Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

Buxgalteriya 

hisobining 

predmeti 

obyektlari

Ta’minot 

jarayoni

Ishlab 

chiqarish 

jaray

oni

Taqsimot 

jarayoni

Sotish  

jarayoni


178 

 

 



nazariyasi  asosida  olinadi.  Shuning  uchun  hodisa  va  voqeliklarning  qaysi  jihati 

о‘rganilishidan  qat’iy  nazar,  ularni  о‘rganishga  dialektik  nuqtai  nazardan 

yondoshish  lozim  bо‘ladi.  Korxona  xо‘jalik  mablag‘lari  va  xо‘jalik  jarayonlari 

hamma vaqt о‘zaro aloqada, rivojlanishda, birlikda va harakatda bо‘ladi. Korxona 

faoliyatida ishtirok etadigan mablag‘lar, ularning manbalari va xо‘jalik jarayonlari 

bilan  bog‘liq  bо‘lgan,  har  qanday  sodir  bо‘ladigan  hodisa  yoki  voqelik 

buxgalteriya hisobi obyektlariga ta’sir etib ularni о‘zgartiradi. Sodir bо‘lgan hodisa 

va voqeliklarni dastavval kuzatilib, mushohada qilinib, miqdoriy jihatdan о‘lchab, 

sо‘ngra hujjatlarda qayd qilish lozim bо‘ladi. Agar voqelik sodir etilmasa, u holda, 

hech  qanday  harakat  yuzaga  kelmaydi.  Masalan,  mashulot  ishlab  chiqargan 

ishchilarga  ish  haqi  hisoblandi.  Bu  bir  tomondan  korxona  ishlab  chiqarish 

xarajatlarini  kо‘payishini,  ikkinchi  tomondan  esa,  mehnat  tо‘lovlari  bо‘yicha 

xodimlar  oldida  korxonaning  qarzi  paydo  bо‘lganligini  bildiradi.  Agar  ishchi 

mashulotni  ishlab  chiqarmaganda,  korxonaning  ishchi  oldidagi  ish  haqi  bо‘yicha 

majburiyati yuzaga kelmagan bо‘lar edi. Xulosa qilishimiz mumkinki, buxgalteriya 

hisobining metodi dialektik metodga asoslangan bо‘lib, korxona faoliyatini makon 

(korxonada)  va  zamonda  (hisobot davrida)  bilish  nazariyasi  asosida hisobga olish 

maqsadida qо‘llaniladigan usullar majmuidan iborat bо‘ladi. 

Shuningdek buxgalteriya hisobi fanini о‘rganishning о‘ziga xos usullari ham 

mavjudki,  ularsiz  buxgalteriya  hisobining  obyektlari  tо‘g‘risidagi  aniq 

ma’lumotlarni olish imkoni bо‘lmaydi. 

Bu  borada  buxgalteriya  hisobi  bо‘yicha  1940  yilgacha  chop  qilingan 

adabiyotlar  mualliflarining  fikrlari  turlicha.  Masalan,  A.P.  Rudanovskiy  va 

boshqalar  buxgalteriya  hisobi  metodi  elementlariga  qayd  qilish,  tartibga  solish, 

koordinatsiya,  baholashni  kiritsalar

53

,  A.Galagan  esa  kuzatish,  turkumlash, 



induksiya va deduksiya, sintez va analiz deb hisoblaydi

54

. 1940 yildan keyin chop 



 

53

Рудановский  А.  П.  Позитивная  теория  счетоведения//  Бюллетени  обшества  для  разработки  и 



распространения  счетоводных  знаний.  –  М.  19414,  Рудановский  А.  П.  Теория  учёта.  Дебет  и  кредит  как 

метод учёта баланса.  – 2-е изд. – М.: Макиз, 1925. Рудановский А. П. Теория балансвого учёта. Введение в 

теорию балансвого учёта. Баланс как объект учёта. – М.: Макиз, 1928 г. 

54

Галаган А. Основы бухгалтерского учета. Москва. Госпланиздат, 1939г. 



 


179 

 

 



qilingan  adabiyotlarning  mualliflari  esa,  buxgalteriya  hisobi  metodining 

elementlariga  hujjatlashtirish,  yо‘qlama  qilish,  baholash,  kalkulyatsiya  qilish, 

schyotlar  tizimi,  ikki  yoqlama  yozish  usuli,  balans,  buxgalteriya  hisobi 

ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish, hisobotlar tuzishni kiritadilar. Shunday 

qilib  buxgalteriya  hisobi  nazariyasi  va  amaliyotida  foydalanilgan  hisob  yuritish 

metodining elementlarini quyidagi guruhga keltirish mumkin: 

1.

 

Qayd qilish; 



2.

 

Tartibga solish; 



3.

 

Baholash; 



4.

 

Kuzatish; 



5.

 

Turkumlash; 



6.

 

Induksiya va deduksiya; 



7.

 

Sintez va analiz; 



8.

 

Hujjatlashtirish; 



9.

 

Yо‘qlama qilish; 



10.

 

Kalkulyatsiya qilish; 



11.

 

Schyotlar tizimi; 



12.

 

Ikki yoqlama yozish usuli; 



13.

 

Balans; 



14.

 

Moliyaviy hisobotlar va ularga qо‘shimcha ilovalar tuzish; 



15.

 

Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini jamlash va umumlashtirish. 



Har  qanday  fanni  predmetini  о‘rganishda  mazkur  fanning  asosiy 

tamoyillarini,  tashkiliy  usullarini,  korxona  faoliyatini  baholash  mezonlarini  bilish 

muhim.  Chunki  bular  fanni  о‘rganishda  qо‘llaniladigan  usullar  majmuasini 

belgilab beradi. 

Buxgalteriya  hisobi  operativ-texnik  va  statistika  hisoblaridan,  shuningdek, 

boshqa  iqtisodiy  fanlardan  korxonalar  faoliyatida  sodir  bо‘ladigan  xо‘jalik 

jarayonlarini  yoppasiga,  uzluksiz  va  muntazam  kuzatib  borishi,  о‘lchashi  va 

alohida  hujjatlarda  qayd  qilishi  bilan  farq  qiladi.  Unda  aks  ettirilgan  jarayonlar 

albatta hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Hujjatlashtirish sodir bо‘lgan jarayonlarning 



180 

 

 



qonuniyligini va tо‘g‘riligini tekshirishga huquqiy asos bо‘lib, korxonalar xо‘jalik 

faoliyati  natijalarini  nazorat  qilishda  foydalaniladi.  Shuning  uchun  xо‘jalik 

muomalalarini  kuzatish  va  hujjatlashtirish  buxgalteriya  hisobining  metodini 

elementi sifatida namoyon bо‘ladi. 

Iqtisodiy  jarayonlar  buxgalteriya  hisobida  ma’lum  bir  о‘lchovlarda,  eng 

avvalo,  pulda  baholanib,  aks  ettiriladi.  Demak  xо‘jalik  jarayonlarini  pulda 

baholash buxgalteriya hisobining metodini elementini tashkil etadi. 

Korxona  aktivlarini,  passivlarini  va  majburiyatlarini  holatini,  saqlanishini, 

ulardan  foydalanishni  nazorat  qilish  buxgalteriya  hisobining  muhim  vazifalaridan 

biri  bо‘lib  hisoblanadi.  Bu  vazifa  hisob  obyektlarni  haqiqiy  borligini  va  holatini 

ashyoviy  rо‘yxatdan  о‘tkazish  yо‘li  bilan  bajariladi.  Shuning  uchun  ashyoviy 

rо‘yxatdan о‘tkazish buxgalteriya hisobi metodining elementi bо‘lib hisoblanadi. 

Korxonalar  faoliyatida  ishtirok  etadigan  aktivlar,  passivlar,  majburiyatlar 

hamda  ularni  о‘zgarishi  bilan  bog‘liq  bо‘lgan  xо‘jalik  muomalalari  iqtisodiy 

mazmun  jihatdan  har  xil  bо‘ladi.  Shuning  uchun  aktivlarni,  passivlarni, 

majburiyatlarni  hamda  ularni  о‘zgarishi  bilan  bog‘liq  bо‘lgan  xо‘jalik 

muomalalarini  buxgalteriya  hisobida  tо‘g‘ri  aks  ettirish  uchun  iqtisodiy  mazmun 

jihatdan  guruhlash  lozim  bо‘ladi.  Guruhlash  vositasi  sifatida  buxgalteriya  hisobi 

schyotlaridan  foydalaniladi.  Korxonalar  faoliyatida  sodir  bо‘lgan  xо‘jalik 

muomalalari buxgalteriya hisobi schyotlariga ikki yoqlama yozuv tamoyili asosida 

amalga  oshiriladi  Shuning  uchun  schyotlar  tizimi  va  ikki  yoqlama  yozuv 

buxgalteriya hisobi metodining elementi sifatida namoyon bо‘ladi. 

Buxgalteriya 

hisobi 


axborotlari 

korxonaning 

moliyaviy-xо‘jalik 

faoliyatlariga  baho  berishda,  joriy  va  istiqbol  biznes  rejalar  tuzishda  hamda 

faoliyatlari  yuzasidan  qarorlar  qabul  qilishda  foydalaniladi.  Shu  sababli 

buxgalteriya  hisob  ma’lumotlari  korxonalar  faoliyatini  haqiqiy  ifoda  etishi  talab 

etiladi.  Notо‘g‘ri  ma’lumotlar  asosida  tuzilgan  biznes  rejalar  va  qabul  qilingan 

qarorlar  korxonalarning  kelgusi  davrlardagi  moliya-xо‘jalik  faoliyatlariga  salbiy 

ta’sir  etib,  hisob  ma’lumotlarining  ishonchlilik,  betaraflik,  muhimiylik  va 

ahamiyatlilik  darajasini  pasaytirishga  olib  keladi.  Bular  hammasi  hisobot  davri 




181 

 

 



tugagandan  sо‘ng  joriy  hisob  ma’lumotlarining  tо‘g‘riligini  tekshirib  kо‘rish 

lozimligini  bildiradi.  Hisobot  davri  tugagandan  keyin  joriy  hisob  ma’lumotlari 

jamlanadi,  ya’ni  barcha  schyotlar  bо‘yicha  debet  va  kredit  oborotlar  chiqarilib, 

ularning  hisobot  davrining  oxiriga  qoldiqlari  topiladi  va  schyotlarning 

umumlashgan ma’lumotlariga binoan oborot qaydnomasi va balans tuziladi. 

Yuqorida  keltirilgan  dalillardan  xulosa  qilishimiz  mumkinki,  buxgalteriya 

hisobini  tashkil  qilish  jarayoni  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘lanishda  bо‘lgan  uch 

bosqichga  bо‘linadi,  birinchi  bosqich,  sodir  bо‘lgan  xо‘jalik  muomalalarini 

kuzatish,  hujjatlashtirish,  baholash  va  kalkulyatsiya  qilish,  ikkinchi  bosqich, 

hujjatlar  bilan  rasmiylashtirilgan  va  huquqiy  asosga  ega  bо‘lgan  xо‘jalik 

muomalalarini  iqtisodiy  jihatdan  buxgalteriya  schyotlari  yordamida  guruhlash  va 

ikki  yoqlama  yozuv  tamoyili  asosida  ularni  joriy  hisobini  tashkil  qilish,  uchinchi 

bosqich, joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, uning tо‘g‘ri olib borilganini oborot 

qaydnomasi tuzish bilan tekshirib kо‘rish va balans tuzish.  

Xulosa qilishimiz mumkinki, kuzatish va hujjatlashtirish, pulda baholash va 

kalkulyatsiya tuzish, schyotlar tizimi va ikki tomonlama yozuv, oborot qaydnomasi 

va  balans  tо‘zish  hamda  inventarizatsiya  (ashyoviy  rо‘yxatdan  о‘tkazish) 

buxgalteriya hisobi metodi elementlarini tashkil qiladi. 

Bizning  fikrimizcha,  hisobot  davrining  oxirida  tuziladigan  tezkor 

ma’lumotlar,  moliyaviy  va  statistik  hisobotlar,  ularning  ilovalari  joriy  hisob 

ma’lumotlari,  oborot  qaydnomasi  va  balansga  asoslanadi.  Shuning  uchun  ularni 

tuzish  va  taqdim  etishga  iqtisodiy  tahlil,  audit  fanlari  kabi  buxgalteri  hisobining 

mantiqiy davomi sifatida qarash lozim. 

Demak,  buxgalteriya  hisobi  fanining  uslubini  elementlariga  quyidagilar 

kiradi: 

1.

 



Kuzatish, о‘lchash va hujjatlashtirish; 

2.

 



Baholash va kalkulyatsiya tuzish; 

3.

 



Buxgalteri hisobi schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv; 

4.

 



Joriy hisob ma’lumotlarini jamlash, oborot qaydnomasi va balans tuzish; 

5.

 



Inventarizatsiya (ashyoviy rо‘yxatdan о‘tkazish); 


182 

 

 



Quyida buxgalteriya hisobi uslubining alohida elementlariga qisqacha tavsif 

beramiz. 




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish