Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


Muomila  fazasidagi  xо‘jalik  mablag‘lari



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

Muomila  fazasidagi  xо‘jalik  mablag‘lari

ga,  odatda,  muomila  (savdo, 

umumovqatlanish  va  xizmatlar  kо‘rsatish)  sohasi  korxonalarining  mablag‘lari 

kiritiladi.  Jumladan,  tayyor  mashulotlar,  pul  mablag‘lari  va  tо‘lovga  olingan 

mablag‘lar.  Shuningdek,  muomila  sohasi  mablag‘larga  shu  faoliyat  bilan 

shug‘ullanuvchi  korxonalarning  binolari,  jihozlari,  transport  vositalari  va  boshqa 

asosiy mablag‘lari ham kiradi.

 

Korxona  faoliyatidan  vaqtincha  chetlatilgan  mablag‘lar

ga  boshqa 

korxonalarga berilgan moliyaviy yordamlar, vaqtincha foydalanish uchun berilgan 

mehnat  vositalari  va  buyumlari,  davlat  byudjetiga  korxona  foydasidan  qilingan 

ajratmalar,  yil  davomida  kо‘rilgan  va  qoplanmagan  zararlar  kiradi.  Bunday 

mablag‘lar korxonaning  faoliyatida haqiqatdan ham ishtirok  etmaydi, lekin uning 

balansida kо‘rsatiladi. 

Korxonalarning  xо‘jalik  mablag‘lari  takror  ishlab  chiqarish  jarayonining 

qaysi sikliga tegishligiga kо‘ra ishlab chiqarish va muomala sohalari mablag‘larga 

ajratiladi.  Noishlab  chiqarish  sohasining  mablag‘lari,  odatda,  muomala  sohasi 

mablag‘lari sifatida qaraladi. 

Mashulot  ishlab  chiqarish  bilan  band  bо‘lgan  binolar,  inshootlar,  uzatish 

qurilmalari,  ish  va  kuch  mashinalari,  о‘lchov  birliklari  hamda  boshqaruvchi 

qurilmalar,  hisoblash  texnikasi,  transport  vositalari,  qishloq  xо‘jaligi  mashinalari, 

ulchov  -  uskunalar,  uzoq  muddatga  ijaraga  olingan  binolar,  inshoatlar  va  boshqa 

turdagi vositalar hamda ishlab chiqarish zahiralari, jumladan, xom-ashyo, asosiy va 

yordamchi  materiallar,  harid  qilingan  yarim  tayyor  mashulotlar  va  butlovchi 

buyumlar,  yoqilg‘i,  idishlar,  tugallanmagan  ishlab  chiqarish  qoldiqlari,  ta’mirlash 

uchun  zarur  bо‘lgan  extiyot  qismlar,  qurilish  materiallari,  kam  qiymatli  va 

tezeskiruvchi buyumlar ishlab chiqarish sohasining mablag‘larini tashkil etadi. 




192 

 

 



Mashulotlarni  sotish  uchun  xizmat  qiladigan  binolar,  inshoatlar,  uzatish 

qurilmalari,  о‘lchov  birliklari,  hisoblash  texnikasi,  transport  vositalari,  qishloq 

xо‘jaligi  mashinalari,  ulchov  - uskunalar, uzoq muddatga ijaraga olingan binolar, 

inshoatlar  va  boshqa  turdagi  vositalar  hamda  tayyor  mashulotlar,  pul  mablag‘lari 

va  tо‘lovga  olingan  mablag‘lar  esa,  muomila  sohasining  mablag‘larini  tashkil 

qiladi. 


Noishlab chiqarish sohasiga aholiga nomoddiy xizmatlar kо‘rsatish bilan band 

bо‘lgan  ta’lim,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat,  san’at,  servis  xizmati  bilan 

shug‘ullanuvchi  va  shu  kabi  boshqa  muassasalar  kiradi.  Ularning  faoliyatlarida 

ishtirok  etadigan  binolar,  inshootlar,  о‘lchov  birliklari,  hisoblash  texnikasi, 

transport vositalari, xonalarning jihozlari, cholg‘u birliklari, meditsina texnikasi va 

uskunalari  va  boshqa  shu  kabi  mehnat  buyumlari  noishlab  chiqarish  sohasining 

mablag‘larini tashkil qiladi. 

Korxona  xо‘jalik  mablag‘lari  tashkil  topish  manbalariga  kо‘ra:  о‘zining 

mablag‘lari, chetdan jalb qilingan mablag‘lar, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar 

kabi guruhlarga bо‘linadi. 

О‘zining mablag‘lariustav kapitali, fondlar va foydadan iborat bо‘ladi. 

Ustav  kapitali,  korxonani  faoliyat  kо‘rsatishni  ta’minlash  uchun,  uni  tashkil 

qilish  vaqtida  ta’sischilarning  ta’sis  hujjatlarida  belgilangan  mol-mulkidagi 

ulushlarning  pul  ifodasidir.  Ustav  kapitalini  miqdori  faqatgina  ta’sischilarni 

umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan о‘zgartirilishi mumkin. 

Fondlar  О‘zbekiston  Respublikasi  “Korxonalar  tо‘g‘risida”gi  qonuniga 

binoan korxonaning kо‘zda tutilgan zararlar va nobudgarchiliklarni qoplash uchun, 

shuningdek, hisobot yilida  kelgusi  davr xarajatlari va  tо‘lovlarini  ishlab  chiqarish 

va  muomala  xarajatlariga  bir  me’yorlarda  kiritishni  ta’minlash  maqsadida,  foyda 

hisobidan  rezerv  (zahira)  fondini  tashkil  qiladi.  Rezerv  fondi  hisobidan 

korxonaning  hisobot  yili  davrida  kо‘zda  tutilgan  zararlari,  nobudgarchiliklari, 

asosiy vositalarini tuzatish xarajatlari, xodimlarning mehnat ta’tillariga haq tо‘lash, 

ularni kо‘p yillik mehnatlarini taqdirlash kabi boshqa xarajatlari qoplanadi. 

О‘zining mablag‘lariustav kapitali, fondlar va foydadan iborat bо‘ladi. 




193 

 

 



Ustav  kapitali,  korxonani  foaliyat  kо‘rsatishni  ta’minlash  uchun,  uni  tashkil 

qilish  vaqtida  ta’sischilarning  ta’sis  hujjatlarida  belgilangan  mol-mulkidagi 

ulushlarning  pul  ifodasidir.  Ustav  kapitalini  miqdori  faqatgina  ta’sischilarni 

umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan о‘zgartirilishi mumkin. 

Foyda  mashulotlarni  va  korxona  uchun  keraksiz  bо‘lgan  asosiy  vositalar 

hamda  shu  kabi  boshqa  mulklarni,  shuningdek,  sotish  bilan  bog‘liq  bо‘lmagan 

operatsiyalardan  tushgan  daromadlarni  shu  operatsiyalar  bо‘yicha  qilingan 

xarajatlardan  ortiq  chiqqan  summasidir.  Demak,  foyda  –  daromadlarning 

xarajatlardan ortiq chiqqan summasidir. 

Mashulotni  sotishdan  tushgan  foyda,  ular  uchun  pul  tо‘lovi  amalga 

oshirilgandan  sо‘ng  (naqd  pulsiz  hisob-kitoblarda  korxonaning  bank 

muassasasidagi schyotiga mablag‘ kelib tushganda, naqd pulli hisob-kitoblarda esa 

mablag‘lar  kassaga  kelib  tushganda)  yoki  tovarlar  yuklab  jо‘natilib,  haridorga 

hisob-kitob  hujjatlari  taqdim  etilgandan  keyin  aniqlanadi.  Foyda  yil  davomida 

buxgalteriya  balansining  passiv  tomonida  alohida  moddalarda  о‘sib  boruvchi 

jamlikda  aks  etiriladi.  Balansning  aktiv  qismida  esa  foydadan  avans  tariqasida 

foydalanish yoki haqiqiy kо‘rilgan zarar aks ettiriladi. 

Chetdan jalb qilingan mablag‘lar manbaiga bank kreditlari va kreditor qarzlar 

kiradi. 

Bank  kreditlarini  korxona  faoliyat  kо‘rsatishi  davomida  о‘z  mablag‘larini 

yetmasligi  natijasida  chetdan  mablag‘larni  jalb  qiladi.  Shulardan  asosiysi  bank 

kreditlaridir.  Bank  kreditlari  qisqa  muddatli  va  uzoq  muddatli  bо‘ladi.  Kreditlar 

belgilangan  muddatlarda  qaytarib  berish  sharti  bilan  vaqtincha  foydalanish  uchun 

beriladi.  Kredit  bank  tomonidan  ma’lum  foizlar  hisobidan,  bankning  qayta 

moliyalash  stavkasidan  kam  bo’lmagan  miqdorlarda  beriladi.  Misol:  korxona  bir 

yilga  25  foiz  hisobidan  10000000  sо‘m  kredit  olgan  bо‘lsa,  qaytarib  berishda 

ushbu summani 12500000 sо‘m qilib qaytaradi. 

Boshqa  tashkilotlardan  jalb  qilingan  mablag‘larga  mol  yetkazib 

beruvchilardan  puli  tо‘langunga  qadar,  olingan  xom  ashyo  va  boshqa  moddiy 

resurslar bо‘yicha qarzlar hamda boshqa har xil kreditor qarzlar kiradi. Bu qarzlar 




194 

 

 



korxonaga  mol  yetkazib  beruvchilardan  moddiy  qiymatliklarni  harid  qilishdan 

boshlab,  toki  korxona  ularning  pulini  tо‘lagungacha  bо‘lgan  davrda  mavjud 

bо‘ladi.  Bu  vaqt  davomida  mol  yetkazib  beruvchilarga  tо‘lanishi  lozim  bо‘lgan 

qarzlar, korxona mablag‘larining manbai bо‘lib hisoblanadi. 

Kreditor qarzlar korxonaning xо‘jalik faoliyati davomida huquqiy va jismoniy 

shaxslar  oldida  majburiyatlar  vujudga  keladi.  Bunday  majburiyatlar  kreditor 

qarzlar  deyiladi.  Ularga,  eng  avvalo,  korxonaning  ishchi  xizmatchilarga  ish  haqi 

bо‘yicha  bо‘lgan  qarzdorligini,  soliq  inspeksiyasiga  byudjetga  tо‘lovlar  bо‘yicha 

qarzdorlikni,  sug‘urta  organlariga  ijtimoiy  sug‘urta  bо‘yicha  qarzdorlikni, 

ta’sischilarga  foyda  hisobidan  divident  tо‘lovlari  bо‘yicha  qarzdorliklarni  kiritish 

mumkin. 

Ish  haqi  bо‘yicha  ishchi  va  xizmatchilarga  qarzdorlik  xodimlarga  bajargan 

ishlari uchun hisoblanagan ish haqini ularning  qо‘llariga  bergunga  qadar bо‘lgan 

davrdagi korxona majburiyati sanaladi. 

Byudjetga  tо‘lovlar  bо‘yicha  qarz  korxonaning  faoliyati  yuzasidan  olingan 

foyda  (daromad)  solig‘ini  va  xodimlarni  ish  haqlaridan  о‘tkazib  beriladigan 

daromad  soliqlarini  soliq  inspeksiyasiga  о‘tkazib  bergungacha  bо‘lgan  davrdagi 

korxona  majburiyati  sanaladi.  Shuningdek  bunday  qarzlarga  xodimlarning  ish 

haqlariga  nisbatan  hisoblangan  ajratmalarni  ijtimoiy  sug‘urta  organlariga  о‘tkazib 

bergungacha bо‘lgan davrdagi korxona majburiyati kiritiladi. 

Foyda  hisobidan  ta’sischilarga  tо‘lanadigan  divident  qarz  korxona  xо‘jalik 

faoliyatidan  olingan  foydaning  ta’sischilarga  tegishli  qismi  bо‘lib,  ularning 

ulushlari  bо‘yicha  hisoblanadi  va  tо‘lagunga  qadar  bо‘lgan  davrdagi  korxona 

majburiyati. 




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish