4-Mavzu: Jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyot bosqichlari. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasining huquqiy ildizlari Reja



Download 41,5 Kb.
bet1/4
Sana29.12.2021
Hajmi41,5 Kb.
#78020
  1   2   3   4
Bog'liq
4-Mavzu Huquqiy asoslardan




4-Mavzu: Jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyot bosqichlari. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasining huquqiy ildizlari
Reja:

  1. Jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyot bosqichlari.

  2. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasining huquqiy ildizlari


Tayanch iboralar: jismoniy tarbiya, sport, taraqqiyot bosqichlari, sportning huquqiy ildizlari, kurash, yengil atletika, gimnastika, futbol, og’ir atletika.
O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida sobiq Ittifoq davrida nashr etilgan o‘quv qo‘llanmalar va turli manbalarni o‘rganishda xolisona va tanqidiy yondashishni taqozo etmoqda. Shu jihatdan olganda R.I.Ismoilov, Yu.S.Sholomitskiy (1964-1968), F.M.Isxakov (1974-1976), S.V.Faxriddinova (1978), R.Abdumalikov (1975), J.T.Toshpo‘latov (1978), J.E.Eshnazarov (1978), T.X.Xoldorov (1991) va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqotlari hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari, ilmiy ommabop risolalari O‘zbekistonda jismoniy taibiya va sportning rivojlanishi tarixini birmuncha yoritilganligi muhim ahamiyatga egadir. Shunga qaramasdan, milliy xususiyatlarimizni toptash (kamsitish), aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishini ta'minlashda bir tomonlama yon- dashganlik tanqidiy ravishda ifoda etilmagan. Aksincha, bar­cha tadbirlar va muammolar faqat partiya va hukumat arboblarining faoliyatlari bilangina amalga oshirilishi ko‘rsatilgan. Shu sababdan, tarixiy jarayonlar va ularni hoziigi davr talablari asosida talqin qilish, ba'zi bir mulohazalarnibildirishga to‘g'ri keladi.

Sobiq ittifoq davrida Turkiston o‘lkasidagi tarixiy voqeliklar ataylab buzib ko‘rsatildi. Chunki Chor Rossiyasining bu o‘lkaga turli bahonalar bilan kirib kelishining asosiy sababi bosqinchilik edi.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq (1991-yil 1-sentabr) mamlakat tarixini qayta yoritish va barcha voqeliklarni ochiq-oydin ko‘rsatish vazifa qilib qo‘yildi.

Respublika Prezidenti I.A.Karimov «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi» - degan so‘zlari asosida «O‘zbekistonning yangi tarixi» (3 ta kitob, 2000 y.) nashrdan chiqarildi. Tarixiy jarayonlar bu kitoblarda «Tur­kiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida» (1-kitob), «O‘zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida» (2-kitob), «Mustaqil O‘zbekiston tarixi» (3-kitob) o‘z nomi bilan asosli ravishda ifoda topdi.

Turkiston o‘lkasida 1890— 1900-yillarda maktablarda jismoniy taibiya mashqlarini o‘tkazish ancha jonlandi. Harbiy maktab va bilim yurtlarida gimnastika, qilichbozlik, otish va turli o‘yin mashg'ulotlari tashkil qilinib, u asta-sekin mahalliy millat yoshlarining faoliyatiga o‘ta boshladi. Bu paytlarda maxsus o‘quv yurtlari, harbiy xizmat joylarida gimnastika, tennis va boshqa turlardan kichik musobaqalar o‘tkaziladi.

Taniqli jamoat arbobi, Respublika sport qo‘mitasining raisi, O‘zbek Davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori R.I.Ismoilov va professor Yu.S.Sholomitskiylarning ma'lumotlariga1 qaraganda, Turkiston o‘lkasida 1910-yilda «Poteshniye polki» deb ataluvchi qismlar tashkil qilingan. U yarim sport va yarim harbiy yo‘nalishdagi tashkilot bo‘lib, maqsad — yoshlar kuch-g'ayratini harbiylashtirishga yo‘llash, ulami «Din-podshoh va vatan uchun» xizmat qildirishga qaratilgan.

1911-yilda Toshkentda «Okrug qilichbozlik-gimnastika maktabi» ochilgan unda qilichbozlik, asboblar ustida gimnastika mashg'ulotlari o‘tkazilgan. Mutaxassis xodimlarning tanqisligini hisobga olib, 1912-yilda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari tayyorlaydigan birinchi gimnastika va harbiy saf kursi ochilgan. Shunga qaramasdan o‘quv yurtlari, ayniqsa, aholi o‘rtasida jismoniy tarbiyani rivojlantirishga kam e'tibor berilgan.

1914-yilda Turkiston o‘lkasida 160 ta maktab bo‘lib, ularda 17 ming bola ta'lim olgan.

Oktabr inqilobigacha Turkiston o‘lkasidagi maktablarda jismoniy tarbiya muvaqqat bo‘lib, hech qanday tizimga asos solinmagan, chunki jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha ishlab chiqilgan maxsus dasturlar bo‘lmagan.

1916-yil 1-oktabrda «Sport safarbarligi» degan tashkilot ish boshlaydi. Bunga erlar gimnaziyasi, seminariyasi, real bilim yurti, kommersiya (tijorat) va hunar bilim yurtlarining talabalari bir oy muddatga safarbar etilar edi. Harbiy qo‘shinlar uchun mo‘ljallangan jismoniy tarbiya dasturi bu kursda qo‘llanilgan. Buning asosiy maqsadi yoshlarni harbiy- jismoniy tayyorlash va ko‘rikdan o‘tkazish bo‘lgan.

Bu davrlarda Toshkentda velosport, qilichbozlik, gimnastika, yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan saralash musobaqalarida faqat harbiylar, rus amaldorlarigina ishtirok etishgan. Ularning asosiy maqsadi Stokgolmda o‘tkaziladigan (1912), xalqaro olimpiya o‘yinlarida qatnashishi uchun rus komandalarini to‘ldirish kerak edi.

«Toshkent havaskor velosipedchilar jamiyati» (1895), «Toshkent gimnastika va mashq havaskorlari jamiyati» (1904 y.), «Sokol» (Lochin, 1906) yengil atletika guruhi tashkil etilishi va ularda bir to‘dagina kishilar shug'ullansada, buni Turkiston o‘lkasida sport bilan shug'ullanishga ham e'tibor berildi, deb aytish mumkin.

1913-yilda tashkil etilgan «Toshkent sport havaskorlari jamiyati» Turkiston o‘lkasidagi eng yirik sport tashkiloti edi.

E'tiborli tomonlardan biri shuki, 1908-yildan boshlab Turkistonda professional polvonlar qatnashadiganchempionatlar o‘tkaziladi. Bularga jahonga taniqli Zaikin, Poddubniy, Baxturov, Shvalye, Bui kabi ko‘pgina polvonlar qatnashgan. -

1911-yilda o‘tkazilgan bunday musobaqalarda mahalliy- millat polvonlari ham ishtirok etganlar. Ulardan Ahmad polvon, Azimxo‘ja polvon, Haydar Ali polvon, Abdurahmon polvon, Xayitov, A'loyev kabilar Toshkent sirkida bellashuvda qatnashganlar.1

Taniqli jurnalist, Respublika kurash federatsiyasining sobiq raisi, To‘lqin Obidovning (marhum) «O‘zbek polvonlari» (Т., 1979-yil) kitobida kurashchilar haqida yaxshi dalillar keltirilgan. Ya'ni 1895-yil mashhur nemis polvoni Rippel Toshkentga kelib, sirkda o‘z kuchi, mahoratini ko‘rsatib, hamma tomoshabinlarni qoyil qoldirib yuradi. Uning og'irligi sakkiz yarim pud (133 kg.) bo‘lib, sakkiz pudlik cho‘yanni ikki qo‘li bilan, 16 pudlik cho‘yanni kifti bilan ko‘tarib tomosha ko‘rsatgan. O‘sha paytlari Toshkentning Beshyog'och daha, Choqar mahallasida o‘tgan Ahmad polvon Topilboy o‘g'lining O‘rta Osiyoda kurashib, yiqitmagan pahlavoni qolmagan edi. Mehmon Alimad polvonning dovrig'ini eshitib, u bilan kurashish istagini izhor etgan. Kim yiqilsa, «yonidan 50 so‘m beradi», deb garovlashibdi. Shu yil 23 iyunda odamlar sirkda yig'ilishibdi. 28 yoshli Ahmad polvon egnida oq yaxtak, belida belbog' bog'lab o‘rtaga chiqadi. «Kim yiqilib, mayib bo‘lsa, o‘z gardaniga» deb shart ham qo‘yiladi. Rippel belida tasma belbog' bilan chiqadi. Ikki polvon bel tutib, o‘rtada aylanadi. Sirkda shunday sukunat hukm surardiki, pashsha uchsa ham bilinardi. Ahmad polvonning «Yo pirim» degan nidosi eshiti- ladi. Shu lahzada yer larzaga kelgandek tuyuldi. Charxpalak bo‘lib tushgan Rippel yerda uzala tushib yotardi.

1904-yilda quvalik Xo‘ja polvon Toshkentga kelib, «manman» degan polvonlami bitta qo‘ymay yiqitib yurgan. Bu paytlar Ahmad polvon belida yarasi bilan betobroq edi. Nomus kuchlilik qilib, Xo‘janing shashtini qaytarmasdan kurashga tushadi. Ahmad polvon Xo‘janing belbog'idan ushlab, bir silkitib ko‘kragiga bosdida, muallaq ko‘tarib, maydonni aylandi, so‘ngra uni sekin yeiga qo‘yib: «Mehmonsiz, siyladim», degan. Ahmad polvonning olijanobligi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ladi. Ahmad polvon 1911-yil fransuz qoidalari bo‘yicha o‘tkazilgan klassik kurashda Germaniya chempioni Giber ustidan g'alaba qozondi.

Bunga o‘xshagan polvonlar O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida juda ko‘p bo‘lgan. Bu haqdagi dalillarni yana «O‘zbek kurashi» (mustaqil O‘zbekiston bo‘limi)da bayon etildi (qarang).

1906-yildan boshlab O‘rta Osiyoda futbol rasmiy ravishda tarkib topa boshlaydi. 1911-yildan boshlab esa Farg'ona, Toshkent, Samarqand, Andijon, Qo‘qon va boshqa shaharlarda turli xil musobaqalar, o‘zaro futbol uchrashuvlari o‘tkaziladi.

1911—1915-yillarda haibiy okrug qoshidagi bosmaxona kishilari o‘zlarining gimnastika to‘garaklarini tashkil qilishdi.

Turkiston general gubernatori mahalliy millat vakillarining sport jamiyatini tuzishga qat'iy qarshilik qiladi.

Shunga qaramasdan, xalq o‘zlarining milliy o‘yinlarini tashkil qilishni davom ettirdi. Kurash, poyga, uloq, darbozlik, akrobatika, harakatli o‘yinlar keng tarqaldi. «Navro‘z», hosil bayrami va boshqa udumlarga bag'ishlangan xalq sayllari hamda katta to‘ylarda polvonlarning bellashuvi, mohir chavandozlarning chaqqonligi, darboz o‘yinlari, arqon tortishish, tosh ko‘tarish kabi o‘yin va namoyishlari hammani hayratga solar va juda qiziqarli bo‘lgan. Ta'kidlash joizki, bu davrlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlari mutaxassis olim­lar H.A.Botirov, A.KAkramov va boshqalarning o‘quv qo‘llanmalarida batafsil ifodalangan.

Xulosa qilganda, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdod va avlodlarimizdan meros qolgan juda ko‘p boy manbalar mavjud. Ular o‘tmishdan asrab-avaylab, yanada boyitib bizgacha" yetib kelishini ta'minlaganlar. Bunday tugamas boyliklar orasida jismoniy madaniyatalohida ahamiyat kasb etadi. Jismoniy madaniyat insonlami bolalikdan sog'lom qilib o‘stirish, ularning jismoniy va madaniy kamolotini ravnaq toptirishi, sog'lom turmush kechirish, mehnat qobiliyatini oshirish, uzoq umr ko‘rishga ko‘maklashuvchi muayyan faoliyatdir. Bunda ajdod­larimizning ov qurollarini yasash, tog', daryo, cho‘llarda vahshiy hayvonlarni tutish uchun kuch-quwat, epchillik, merganlikni o‘rganganlar. Bunda otda turib kamondan o‘q otish, nayza sanchish, kurashish, piyoda yugurish, to‘siqlardan o‘tish, an'anaviy urf-odatlar, ommaviy sayllarda harakatli o‘yinlarni tashkil qilish kabi murakkab mashqlarni bajaiganlar. Turli janglarda bu qurollardan mohirona foydalanganlar.

Buyuk sarkardalar Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va undan keyingi davrdagi hokimiyatni boshqaruvchilar o‘z jangchilarini faqat jang qilish san'atinigina emas, balki ularni jangovorlik ruhida tarbiyalashning asosiy mazmuni jismonan kuchli, epchil, chaqqon, chidamli bo‘lishga ham o‘rgatganlar. Bunga yuqorida qayd etilgan jismoniy tarbiya vositalarini maqsad yo‘lida ishlatganlar.

Xalq o‘z udumlari va an'analarida kurash, ot o‘yinlari, qilichbozlik, darboz, poyga va turli harakatli o‘yinlardan foydalanganlar. Bu tadbirlar yoshlarni kuchli bo‘lishi, Vatanni sevish, kasbni egallash va uddaburonlikka chorlagan.

Sovet hokimiyati yillarida (1918—1991) O‘zbekistonda jis­moniy tarbiya va sportni rivojlantirish




Download 41,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish