Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 SCHYOTLARDA IKKI YOQLAMA YOZUV  VA UNING IQTISODIY



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

3. SCHYOTLARDA IKKI YOQLAMA YOZUV  VA UNING IQTISODIY 

MOHIYATI. 

Korxonalarning  faoliyatlarida    bajarilayotgan  ishlariga  qarab  kо‘plab 

iqtisodiy  о‘zgarishlar  yuz  beradi.  Bunday  о‘zgarishlar,  xо‘jalik  mablag‘lari  va 

ularning manbaalarini, shuningdek, xо‘jalik jarayonlarini о‘z vaqtida hisobga olib 

borishni  talab  qiladi.  Buxgalteriya  hisobida  korxona  xо‘jalik  mablag‘lari  va 

ularning  manbaalarida  bо‘ladigan  о‘zgarishlar,  odatda,  xо‘jalik  operatsiyalariga 

binoan tuziladigan buxgalteriya pravodkalari yordamida ikkita schyotning qarama-

qarshi tomoniga yozish bilan aks ettiriladi.  

Buxgalteriya  hisobi  tо‘g‘risidagi  adabiyotlarda  ikki  yoqlama  yozuv 

mohiyatini xо‘jalik operatsiyalari ta’sirida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni 

schyotlar tizimi bilan о‘zaro aloqador holda aks ettirish usuli, deb dogmalashtirilib 

izohlanadi.  Bu  masalada  ilmiy  izlanishlar  deyarli  yо‘q.  Schyotlarda  ikki  yoqlama 

yozuvni  moddiy  asosini  yaxshi  bilish  schyotlar  va  ikki  yoqlama  yozuv  tizimi 

mohiyatini osonroq tushunishga imkon beradi. 

Har  qanday  ilmiy  asoslashda,  hodisani  о‘zini  yoki  uning  tashqi  mohiyatini 

tushuntirish yoki ochish bilan cheklanmasdan, shu bilan birga shu hodisani paydo 

bо‘lish sabablarini kо‘rsatish va uning ichki aloqalar qonuniyatlarini bilish zarur. 

Bu esa, о‘z navbatida, hodisaga nazariy asos berish kerakligini bildiradi. 




273 

 

 



Ikki  yoqlama  yozuv  tamoyilini  qanday  amalga  oshirilishini  nazariy  jihatdan 

asoslashda va uning mazmunini yoritishda, sodir bо‘lgan xо‘jalik operatsiyalarini 

bir schyotning debetiga va ikkinchi bir schyotning kreditiga yozishni moddiy asosi 

nimada  ekanligiga  va  bu yozuvlarni teng summalarda  amalga oshirish  kerakligini 

qanday  obyektiv  zaruriyat  taqoza  etganligi  asos  qilib  olinadi.  Bundan  kо‘rinib 

turibdiki,  birinchidan,  gap  qiymatda  hisobga  olish  va  ikkinchidan,  har  qanday 

xо‘jalik  operatsiyasi  pul  ifodalarida  teng  summalarda  qayd  qilinishi  tо‘g‘risida 

bormoqda.  Bu  belgilar  tovar  ishlab  chiqarish  sharoitida  buxgalteriya  hisobini 

tashkil qilishni nazarda tutadi. 

Ma’lumki,  tovar  ikki  xil  xususiyatga  ega,  birinchidan  iste’mol  qiymatiga, 

ya’ni  odamlarni  iste’molini  buyum  sifatida  qondirish,  ikkinchidan,  almashuv 

qiymatiga, ya’ni boshqa tovarlar bilan teng almashtirish. Tovarlar iste’mol qiymati 

jihatidan  turlicha,  ammo  qiymat  jihatdan  bir  xil  taqqoslanadi.  Chunki  tovar 

abstraktlashgan  ijtimoiy-zaruriy  mehnat  xarajati  sifatida  namoyon  bо‘ladi. 

Tovarlarni bozorda ayriboshlash qiymati bо‘yicha amalga oshiriladi.  

Ayriboshlashda  doim  ikkita  mulkdor  ishtirok  etadi,  birinchi,  tovar  egasi  – 

sotuvchi, ikkinchi, puldor – sotib oluvchi. 

Tovar ishlab chiqaruvchi bozorda sotuvchi sifatida namoyon bо‘lganda, uning 

xо‘jaligidagi  tovar pulga  almashadi, qachonki  u xaridor  sifatida  namoyon bо‘lsa, 

uning  xо‘jaligidagi  pul  tovarga  aylanadi.  Bunday  о‘zgarish  ayriboshlashning 

ekvivalent kuchiga teng qiymatlarda kechadi. 

Har  bir  tovar  ishlab  chiqaruvchi  ayriboshlash  jarayonini  amalga  oshirish 

uchun unda qancha, qanday tovarlar va qancha puli borligini doimo bilishi kerak. 

Axborotlar  oqimining  kо‘pligi  tufayli  tovar  va  pullarda  sodir  bо‘ladigan  hamma 

о‘zgarishlarni yodda saqlab bо‘lmaydi. Shuning uchun tovarni pulga, pulni tovarga 

aylanishini  bilgan  har  bir  mulkdor  pullar  va  tovarlar  schyotini  alohida  –  alohida 

olib  boradi.  Shu  bilan  birga  har  xil  tovarlar  schyotlarini  ham  alohida  olib  boradi, 

chunki bitta tovarni sotsa, ikkinchi bir tovarni sotib oladi. 

Har  bir  korxona  bir  holatda  sotuvchi,  yana  bir  holatda  sotib  oluvchi  rolini 

bajaradi.  Har  ikkala  holatda  ham  uning  xо‘jaligida  tovarlar  kamayib  pullar 




274 

 

 



kо‘payadi, yoki teskarisi, pullar kamayib tovarlar kо‘payadi. Pullarda va tovarlarda 

sodir  bо‘ladigan  о‘zgarishlarni  qayd  qilish  ikkita  о‘lchovlarda,  kо‘payish  yoki 

kamayish,  sifatida  qayd  qilib  borish  bilan  ifodalanadi.  Binobarin,  xо‘jalik 

muomalalarining  matematik  ifodasi  qarama-qarshi,  ikki  xil  qiymat  bо‘yicha  qayd 

qilinar ekan (plyus, minus), unda ularning yozuvini ham ketma-ket shu bilan birga 

birini ikkinchisidan alohidalangan holda olib borish zarur.  

Faraz  qilaylik  birinchi  mulkdorning  tovarlar  schyotida  har  bir  metri  10000 

sо‘mdan  bо‘lgan  “Atlas”  matosidan  25  metr,  ikkinchi  mulkdorning  tovarlar 

schyotida  esa  har  bir  kilosi  50000  sо‘mdan  bо‘lgan  “Ipak”  mashulotidan  5  kilo 

mavjud.  Birinchi  mulkdorning  buxgalteriya  hisobida  tovarlar  metamarfozasi 

quyidagi tartibda aks ettiriladi: 

1) Tovarini sotganda: 

Kredit – “Atlas” - 250000 sо‘m 

Debet – “Pul mablag‘lari” - 250000 sо‘m. 

2) Ikkinchi mulkdorni tovarini sotib olganda: 

Kredit – “Pul mablag‘lari” – 250000 sо‘m 

Debet – “Ipak” – 250000 sо‘m. 

Ikkinchi  mulkdorning  buxgalteriya  hisobida  esa  tovarlar  metamarfozasi  quyidagi 

tartibda aks ettiriladi: 

1) Tovarini sotganda: 

Kredit – “Ipak” - 250000 sо‘m 

Debet – “Pul mablag‘lari” – 250000 sо‘m. 

2) Birinchi mulkdorni tovarini sotib olganda: 

Kredit – “Pul mablag‘lari” – 250000 sо‘m 

Debet – “Atlas” – 250000 sо‘m. 

Bundan  xulosa  qilishimiz  mumkinki,  ikki  yoqlama  yozuv  tamoyili  bir 

iste’mol  qiymatiga  ega  bо‘lgan  tovarni  boshqa  iste’mol  qiymatidagi  tovarga 

almashtirish jarayoni natijasidir. 

Ikki  yoqlama  yozuvni  amalga  oshirish  uchun  sodir  bо‘lgan  xо‘jalik 

operatsiyalari  asosida  buxgalteriya  pravodkasi  tuziladi.  Buxgalteriya  pravodkasi 




275 

 

 



sodir  bо‘lgan  xо‘jalik  operatsiyalarini  qaysi  bir  schyotning  debetiga  va  qaysi  bir 

schyotning  kreditiga  yozish  kerakligini  kо‘rsatib  beruvchi  buxgalteriya 

formulasidir. 

Buxgalteriya pravodkalari tuzishda tо‘rt asosiy qoidaga amal qilish kerak: 

1.

 

Birinchi  qoida,  sodir  etilgan  xо‘jalik  operatsiyasining  tub  iqtisodiy 



mazmunini tushunish; 

2.

 



Ikkinchi  qoida,  mazkur  operatsiyada  ishtirok  etuvchi  sintetik  schyotlarni 

aniqlash; 

3.

 

Uchinchi qoida, ishtirok etuvchi schyotlarning aktiv yoki passivekanligini 



aniqlash; 

4.

 



Tо‘rtinchi  qoida,  xо‘jalik  operatsiyasini  schyotlarning  debet  va  kredit 

tomonlarga tо‘g‘ri qо‘yish. 

Mazkur qoidalarga amal qilgan holda ba’zi misollarni kо‘rib chiqamiz. 

Misol №1. “Toshmuhammadhoji” xususiy firmasining bankdagi hisob-kitob 

schyotidan  oylik  maosh  tо‘lash  uchun  naqd  pul  olib  kelindi  va  kassaga  kirim 

qilindi  -  50000  sо‘m.  Ushbu  operatsiya  natijasida  firmaning  kassasidagi  naqd 

pullarini  kо‘payishi  va  bankdagi  hisob-kitob  schyotidagi  pul  mablag‘larini 

kamayishi kuzatiladi. Ya’ni pul mablag‘larining bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi 

sodir  bо‘ladi.  Bu  operatsiyada  ikkita  sintetik  schyot  ishtirok  etgan.  Biri  “Kassa” 

schyoti,  ikkinchisi  esa  “Hisob-kitob”  schyoti.  Xо‘jalik  operatsiyasida  ishtirok 

etuvchi schyotlarning ikkalasi ham aktiv, chunki ular balansning aktiv moddalariga 

xos  schyotlardir.  Bizga  ma’lumki,  aktiv  schyotlarni  kо‘payishi  schyotning  debet 

tomonida,  kamayishi  esa  uning  kredit  tomonida  kо‘rsatiladi.  Shuning  uchun  ham 

mazkur  xо‘jalik  operatsiyasi  ta’sirida  schyotlarda  quyidagicha  о‘zgarish  sodir 

bо‘ladi “Kassa” schyotida pul mablag‘lari 50000 sо‘mga kо‘payadi va bir vaqtning 

о‘zida “Hisob kitob” schyotida pul mablag‘lari 50000 sо‘mga kamayadi. “Kassa” 

schyoti aktiv bо‘lganligi uchun kо‘payish uning debet tomoniga yoziladi, “Hisob 

kitob”  schyoti  ham  aktiv  shuning  uchun  pul  mablag‘larining  kamayishi  “Hisob 

kitob”  schyotning  kredit  tomonga  yoziladi.  Bu  operatsiya  quyidagi  buxgalteriya 

pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi: 




276 

 

 



D-t “Kassa” schyoti - 50000 sо‘m 

K-t “Hisob-kitob” schyoti - 50000 sо‘m 

Mazkur pravodka schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: 

 


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish