Buxgalteriya va audit


Soliqlar va majburiy to’lovlar



Download 0,5 Mb.
bet2/8
Sana19.11.2022
Hajmi0,5 Mb.
#868315
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bex new 2 — копия

1.Soliqlar va majburiy to’lovlar

Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo boʼlishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bogʼliqdir. Shu oʼrinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqeylik sifatida yuzaga


chiqishini taʼkidlash lozim. Soliq tushunchasi tor maʼnoda davlat ixtiyoriga soliq toʼlovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.
Maʼlumki, soliqlar bevosita davlatning paydo boʼlishi bilan bogʼliqdir, yaʼni davlat oʼzining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu obʼektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subʼektlar ham real sektorda, yaʼni ishlab chiqarish sohasida faoliyat koʼrsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz boʼlgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obʼektiv amal qilishini talab etadi. Аniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni obʼektiv amal qilishini zarur qilib qoʼyadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli boʼladi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga oʼtish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablagʼ bilan taʼminlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari koʼp boʼlib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan baʼzi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yoʼqola borsa, yangi vazifalar paydo boʼla boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam taʼminlanganlarga ijtimoiy yordam koʼrsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiysiyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, koʼp bolali onalar va boshqalarni mablagʼ bilan taʼminlash zarurligini anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obʼektiv zarurligi va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam taʼminlanganlarga moddiy yordamlar koʼrsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat aʼzolari osoyishtaligini saqlash maqsadida oʼzining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mablagʼlar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartibintizom oʼrnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham koʼplab
mablagʼ yoʼnaltirishga majburdir. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba boʼlgan soliqlarni obʼektiv zarur qilib qoʼyadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun lozim boʼlgan moliyaviy mablagʼlarni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qoʼllanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi. Maʼlumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat boʼlib, ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarni iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.
Soliqlar majburiy toʼlovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliq toʼlovchilar bilan ularni oʼz mulkiga aylantiruvchi davlat oʼrtasida boʼladi. Davlat uchun byudjet daromadlarining asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar toʼgʼrisidagi qarashlar tarixan obʼektiv va subʼektiv omillarning taʼsirida shakllangan. Soliqlarga doir turli taʼriflarni tahlil qilish ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos boʼlgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud boʼlgan soliqlarning tutgan oʼrnini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo boʼlishi bilan soliqlar jamiyatdagi
iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri boʼlib hisoblanib kelingan.
Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi oʼzgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining oʼzgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yigʼib olish usullari xilma-xil boʼlganligi bilan asoslanib kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.
Davlat faoliyatining barcha yoʼnalishlarini mablagʼ bilan taʼminlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga taʼsir etuvchi usuli
hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bogʼliq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai hisoblanadi
Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan taʼminlash funktsiyasi ham
muhim ahamiyat kasb etib, bu funktsiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli
tushumlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funktsiyalarini bajarishga sarflanganligi toʼgʼrisida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning byudjetga tushishi toʼliq, oʼz vaqtida va oson kechadi. Soliq funktsiyalarini qisqacha koʼrib chiqilishi soliqlar moliya resurslarini tiklash, xoʼjalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash boʼyicha muhim vazifalarni bajaradi deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi.
Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida taʼkidlangan muhim oʼrnini belgilovchi bir qancha funktsiyalari mavjud. Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning oʼrnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni koʼrsatib oʼtish mumkin:
 Bozor iqtisodiyotiga oʼtish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning zarurligi. Maʼlumki, respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish va davlat qurilishini amalga oshirish ilgari surilgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga oʼtish sharoitida aholi, ayniqsa, uning kam taʼminlangan qatlamlari yetarli darajada ijtimoiy himoyalangan boʼlishi kerak.
 Аgrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zarurligi omili. Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qoʼshdi. Bu, eng avvalo, uning mamlakatga chet el valyuta tushumlarini olib kelishda namoyon boʼldi. Oʼzbekiston Respublikasida qishloq xoʼjaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini oʼtamoqda.
Yuqoridagilardan koʼrinadiki, qishloq xoʼjaligida soliq, kredit vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan taʼminlash funktsiyasi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu sababli,Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq xoʼjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliq va yigʼimlar oʼrniga byudjetga 1999 yilning 1 yanvaridan boshlab yagona yer soligʼini toʼlash tartibi joriy qilindi.
Jahon soliq tizimining asosiy va ajralmas qismlaridan biri – bu soliq imtiyozlaridir. Har qanday davlat uning xoʼjalik yuritish tizimi qanday boʼlishdan qatʼiy nazar davlat byudjetini daromadlar bilan taʼminlashda asosiy vositalardan biri – bu soliqlar va soliqsiz toʼlovlardir. Аmmo joriy etilgan soliqlar sof fiskal shaklda oʼrnatilishi mumkin emas. Chunki faqat byudjet manfaati nuqtai-nazaridan
oʼrnatilgan soliqlarni amal qilishi uzoq vaqtni oʼz ichiga olmaydi. Shuning uchun muayyan darajada soliq imtiyozlaridan foydalanish taqozo etiladi.
Soliq tizimida soliq imtiyozlaridan foydalanishning bir qator obʼektiv ijtimoiy-iqtisodiy sabablari mavjud boʼlib, ular quyidagilardir:
Birinchidan, soliq imtiyozlarini mavjudligini asosiy sabablaridan biri bu soliq toʼlovchi (yuridik va jismoniy shaxs) larning jamiyatda tutgan mavqei, ijtimoiy holati turlicha ekanligidan. Shu jihatdan barchaga bir xil tartibda (miqdorda) soliq solish maʼnoga ega boʼlmaydi;
Oʼzbekiston Respublikasi soliq tizimida soliqstavkalarini tabaqalashtirish mezonlari Soliq toʼlovchilarning paydo boʼlishiga koʼra (suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq) Soliq toʼlovchilarning joylashgan joyi (shahar, qishloq)ga koʼra Faoliyat turiga koʼra (yagona soliq toʼlovi va qatʼiy soliq) Soliq obʼektining qayta baholanishiga koʼra (jismoniy shaxslar mol-mulk soligʼi) Daromad olinish manbaiga koʼra (jismoniy shaxslar daromadiga soliq) Qazib olinadigan foydali qazilmalar tur-lariga koʼra (er osti boy-n foy-k u-n soliq) Soliq toʼlovchining eksport salohiyatiga koʼra (foyda soligʼi va mol-mulk soligʼi) Yer
Uchastkalarining bonitetiga koʼra (er soligʼi) Soliq imtiyozlari
Ikkinchidan, davlat iqtisodiyotga taʼsir etib uni tartiblash vazifasini amalga oshiradiki, bunda turli xil dastaklardan foydalanadi. Bu dastaklarning asosiylaridan biri bu jamiyatdagi baʼzi muhim sohalarni yoki soliq toʼlovchilarning faoliyatini ragʼbatlantirish maqsadida soliq imtiyozlari belgilanadi. Yaʼni, davlat soliq imtiyozlari orqali iqtisodiyotni samarali va qulay boshqarish yoki tartiblash imkoniyatiga ega boʼladi, bundan koʼrinadiki, soliq imtiyozlari davlatni oʼz funktsiya va vazifalarini yuzaga chiqaruvchi muhim dastak sifatida yuzaga chiqadi;
Uchinchidan, soliq imtiyozlari qoʼllanilishining asosiy sabablaridan yana biri bu milliy daromadni qulay, samarali va oqilona taqsimlashga erishishdan iboratdir. Yaʼni, bundan soliqlar sifatida byudjetga jalb etilishi lozim boʼlgan moliyaviy resurslar imtiyoz berish tufayli byudjetga jalb etilmasdan soliq toʼlovchilarning oʼzlariga maqsadli ravishda qoldiriladi. Buning afzallik tomoni shundaki, soliq toʼlovlarini byudjetga olish va uni yana qayta taqsimlash ishlarini osonlashtiradi va ish faoliyat turlarini ragʼbatlantirishga erishiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq islohotlarini samarali yuritish maqsadida soliqlar vositasida taʼsir etish, ular boʼyicha imtiyozlarni qoʼllash, iqtisodiyotning turli sohalarini bir tekis rivojlanishini taʼminlash bilan bogʼliq tadbirlar amalga oshiriladi. Davlat soliq imtiyozlarini qoʼllash orqali iqtisodiyotning turli sohalariga turlicha taʼsir koʼrsatadi, yaʼni ayrim rentabelli va norentabelli sohalar oʼrtasidagi muvozanatni taʼminlash muammosi yuzaga keladi.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish