlar,  xizmatlar)  ishlab  chiqarish  va  sotish 

xarajatlari tarkibi  to’g’risidagi  nizomga muvofiq  xo’jalik  yurituvchi  subyektlar 

tomonidan ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki 

byudjet tashkilotida moliyalashni (fondlarni) kamaytirishga qayd etiladi.  

D-t - 9400 “Davr xarajatlari”  

 

74

  Suiiste’molliklar  oqibati  bo’lgan  kamomad  va  talafotlar  aniqlanganda  tegishli  materiallar  kamomad  va 



talafotlar  aniqlangandan  so’ng  5  kun  davomida  tergov  organlariga  berilishi  kerak,  aniqlangan  kamomad  va 

talafotlar summasiga esa fuqarolik da’vosi taqdim etiladi. 




 

414 


K-t  –  1000  “Materiallar  hisobga  olinadigan  schyotlar“,  2800  “Tayyor 

mashulotlar”; 

5. Kamomatlar undirib olinganda:  

D-t – 5000 - “Kassadagi pul mablag‘lari” schyoti 

K-t  –  4730  -  “Xodimlarni  moddiy  zararlarni  qoplashi  bo‘yicha  qarzlari” 

schyoti. 

Qayta  navlarga  ajratish  natijasida  ortiqcha  chiqish  va  kamomadlarning 

o’zaro  hisobga  olinishiga  birgina  tekshirilayotgan  davr  uchun,  birgina 

tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va 

ishonchli  shaxs  ruxsatiga  ko’ra  aynan  bir  xil  miqdorlarda  istisno  tarzida  yo’l 

qo’yiladi.  Bunda  yo’l  qo’yilgan  qayta  navlarga  ajratish  to’g’risida  moddiy 

javobgar  shaxslar  ishonchli  shaxsga  batafsil  tushuntirish  taqdim  etadilar. 

Moddiy javobgar shaxslar aybi bo’lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil 

bo’lgan  qiymatdagi  kamomad  farqiga  inventarlash  bayonnomalarida  bunday 

farq  aybdor  shaxslarga  kiritilmasligi  xususida  komissiya  mufassal  tushuntirish 

berilishi kerak. 




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish