2. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI TAVSIFI.
Har bir fanning о‘rganadigan predmeti va obyekti mavjud. Fanning predmeti
deganda shu fanda nima о‘rgatilishi tushuniladi. Masalan, kimyo fani tabiatda
mavjud bо‘lgan kimyoviy elementlarni tarkibini va tuzilishini, anatomiya inson
organizmning tuzilishini, zoologiya hayvonot dunyosini, falsafa olamning paydo
bо‘lish va rivojlanish qonuniyatlarini, tarix kishilik jamiyatini yuzaga kelishi va
rivojlanishini о‘rganadi. Shunga kо‘ra, buxgalteriya hisobi fan sifatida nimani
о‘rganadi? Buxgalteriya hisobi fanining predmeti, nima bо‘lib hisoblanadi? Ya’ni
buxgalteriya hisobi fanida nimalar о‘rganiladi, degan haqli savollar paydo bо‘ladi.
Buxgalteriya hisobiga doir chop etilgan adabiyotlarda buxgalteriya hisobining
maqsadi va vazifalari, subyektlari va obyektlari xalqaro andozalar talabi doirasida
keng yoritilgan. Ammo uning predmetini bayon etishda mualliflar turlicha
yondashishgan. Jumladan, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining
professori I.A.Lamikin universitet talabalari uchun tayyorlagan darsligida
buxgalteriya hisobi predmetini quyidagicha ta’riflaydi: “...ijtimoiy mulk va
birlashmalar (korxonalar)ni va xalq xо‘jaligi tarmoqlarining rejali xо‘jalik-moliya
faoliyati sotsialistik buxgaltetiya hisobining predmeti bо‘lib hisoblanadi”
43
. Fikrini
davom ettirib, buxgalteriya hisobi predmetining obyektlarini quyidagicha
ta’riflaydi: “Korxonalarning xо‘jalik materiallari va pul mablag‘lari; xо‘jalik
mablag‘larini kelar manbalari; xо‘jalik jarayonlari; korxonalarning xо‘jalik-
huquqiy aloqalari; xо‘jalik faoliyatlari natijalari uning obyektlaridir
44
. Bu ta’rifning
43
Ламикин И. А. Основи бухгалтерского учёта. Московский унверситет. 1981,11 b.
44
Ламикин И. А. Основи бухгалтерского учёта. Московский унверситет. 1981, 11 b.
174
birinchi qismida ijtimoiy mulk, ikkinchi qismida esa birlashmalarning
(korxonalarning) va xalq xо‘jaligi tarmoqlarining rejali moliyaviy-xо‘jalik
faoliyatlari buxgalteriya hisobining predmetini sifatida ta’riflanadi. Bizningcha,
muallif fanning predmeti va obyektlarini chalkashtirib yuborgan.
Professor M. Ostonaqulov tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta
maxsus ta’lim vazirligi oliy о‘quv yurtlarining talabalariga mо‘ljallangan darslikda
buxgalteriya hisobi predmetiga quyidagicha ta’rif berilgan “...buxgalteriya hisobi
predmeti kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitida korxonaning pul
ifodasida aks ettiriladigan xо‘jalik mablag‘lari va shu mablag‘lar manbalari,
ularning xо‘jalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir”
45
. Mazkur ta’rifda xо‘jalik
mablag‘lari va shu mablag‘lar manbalariga buxgalteriya hisobining predmeti
sifatida qaralgan. Muallif xо‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish
manbalarini yoritib “...buxgalteriya hisobi har bir korxonada xо‘jalik jarayonida
sodir bо‘layotgan xо‘jalik operatsiyalarini va bu operatsiyalar ta’sirida xо‘jalik
faoliyatidagi о‘zgarishlarni aks ettirishi zarur”, shuningdek buxgalteriya hisobi
obyektlari tо‘g‘risida “...buxgalteriya hisobi yuqorida kо‘rib о‘tilgan obyektlari
uning predmetining asosiy mazmunini tashkil qiladi”
46
degan xulosaga kelgan.
Iqtisodchi olimlar A.Karimov, F.Islomov, A.Avloqulovlarning fikricha,
buxgalteriya hisobi predmeti “...korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan
xо‘jalik mablag‘lari, shu mablag‘lar manbalari, ularning xо‘jalik faoliyatlari va
moliyaviy natijalaridir”
47
. Mualliflar professor M. Ostonaqulov tomonidan
yuqorida keltirilgan ta’rifni yanada ham soddalashtirib, buxgalteriya hisobi
predmeti doirasidan takror ishlab chiqarish jarayonini chiqarib yuborishgan.
Ularning fikricha “Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, о‘z sarmoyasi, daromad
va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq bо‘lgan
xо‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobi obyektlari hisoblanadi”
48
.
45
Ostanoqulov M. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent “O’zbekiston”, 1993 y. 34 b.
46
Ostanoqulov M. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent “O’zbekiston”, 1993 y. 34 b.
47
Karimov A. va boshq. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T."Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2004
26 b.
48
Karimov A. va boshq. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T.: "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi,
2004 26 b.
175
Professor N. Jо‘rayev va boshqalar muallifligida “Moliyaviy va boshqaruv
hisobi” darsligida buxgalteriya hisobining predmetiga “...buxgalteriya hisobining
predmeti
– ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va
muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati hamda ulardan unumli
foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi”
49
, - deb ta’rif
berishgan. Bu ta’rifda mualliflar, birinchidan, buxgalteriya hisobini faqatgina
ishlab chiqarish sohasida tashkil qilinishiga ishora qilishgan; ikkinchidan, fanning
predmeti bilan obyektlari chalkashtirib yuborilgan; uchinchidan, buxgalteriya
hisobiga faqatgina mablag‘lar holati hamda ulardan unumli foydalanish haqidagi
axborotlarni shakllantirish vositasi sifatida qaralgan; tо‘rtinchidan esa, xо‘jalik
mablag‘larining tashkil topish manbalarini buxgalteriya hisobi doirasidan chiqarib
yuborishgan.
Angliyalik olim Frenk Vud buxgalteriya hisobi fanini predmetini “...eng
avvalo, yozuvlar nima uchun belgilanganligi, ularni tahlil etish va bayon
etishdir”
50
, - deb izohlaydi. Uning fikricha,
Do'stlaringiz bilan baham: |