Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BUXGALTERIYA HISOBI HUJJATLARINI TURKUMLASH



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

2. BUXGALTERIYA HISOBI HUJJATLARINI TURKUMLASH. 

Hujjatlar muayyan axborotni ifodalash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun 

har qanday korxona faoliyatini hujjatlarsiz tassavur qilib bo’lmaydi. 

Buxgalteriya  hujjatlari  mazmunan,  shaklan,  hajman  xilma-xil  bо‘ladi. 

Ularning maqsadi, yo’nalishi va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunga 

kо‘ra, hujjatlarni to’ldirishga qо‘yilgan umumiy  talablar bilan  bir  qatorda har bir 

turkum  hujjatlarni  tuzishga  qо‘yiladigan  alohida  talablar  ham  mavjud.  Muayyan 

turdagi  hujjat  о‘ziga  xos  xususiyat  va  sifatlarga  ega.  Hujjatlarni  xususiyat  va 

sifatlarini  bilmasdan  turib  buxgalteriya  hisobi  hujjatlarini  tо‘g‘ri  tuzish  mumkin 

emas.  


Korxona  xо‘jalik  faoliyatida  yuz  beradigan  kо‘p  sonli  operatsiyalarni 

hujjatlashtirish uchun turli - tuman hujjatlardan foydalaniladi.Ular alohida belgilari 

bо‘yicha guruhlanadi: 

1. Bajaradigan vazifasiga kо‘ra; 

2/ Xо‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibiga kо‘ra; 

3. Tuzilish joyiga kо‘ra. 

Barcha  hujjatlar  bajaradigan  vazifasiga  kо‘ra  buyruq  beruvchi,  dalil 

bо‘luvchi,  buxgalteriya  yо‘li  bilan  rasmiylashtiriluvchi  va  aralash  hujjatlarga 

bо‘linadi. 

Buyruq  beruvchi  hujjatlarga  xо‘jalik  operatsiyasini  bajarish  uchun 

farmoyish,  topshiriq  yoki  buyruq  berish  harakteriga  ega  bо‘lgan  hujjatlar  kiradi. 

Buyruq beruvchi hujjatlarda avvalo bajarilishi lozim bо‘lgan ishning mazmuni va 

muddati,  tartibi,  kim  tomonidan  ijro  etilishi  kо‘rsatilgan  bо‘ladi.  Ular  xо‘jalik 

operatsiyasini  amalga  oshirish  va  rasmiylashtirish  uchun  zaruriy  vosita 

hisoblanadi.  Buyruq  beruvchi  hujjatlar  turkumiga  ishchi  va  xizmatchilarni  ishga 

qabul  qilish,  ishdan  bо‘shatish,  ularni  mukofotlash  tо‘g‘risidagi  buyruqlar,  tovar 

moddiy  boyliklarni  olish  uchun  berilgan  ishonch  qog‘ozlari  va  boshqalar  kiradi. 

Masalan,  korxona  ekspeditoriga  ta’minotchilardan  xomashyo  olib  kelish  uchun 

ishonch  qog‘ozi  berildi.  Ishonch  qog‘ozida,  ishonch  qog‘ozi  qaysi  korxona 

tomonidan,  kimga,  nima  maqsad  uchun  va  qancha  muddatga  berilganligi 




387 

 

 



kо‘rsatiladi.  Ishonch  qog‘ozi  xomashyoni  ta’minotchidan  olish  uchun  buyruq 

berayotganligini  tasdiqlaydi.  Dalil  bо‘luvchi  hujjatlar  xо‘jalik  operatsiyalarini 

sodir  bо‘lganligini  tasdiqlaydi  va  ularni  buxgalteriya  hisobida  aks  ettirishga 

huquqiy asos bо‘ladi. Dalil bо‘luvchi hujjatlarga kassa kirim va chiqim orderlari, 

talabnomalar,  bildirishnoma,  marshrut  varaqlari,  schyot-faktura,  tovar  -  transpot 

nakladnoylari, va boshqalar kiradi. 

Buxgalteriya yо‘li bilan rasmiylashtiriluvchi hujjatlar buxgalteriya xodimlari 

tomonidan  tuziladi.  Bunday  hujjatlar  buyruq  beruvchi  va  dalil  bо‘luvchi 

hujjatlarning  ma’lumotlariga  kо‘ra  buxgalteriya  hisobi  schyotlariga  yozuvni 

amalga oshirishga tayyorgarlik qilish paytida tuziladi. Bunday hujjatlarga moddiy 

javobgar  shaxslarning,  kassirlarning  va  hisobdor  shaxslarning  hisobotlari,  har-xil 

hisob-kitoblar  (asosiy  vositalarga  eskirish  hisoblash,  egri  xarajatlarni  taqsimlash, 

foydani  taqsimlash  bо‘yicha  hisoblar  hamda  jurnal-orderlarni,  qaydnomalarni  va 

guruhlash qaydnomalarini tо‘ldirish kiradi. 

Aralash  hujjatlarga  buyruq  beruvchi,  dalil  bо‘luvchi  va  buxgalteriya  yo’li 

bilan  rasmiylashtiriluvchi  hujjatlarning  belgilariga  ega  bо‘lgan  hujjatlar  kiradi. 

Ular bir paytning о‘zida xо‘jalik operatsiyasini sodir bо‘lganligiga va buxgalteriya 

yozuvlarini  amalga oshirishga  hо‘quqiy asos bо‘ladi. Aralash hujjatlar turkumiga 

kassa  chiqim  orderi,  kassa  kirim  orderi,  hisob  -  kitob  tо‘lov  vedmostlari  va 

boshqalar  kiradi.  Masalan,  kassa  kirim  orderi  birinchidan,  pul  berish  uchun 

farmoyish vazifasini bajarsa, ikkinchidan, kassadan pul berilganligini isbotlaydi va 

uchinchidan,  buxgalteriya  yо‘li  bilan  rasmiylashtirish  uchun  maxsus  rekvizitlarga 

ega.  Hujjatlar  xо‘jalik  operatsiyalarini  aks  ettirish  tartibiga  kо‘ra  boshlang‘ich  va 

yig‘ma hujjatlarga bо‘linadi. 

Boshlang‘ich  hujjatlar  xо‘jalik  operatsiyalari  amalga  oshirilayotgan  paytda 

tuzilib,  hо‘jalik  operatsiyaning sodir  bо‘lganligi  tо‘g‘risida  huquqiy  asos va  dalil 

bо‘lib  xizmat  qiladi.  Boshlang‘ich  hujjatlarga  kassa  kirim  orderi  ,  kassa  chiqim 

orderi,  schyot  faktura,  yuk  nakladnoylari,  talabnomalar,  tovar-transport 

nakladnoylari kabi hujjatlar misol bо‘la oladi. 



388 

 

 



Jamlovchi  hujjatlar  esa  boshlang‘ich  hujjatlar  asosida  tuzilib,  sodir  bо‘lgan 

operatsiyalarni  ma’lum  bir  vaqt  davomida  qayd  qiladi.  Mazkur  hujjatlar 

boshlang‘ich  hujjatlardagi  ma’lumotlarni  umumlashtiradi.  Masalan,  limit-zabor 

kartalari,  moddiy  javobgar  shaxslarning  hisobotlari  jamg‘aruvchi  vedomostlar  va 

boshqalar misol bо‘ladi. 

Tuzilish о‘rniga kо‘ra barcha hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bо‘linadi. 

Ichki  hujjatlarga  korxona  ichida  tuzilib  shu  korxona  ichida  foydalanadigan 

hujjatlar kiradi. Tashqi hujjatlarga boshqa korxonalar yoki ayrim jismoniy shaxslar 

bilan  tuzilgan  hujjatlar  kiradi  (yuk  nakladnoylari,  talabnomalar,  tovar-transport 

nakladnoylari kabi xujatlar misol bо‘la oladi).




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish