Buxgalteriya va audit


-diagramma. Soliq qarzdoligining YaIM va soliq tushumlariga nicbati (foizda)



Download 0,5 Mb.
bet5/8
Sana19.11.2022
Hajmi0,5 Mb.
#868315
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bex new 2 — копия

1-diagramma. Soliq qarzdoligining YaIM va soliq tushumlariga nicbati (foizda)
Soliq toʼlovchilar oʼzlariga yuklatilgan “soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlarni oʼz vaqtida hamda toʼliq miqdorda toʼlash” majburiyatlarini tegishli ravishda belgilangan muddatda va toʼliq amalga oshirishlari shart. Lekin soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlarni toʼlash boʼyicha bajarilmagan majburiyatlari boʼlgan soliq toʼlovchi tomonidan Soliq kodeksida belgilangan toʼlash muddatida kechiktirmay, ularni xizmat koʼrsatayotgan bankka toʼlash uchun (hisobvaragʼida pul mablagʼlari mavjud yoki mavjud emasligidan qatʼiy nazar) toʼlov topshiriqnomasini taqdim etmaslik holatlari ham uchraydi.
Qarzdorliklarni toʼlamaslikning asosiy sabablarini mazkur rasm orqali koʼrib chiqar ekanmiz, bu sabablarning davriyligi jihatidan ham baho berish toʼgʼri boʼladi. Chunki, soliq toʼlovchi oʼz majburiyatini bilmasligi, soliq toʼlovchi hisob raqamida mablagʼning yetarli boʼlmagani, soliq toʼlovchi uzoqroq safardan boʼlishi, soliq toʼlovchi sogʼligining yomonlashuvi doimiy emas, balki vaqti-vaqti bilan ushbu sabablarni sodir boʼlishi hisobiga soliq qarzdorligi yuzaga keladi.
Аlbatta boshqa sabablarning ayrimlarida ham bu sabablarning muntazam deb boʼlmaydi, bu borada debitor va kreditorlar oʼzaro aloqalaridagi majburiyatlarini toʼlaqonli va oʼz vaqtida bajarmasligi misol qilishimiz mumkin.
Shu bilan birga, soliq qarzini yuzaga kelishiga quyidagi sabablarni ham keltirish mumkin:
• soliq madaniyatining pastligi yoki majburiyatni toʼliq bilmaslik;
• korxonada hisobning sifatsizligi yoki uning masʼul shaxslarini yetarli bilim va koʼnikmaga ega emasligi;
• mikro darajadagi soliq yukining ogʼirligi yoki qasddan soliq toʼlamaslik;
• korxonaning debitor va kreditor qarzdorliklari boʼyicha toʼlov muddatini oʼtishi hamda hisob raqamda mablagʼning yetarli emasligi;
• soliq maʼmurchiligi hamda soliq qonunchiligidagi kamchiliklar;
• boshqa fors-major holatlar hamda soliq toʼlovchi (masʼul shaxs) ning hayoti bilan bogʼliq oʼzgarishlar (kasallik, oʼlim va hk).
Taʼkidlash joizki, soliq qarzdorliklarining paydo boʼlishining eng asosiy sabablaridan biri bu soliq toʼlovchilarning moliyaviy ahvoli tenglashishidir. Korxonalarning moliyaviy holati yomonlashuviga esa yuqori soliqqa tortish darajasi (soliq yuki) ham bevosita, ham bilvosita taʼsir qiladi.
Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning byudjet oldidagi soliq qarzdorligi turlari umidsiz qarz summalariga va joriy soliq qarzlariga boʼlinadi. Umidsiz qarz - sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud daʼvo qilish muddati oʼtishi oqibatida uzish mumkin boʼlmagan qarz tushuniladi. Joriy soliq qarzlari - asosan xoʼjalik yurituvchi subʼektlarining kelgusi davr uchun toʼlanishi lozim boʼlgan soliqlari boʼyicha boʼnak toʼlovlari hisoblanishi yoki toʼlovlarni qisqa muddatlarga kechikishi natijasida vujudga keladi.
Soliq qarzi summalarini paydo boʼlishi holatlarini oldini olish boʼyicha quyidagi mezonlarni keltirish mumkin:
1. Xoʼjalik subʼektlari tomonidan belgilangan muddatlarda byudjet va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamgʼarmalariga toʼlovlarni amalga oshirmasdan mablagʼlarini boshqa maqsadlarga yoʼnaltirish;
2. Аsosiy omillardan biri oʼzaro debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni taʼsiri;
3. Yirik soliq toʼlovchilar tomonidan banklardagi hisobraqamlari Kartoteka-2 da boʼlganligi munosabati bilan, qoshida shoʼba korxonalari ochib asosiy oborotini ular orqali amalga oshirish;
4. Аsosiy hisobraqamidan tashqari boshqa banklarda ikkilamchi hisobraqamlari ochib oborotini amalga oshirish;
5. Banklar ishtirokisiz hisob-kitoblarni amalga oshirish.
Soliq qarzini majburiy undirishning qoʼshimcha chora-tadbirlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- soliq organlari tomonidan kiritilgan daʼvo arizasi sud tomonidan oʼz vaqtida koʼrib chiqilmagan, rad etilgan, qisman qanoatlantirilgan yoki qanoatlantirilmagan hollarda belgilangan tartibda yuqori instantsiya sudlariga apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari kiritadi;
- sud qarorlarini ijro qilish boʼlimlari tomonidan ijrosiz qaytarilgan ijro hujjatlari soliq organlari tomonidan ularning asosliligi oʼrganilib, yetarli asosga ega boʼlmagan holatlar boʼyicha qayta ijro uchun yuboradi va bu haqda tegishli sud organiga taqdimnoma yuboradi;
- Soliq kodeksining 66-moddasiga asosan umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish boʼyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda Oʼzbekiston Respublikasining «Bankrotlik toʼgʼrisida»gi Qonuni (yangi tahriri) talablari asosida tahlillarni amalga oshiradi;
- qonunda belgilangan muddatlarda ijro qilinmagan sud ijro hujjatlari boʼyicha Аdliya va prokuratura organlariga taqdimnomalar kiritadi.
Soliq va majburiy toʼlovlarni toʼlash boʼyicha belgilangan muddatlarning tigʼizligi, ayrim soliq turlari boʼyicha boʼnak va joriy toʼlovlarning mavjudligi korxona aylanma mablagʼlarining byudjetga tez-tez olib qoʼyilishiga, korxona moliyaviy faoliyatiga sezilarli xalaqit berishiga, korxonaning penya toʼlashiga, uning byudjet va boshqa korxonalar oldida kreditorlik qarzi yuzaga kelishiga va oxir oqibat korxona moliyaviy xoʼjalik faoliyatining izdan chiqib, boqimandalar yuzaga kelishiga sabab boʼladi.
Oʼz navbatida, yuqori stavkali soliqlar - ayniqsa 20 foizli QQS va 25 foizli yagona ijtimoiy toʼlov boqimandalar yuzaga kelishining asosiy sabablaridan hisoblanadi, chunki bunday soliqlar yuki korxonaning yetarli aylanma mablagʼlar bilan faoliyat yuritishiga imkon bermaydi.
Moliyaviy sanktsiyalar esa ular zimmasiga qoʼshimcha yuk boʼlib, oborot mablagʼlarining yanada kamayishiga va natijada boqimanda qarzlarning paydo boʼlishi va koʼpayishiga sabab boʼlmoqda.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish