Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


“Ilmiy-tadqiqot  ishlar  to’g’risida  Nizom”ini  ishlab  chiqadilar.  Bu



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

“Ilmiy-tadqiqot  ishlar  to’g’risida  Nizom”ini  ishlab  chiqadilar.  Bu 

nizom 

talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.  

Talabalarning  ilmiy-tadqiqot 

ishlari 


OTMlarning 

malakali  kadrlar 

yetishtirish  yo’nalishidagi  faoliyatida   bo’lajak  mutaxassislarda  sohaga  oid 

masalalarni  ilmiy  va  amaliy  jihatdan  hal  qilish  ko’nikmalarini  shakllantirish 

maqsadida  ta’lim  tizimining   zamonaviy  talablariga  tayangan  holda  tashkil 

qilinadi.  Talabalarning  ilmiy-tadqiqot  ishlari  ularni  tegishli  fan  sohalari  bo’yicha 

milliy  va  xorijiy  tajriba,  shuningdek,  mavjud  ilmiy-nazariy  manbalar  bilan 

tanishishi va ulardan foydalanishiga ko’mak beradi.  

Talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishning asosiy maqsadi tegishli 

fan sohalari bo’yicha talabalarning bilimini oshirish va malakali kadrlar tayyorlash 

ishlari  sifatini  oshirish  bo’lib  hisoblanadi.  SHuningdek  ilmiy-tadqiqot  ishlari 

talabalarining ijodiy qobiliyati va ijod erkinligini oshirish, ularda o’quv jarayoni va 

kelajakda  amalga  oshiradigan  amaliy  faoliyatida  tashabbuskorlik  hissini 

shakllantirish  va  rivojlantirish  hamda  talabalarning  ilmiy-tadqiqot  faoliyatini 

amalga  oshirish  yo’li  bilan  o’z  mutaxassisligiga  bo’lgan  ijodiy  yondashuvini 

shakllantirish,  bo’lajak  mutaxassislarning  shaxsiy  professional  xususiyatlarini 

shakllantirishga ko’maklashish kabi maqsajlarni ham ko’zlaydi. 

Qo’ydagilar  talabalar  ilmiy-tadqiqot  faoliyatini  tashkil  etish  va 

rivojlantirishning asosiy vazifalari bo’lib hisoblanadi: 

1.  Talabalarning  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  amalga  oshirishning  turli  usullari, 

yo’nalishlari va ko’nikmalarining o’zlashtirishiga erishish; 



166 

 

 



2.  Talabalarning  ilmiy-tadqiqot  faoliyatida  ishtirok  etishi  orqali  o’quv 

materiallarini  chuqurroq  o’zlashtirishiga  ko’maklashish  va  ularning  ushbu 

jarayonga ijodiy yondashuvini kuchaytirish; 

3. Talabalarning ilmiy muammolarni mustaqil hal qilish usullarini o’rganishi 

va ularning ilmiy jamoalarda ishlash qobiliyatini shakllantirish; 

4.  Talabalarni  ta’lim  muassasida  bajariladigan  ilmiy  tadqiqot  loyihalariga 

keng jalb qilish; 

5.  Oliy  o’quv  yurtidan  keyingi  ta’lim  bosqichlariga  qobiliyatli  yoshlarni 

tanlash  bo’yicha  ishlarni  tashkil  etishda  kutilgan  sifat  va  samaraga  erishishga 

ko’maklashish. 

Talabalarning  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  tashkil  etish  ularning  ta’lim  muassasi 

doirasida,  respublika  OTMlari  va  xalqaro  miqyosida  amalga  oshiriladigan  ilmiy 

seminarlar,  konferentsiyalar,  davra  suhbatlari,  olimpiadalar,  tanlovlarda  ishtirok 

etishini tahminlaydi. 

Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati, kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan 

va  tasdiqlangan  ilmiy  mavzular,  kurs  ishlari  va  bitiruv  malakaviy  ishlar  hamda 

magistrlik dissertatsiyalari mavzulariga asosan amalga oshiriladi. 

Talabalar  tomonidan  tayyorlanadigan  ilmiy-tadqiqot  ishlariga  kafedraning 

professor-o’qituvchilari ilmiy qilib biriktirib qo’yiladi. Ilmiy rahbar ilmiy-tadqiqot 

ishini  (maqola  tayyorlash,  konferentsiya  tezislarini  tayyorlash  va  boshqalar 

)bajarish  uchun  maslahatlar  beradi  va  yakunlangan  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  ko’rib 

chiqadi hamda xullosa beradi. Yakunlangan ilmiy ishlarni chop etish uchun tavsiya 

etadi.  

Ilmiy-tadqiqot  ishlarini  amalga  oshirish  uchun  kafedralar  qoshida  ilmiy 

to’garaklar  tashkil  qilinadi.  To’garaklarda  ilmiy-tadqiqot  ishining  rahbarlari 

talabalarni  tegishli  fanlar  bo’yicha viloyat,  respublika  va  xalqaro  olimpiadalarida 

ishtirok etishi uchun tayyorlaydi.   

Talabalarning  ilmiy-tadqiqot  faoliyatini  tashkil  etish  quyidagi  tamoyillarga 

asoslanadi: 



167 

 

 



1. O’quv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining o’zaro bog’liqligi  va uzviy olib 

borilishi; 

2. Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishda ham nazariy, ham 

amaliy ko’nikmalarning shakllantirilishi; 

3.  Talabalar  ilmiy-tadqiqot  faoliyatining  ilmiy  faoliyat  natijalari  referatlar, 

risolalar, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari, ilmiy maqolalar va 

tezislar kabi ma’lum  shakllarda namoyon bo’lishi; 

4.  Talabalarning  ilmiy-tadqiqot  faoliyatining  davomiyligi  va  uzluksizligi 

(bakalavr, magistr, katta ilmiy-xodim izlanuvchi); 

5.  Talabalar  ilmiy-tadqiqot  faoliyatining  o’quv  dasturlari  va  o’quv 

jarayonlari bosqichlariga mos tarzda tashkil etilishi; 

6.  Ilmiy-tadqiqot  faoliyatida  qo’llaniladigan  usul  va  shakllarni  talabaning 

bilim darajasi (kursi)ga ko’ra murakkablashtirib borish. 

Talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyati turlarli shakillarda amalga oshiriladi, 

xususan: 

1. O’quv jarayonida qo’llaniladigan ilmiy-tadqiqot faoliyati, ya’ni mustaqil 

ta’lim  doirasida  bajariladigan  ilmiy-tadqiqot  ishlari.  O’quv  jarayonida 

qo’llaniladigan  ilmiy-tadqiqot  faoliyati  o’quv  dasturlari  va  rejalariga  kiritilgan 

bo’lib,  u  quyidagi  shakllarda  amalga  oshiriladi:  kurs  ishlari,  bitiruv  malakaviy 

ishlari va magistrlik dissertatsiyalari.  

2. O’quv jarayonini to’ldiradigan ilmiy-tadqiqot faoliyati. O’quv jarayonini 

to’ldiradigan  ilmiy-tadqiqot  faoliyati  o’quv  dasturlarida  nazarda  tutilmaydi,  u 

talabalarning mutaxassis sifatidagi ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga 

ko’maklashadi.  Ushbu  faoliyat  quyidagi  shakllarda  amalga  oshiriladi:  talabalar 

ilmiy  jamiyati  faoliyatida  ishtirok  etish;  talabalar  ilmiy  to’garaklariga  ahzo 

bo’lish; talabalarning  OTM  doirasida,  respublika  OTMlari  va  xalqaro  miqyosida 

amalga  oshiriladigan  ilmiy  seminarlar,  konferentsiyalar,  davra  suhbatlari, 

kongresslar, forumlarda ishtirok etishi; talabalar ilmiy nashrlari. 

Talabalar  ilmiy-tadqiqot  faoliyatini  amalga  oshirish  turlari  quyidagilardan 

iborat:  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  rejalashtirish,  tashkillashtirish  va  amalga  oshirish 




168 

 

 



metodologiyasini  o’rganish;  OTMning  ilmiy  faoliyat  yo’nalishlari,  ularning 

faoliyatini  amalga  oshirish  printsiplari,  anhanalari,  yutuqlari  bilan  tanishish; 

talabalar ilmiy jamiyati, ilmiy to’garaklar, Huquqiy tadqiqotlar markazi va boshqa 

ilmiy  bo’linmalar faoliyatida  ishtirok etish; OTM doirasida,  Respublika OTMlari 

va  xalqaro  miqyosida  amalga  oshiriladigan  ilmiy  seminarlar,  konferentsiyalar, 

davra  suhbatlari,  kongresslar,  forumlarda  ishtirok  etish;  bajarilgan  ilmiy-tadqiqot 

ishi natijalarini magistrlik dissertatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, kurs ishi, referat, 

konferentsiya yoki davra suhbatlarida, ilmiy to’garak majlislarida bayon etiladigan 

ilmiy  ma’ruza  tarzida  ilmiy  maqola  yoki  tezis  taqdim  etish;  ilmiy  yo’nalishlar 

bo’yicha tadqiqot mavzularini izlash va tanlash; ilmiy jurnallarda maqolalar chop 

etish;  xorijiy  ilmiy  nashrlar  (Scopus  ro’yxatidagi)  maqolalar  chop  etish;   ilmiy 

risola va monografiyalar chop etish; fan olimpiadalarda ishtirok etish. 

Talabalarning  ilmiy-tadqiqot  faoliyati  OTM  tomonidan  ajratiladagan 

mablag’lar,  shuningdek,  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  mablag’lari  hamda 

homiylar hisobidan moliyalashtiriladi. Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanuvchi 

talabalarga  OTM  Axborot  resurs  markazi  ilmiy  fondidan,  shuningdek,  axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari va elektron dasturlardan tekinga foydalanadilar.  

Talabalarning  ilmiy-tadqiqot  faoliyatlari  OTM  rahbari    tomonidan  turli 

shakillarda  rag’batlantiriladi,  xususan:  talabalarning  ilmiy  ishlarini  OTM 

doirasidagi  nashrlarda  chop  etish;  talabalarning  eng  yaxshi  ilmiy  ishlari,  startap 

loyihalari namunalarini turli darajadagi tanlov va konferentsiyalarda taqdim etish; 

ilmiy-tadqiqot  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  talabalar  nomzodini  davlat  va 

nodavlat  muassasalari  tomonidan  ehlon  qilinadigan  ta’lim  va  ilmiy  yo’nalishdagi 

turli  grantlarda  ishtirok  etishiga  ko’maklashish  maqsadida  taqdim  etish;  eng  faol 

talabalar  nomzodini  davlat  stipendiyalari  va  mukofotlarini  olish  uchun  taqdim 

etish; 


xorijiy  davlatlarda  tahsil  olishi  yoki  stajirovka  o’tashi  uchun  tavsiyanoma 

berish;  talabalarni  moddiy  va  mahnaviy  jihatdan  rag’batlantirish;  OTM  va 

respublika ilmiy nashrlarida o’z ilmiy maqolalari va boshqa ilmiy ishlari bilan faol 

ishtirok  etgan,  shuningdek,  ilmiy  yo’nalishdagi  boshqa  har  qanday  faoliyatda,  




169 

 

 



grant loyihalarida  ishtirok etish, qonun loyihalari yuzasidan takliflar kiritish, ilmiy 

yo’nalishdagi  turli  tadbirlar  ishtirokchisi,  g’olibi  bo’lish  va  boshqa  tashabbus 

ko’rsatgan magistrlar o’zi tahsil olgan kafedraga doktorant sifatida o’qishga kirishi 

uchun tavsiyanoma beriladi.  




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish