Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet321/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

 


 

405 


9. INVENTARIZATSIYA О‘TKAZISHNI TASHKIL QILISH TARTIBI. 

Inventarizatsiya  muddatlari  1999  yil  2  noyabrda  833-son  bilan 

AdliyaVazirligida  ro‘yxatga  olingan  “Inventarlashni  tashkil  etish  va 

o’tkazish”  nomli  19-son    buxgalteriya  hisobining    milliy  andozasida 

belgilab berilgan:

 

1.

 



Mol-mulk  ijaraga  berilganda,  sotib  olinganda,  sotilganda,  davlat 

korxonasi  qayta  shakllantirilganda  yoki  tassarufidan  chiqarilgan 

paytda; 

2.

 



Tovar-moddiy 

qiymatliklar  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya 

vazirligida 28.08.98 yilda 486-son bilan ro‘yxatga olingan buxgalteriya 

hisobining  “Tovar-moddiy  zahiralar”  nomli  4-son  milliy  andozasiga 

binoan

73

tovar-moddiy  zahiralarni  inventarlash  (ro’yxatdan  o’tkazish) 



tovar-moddiy  zahiralarning  amalda  mavjudligini  nazorat  qilish  va 

ularning  sof  sotish  qiymatini  tasdiqlash  hamda  ularning  saqlanishini 

ta’minlash uchun bir yilda kamida bir marta amalga oshiriladi; 

3.

 



Asosiy vositalar О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 23.09.98 

yilda 491-son bilan rо‘yxatga olingan buxgalteriya hisobining “Asosiy 

vositalar”  nomli  5-son  milliy  andozasiga  binoan  ikki  yilda  kamida 

birmarta,  kutubxona  fondlari  esa  besh  yilda  bir  marta  yо‘qlama 

qilinadi; 

4.

 



Kassadagi  pul  mablag‘lari,  pul  hujjatlari,  markalar,  qat’iy  hisobdagi 

blankalar, cheklar va qimmatga ega bо‘lgan boshqa boyliklar oyda bir 

marta; 

5.

 



Yonilg‘i-moylash  materiallari,  oziq-ovqat  mashulotlari  har  chorakda 

bir  marta,  qimmatbaho  materiallar  tarmoq  yо‘riqnomalariga  muvofiq 

qayta rо‘yxatga olinadi; 

6.

 



Jamoaviy  moddiy javobgarlik sharoitida qayta  rо‘yxatga olish,  jamoa 

rahbari  о‘zgarganda,  jamoadan,  uning  ellik  foizdan  ortiq  a’zolari 

 

73

 Mazkur Standartga O’zR AV 20.11.2002 y. 486-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’iga muvofiq 



o’zgartirishlar kiritilgan. 

 



 

406 


chiqib  ketganda,  shuningdek  jamoa  a’zolarining  talabi  bilan 

о‘tkaziladi; 

7.

 

Xо‘jalik subyeklarining rahbarlarini ixtiyori bilan. 



Mavsumiy  xarakterga  ega  bо‘lgan  korxonalarda  qayta  rо‘yxatga  olish 

moddiy  qiymatliklarning  eng  kam  qoldig‘i  bо‘lgan  davrlarda  hamda  quyidagi 

hollarda о‘tkaziladi;: 

1.

 



Asosiy vositalar, tovar – moddiy qiymatliklar qayta baholanganda; 

2.

 



Moddiy javobgar shaxslar almashganda; 

3.

 



О‘g‘rilik,  suiiste’mol  va  moddiy  qiymatliklarni  buzilish  holatlari 

aniqlanganda; 

4.

 

Tabiiy ofat (yong‘in, suv olish va boshqalar) yoki boshqa favqulodda 



holatlarda; 

5.

 



Korxona  tugatilganda  va  qonunchilikda  nazarda  tutilgan  boshqa 

holatlarda. 

Inventarizatsiyani  sifatli  tashkillash  va  o’tkazish  maqsadida  hisobot 

yilining  boshida  korxona  rahbarining  buyrug‘iga  binoan  korxona  rahbari  yoki 

uning  о‘rinbosari,  bosh  buxgalter,  mutaxassislar  (muxandis,  iqtisodchi  va 

boshqalar)  va  ichki  audit  vakillaridan  iborat  tarkibda  doimiy  harakatdagi 

inventarizatsiya komissiyasi tuziladi. 

Doimiy  harakatdagi  inventarizatsiya  komissiyasi  a’zolari  quyidagi 

vazifalarni bajaradilar: 

1.

 



Inventarizatsiya  natijasida  aniqlangan  kamomat,  ortiqcha  va  da’vo 

qilish  muddatning  о‘tkazib  yuborilgan  debetor  qarzlari  natijasida 

kо‘rilgan  zarar  summalari  bо‘yicha  mas’ul  shaxslardan  yozma 

tushuntirish xatlari oladilar;  

2.

 

Inventarizatsiya  natijasida  aniqlangan  kamomat,  nobudgarchilik, 



qiymatliklarning  buzilishi  va  ortiqcha  chiqishlarning  sabablarini 

о‘rganadilar; 

3.

 

Inventarizatsiya  natijasida  topilgan  tafovutlar  (kamomat  va  ortiqcha 



chiqishlar)  bо‘yicha  о‘zining  xulosasini  va  takliflarini  protokol  bilan 


 

407 


rasmiylashtiradilar.  Bu  protokol  keyinchalik  kamomad  va  ortiqcha 

chiqqan summalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishga asos bо‘ladi. 

Inventarizatsiya  rejasiga  muvofiq  qayta  rо‘yxatga  olish  joyi  bо‘yicha 

korxona rahbarining buyrug‘i tayyorlanadi. Buyruqda quyidagilar keltiriladi: 

1.

 

Inventarizatsiyaning maqsadi; 



2.

 

Inventarizatsiya joyi; 



3.

 

Inventarizatsiyani boshlash va tugatish vaqti; 



4.

 

Inventarizatsiya ishchi komissiyasi tarkibi.  



Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari tarkibidan qayta 

rо‘yxatga olish ishchi komissiyasi shakllantiriladi. Uning tarkibiga, mutaxasislar 

(buxgalteriya, moliya, iqtisod yoki texnika bо‘limi xodimi) va ichki audit vakili 

kiritiladi. 

Inventarizatsiya  ishchi  komissiyasi  zimmasiga  quyidagi  vazifalar 

yuklatiladi: 

1.

 

Moddiy  javobgar  shaxsni  korxona  rahbarining  qayt  rо‘yxatga  olish 



tо‘g‘risidagi buyrug‘i bilan tanishtirish; 

2.

 



Moddiy 

javobgar 

shaxsdan, 

uning 


moddiy 

javobgarligidagi 

qiymatliklarning butligi haqida tilxat olish; 

3.

 



Inventarizatsiya  joyini  obdan  kо‘zdan  kechirish  va  qо‘shimcha  kirib-

chiqish yо‘llarni muhrlab qо‘yish; 

4.

 

Xatlovni bevosita javobgar shaxs ishtirokida о‘tkazish; 



5.

 

Barcha о‘lchov birliklarini sozligini tekshirish; 



Tovar-moddiy 

boyliklarning 

xaqiqatda 

mavjudligini 

tekshirishga 

kirishishdan  oldin  inventarizatsiya  ishchi  komissiyasi,  yordamchi  binolar, 

yertо‘lalar va boyliklar saqdanadigan omborlarning alohida kirish-chiqish eshiklari 

plombalaydi;  og‘irlikni  о‘lchaydigan  barcha  ulchovlar  sozlanganini  tekshiradi, 

zaruriyat bо‘lganda davlat standart organlari tekshiruvidan о‘tkazadi.  

Inventarizatsiya,  qiymatliklarning  joylashgan  о‘rnida  va  moddiy  javobgar 

shaxslarning  bevosita  ishtirokida  о‘tkaziladi.  Bir  moddiy  javobgar  shaxs 



 

408 


tasarufidagi moddiy qiymatliklarni qayta rо‘yxatga olish uchun bir kishini birin  - 

ketin ikki marta inventarizatsiya komissiyasiga rais qilib tayinlash mumkin emas. 

Komissiya  a’zolari  har  bir  xо‘jalik  obyektidagi  mol-mulkni  rо‘yxatga 

olishdan  oldin  moddiy  javobgar  shaxsdan  2-ilovada  keltirilgan  mazmunda  tilxat 

oladilar.  

1-ilova 



Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish