Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


-MAVZU. MUSTAQIL TA’LIM VA TALABALAR



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

7-MAVZU. MUSTAQIL TA’LIM VA TALABALAR 

MEHNATINI ILMIY TASHKIL ETISH

 

Mavzu  bo’yicha  kalit  so’zlar: 

mustaqil  ta’lim,  mustaqil  ish,  talaba 

mehnati, referat, doklad, kurgazmali vosita, kurs ishi, malakaviy bitiruv ishi, 

diplom ishi, maqola, test,  

 

1. TALABALARNING MUSTAQIL ISHI VA UNI TASHKIL 

ETISH

 

Barcha  Oliy  ta’lim  muassasalari  O’zbekiston  Respublikasi 



Vazirlar  Mahkamasi  Ijtimoiy  kompleksining  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlanish  hamda  iqtisodiy  islohotlar  amalga  oshirilishining  2009  yil 

birinchi  yarim  yilligi  yakunlari  bo’yicha  2009  yil  4  iyulg’  majlisi 

Bayonining  25-bandi  topshirig’i,  vazirlikning  2009  yil  9  iyul  №  241/1-

sonli  buyrug’i  hamda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus 

ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish bo’yicha tadbirlar majmuining 

1.4-bandi  ijrosini  tahminlash,  2008/2009  o’quv  yilida  mustaqil  ta’lim-

tarbiya jadvali asosida tashkil qilingan maxsus tarbiyaviy kurslarni o’qitish 

bo’yicha  o’tkazilgan  tajriba-sinov  ishlari  tahlili  asosida  2009/2010  o’quv 

yilidan  bakalavriat  ta’lim  yo’nalishlari  bo’yicha  o’quv  rejalarini 

takomillashtirish  va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 14-

avgustdagi  286-raqamli  “Talabalar    mustaqil    ishlarini  tashkil    etish 

to’g’risida”gi buyrug’i ijrosini tahminlash    maqsadida   maxsus  yo’riqnoma 

ishlab chiqadilar.  

Ushbu  yo’riqnomaga  binoan  kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida 

chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega  bo’lish bilan bir qatorda tanlagan 

sohasi  bo’yicha  mustaqil  faoliyat  ko’rsata  oladigan,  o’z  bilimi  va 

malakasini  mustaqil  ravishda  oshirib  boradigan,  masalaga  ijodiy 

yondoshgan  holda  muammoli  vaziyatlarni  to’g’ri  aniqlab,  taxlil  qilib, 



132 

 

 



sharoitga tez  moslasha  oladigan  mutaxassisllarni  tayyorlash  asosiy vazifa sifatida 

belgilangan. 

Ma’lumki,  axborot  va  bilimlar  doirasi  tez  sur’atlar  bilan  kengayib 

borayotgan  hozirgi  sharoitda  barcha  ma’lumotlarni  faqat  dars  mashg’ulotlari 

paytida  talabalarga yetkazish qiyin. Talaba  mustaqil  ravishda shug’ullansa va  o’z 

ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning 

asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, 

mustaqil  faoliyat  ko’rsatish  qobiliyati  rivojlanadi  va  ularda  ijodiy  ishlashga 

qiziqish paydo bo’ladi. 

Talabalarning  mustaqil  ta’lim  olishlarini  rejalashtirish,  tashkil  qilish 

va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida 

talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish 

yo’llarini  ko’rsatish,  mustaqil  ta’lim  olish  uchun  yo’llanma  berish  ta’lim 

jarayonining asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. 

Ta’lim jarayonida mustaqil ish deganda nima nazarda tutiladi?Mustaqil 

ishi  (MI)  -  muayyan  fandan  o’quv  dasturida  belgilangan  bilim,  ko’nikma  va 

malakaning  ma’lum  bir  qismini  fan  o’qituvchisi  maslahati  va  tavsiyalari  asosida 

auditoriya  yoki  auditoriyadan  tashqarida  o’zlashtirilishiga  yo’naltirilgan 

talabaning tizimli faoliyatdir. 

Mustaqil ishni tashkil etish bir qator muammolar bilan bog’liq: 

-  birinchidan,  maktab,  kollej  yoki  texnikum  partasidan  oliy  ta’limga  kelgan 

talaba ta’lim olish jarayonida hali o’z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli 

bilishmaydi; 

-  ikkinchidan,  ma’lumotlarni  qaysi  manbadan,  qanday  qilib  topish,  ularni 

taxlil  qilish  va  zarurlarini  ajratib  olib  tartibga  solish,  konspektlashtirish,  o’z 

fikrini  aniq  va  yorqin  ifodalash,  o’z  vaqtlarini  to’g’ri  taqsimlash,  shuningdek, 

aqliy  va  jismoniy  imkoniyatlarini  to’g’ri  baholash  ular  uchun  katta  muammo 

bo’ladi; 

-  uchinchidan,  eng  asosiysi,  hali  mustaqil  ta’lim  olishga  ruhan  tayyor 

bo’lishmaydi. 




133 

 

 



SHuning  uchun  talabadan  o’qish  jarayonida  o’z  qobiliyati  va 

aqliy  imkoniyatlariga  ishonishi,  sabr-toqatli  bo’lishi,  topshiriqlarni 

bajarishdagi  mustaqillik  darajasini  oshirib  borishi,  berilgan  topshiriqlarni 

bajarishga tizimli va ijodiy yondashish talab etiladi.  

Jahon  ta’lim  amaliyotida  TMIni  tashkil  etishning  quyidagi 

shakllardan foydalanilmoqda: 

1. 

Fanning 


ayrim 

mavzularini 

o’quv 

adabiyotlari 



yordamidamustaqil o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash; 

2.  Amaliy,  seminar  va  laboratoriya  mashg’ulotlariga  tayyorgarlik 

ko’rib kelish; 

3. Ko’rgazmali vositalar tayyorlash; 

4. Ma’lum mavzu bo’yicha referat tayyorlash; 

5. Kurs ishlari (loyihalari)ni bajarish; 

6.  Bitiruv  malakaviy  ishi  va  magistrlik  dissertatsiyasi  uchun 

materiallar to’plash, ularni tahlil qilish, umumlashtirish va yozish; 

7. Hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; 

8. Maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash; 

9.  Amaliyotdagi  mavjud  muammoning  yechimini  topish,  test, 

munozarali 

savollar va topshiriqlar tayyorlash; 

10. Ilmiy maqola, tezis va ma’ruzalar tayyorlash; 

11.  Amaliy  mazmundagi  nostandart  masalalarni  yechish  va  ijodiy 

ishlash; 

12. Uy vazifalarini bajarish va boshqalar; 

Mustaqil  ishning  turi  va  topshirig’i  fanning  xususiyatidan  kelib 

chiqqan  holda  kafedra  tomonidan  belgilanadi.  Topshiriqlar  maqsadli  

yo’naltirilgan  bo’lishi    va  auditoriya  mashg’ulotlarida  olgan    bilimlarini 

mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to’ldirishga  xizmat qilishi 

talab etiladi.  

 



134 

 

 




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish