Buxgalteriya lit


Buxgalteriya balansi aktiv va passiv tomonlarida ko‘rsatilgan bo‘limlar



Download 300,72 Kb.
bet51/60
Sana31.12.2021
Hajmi300,72 Kb.
#267847
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60
Bog'liq
Realizatsiya jarayoni

Buxgalteriya balansi aktiv va passiv tomonlarida ko‘rsatilgan bo‘limlar:

  1. Uzoq muddatli aktivlar.

  2. Oborot aktivlari.

Balans summasi

  1. Uzoq mablag‘larning manbalari.

  2. Majburiyatlar.

Balans summasi. Buxgalteriya balansi aktiv va passiv tomonlarining har bir bo‘limi turlicha mablag‘ va manbalarni o‘z ichiga oladi va pul o‘lchov birligida ko‘rsatiladi.

Misol uchun: buxgalteriya balansi aktiv tomonining birinchi bo‘limidagi moddalarni ko‘rib chiqaylik. Birinchi bo‘limda asosiy vositalar (boshlang‘ich qiymatda), asosiy vositalarning eskirishi va ularning qoldiq qiymati, nomoddiy aktiv, kapital qo‘yilmalar, sho‘ba korxonalariga berilgan qarzlar, uzoq muddatli investitsiyalar va boshqa aktivlar o‘z ifodasini topgan.

Buxgalteriya balansini tuzish uchun asosiy ma’lumotlar bevosita schotlardan olinadi. Hisobot davrining oxirida har bir schotning oxirgi, ya’ni hisobot davri bo‘yicha qoldig‘i aniqlanadi va shu qoldiq buxgalteriya balansining tegishli moddalarida o‘z ifodasini topadi.

Fikrimizning dalili sifatida quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz va balans moddalarida aks ettirishni isbotlaymiz.



  1. Hisobot davrining boshiga „Asosiy vositalar“ schotining qoldig‘i 1.01.20...yil holatiga — 150000 so‘m.

  2. Asosiy vositalarning eskirishi schotning 1.01.20... yilqoldig‘i 40000 — so‘m.

  3. Yanvar oyida 30000 so‘mlik asosiy vosita dalolatnomaga asosan qabul qilindi.

  4. Qabul qilingan asosiy vositalarga oylik eskirishsummasi hisoblandi — 1500 so‘m.

Misolimizdan kelib chiqqan holda 1- chorak buxgalteriya balansida asosiy vositalar moddasi bo‘yicha aks ettiriladigan summani aniqlab, ya’ni buxgalteriya schotlarida tegishli yozuvlarni yozib chiqamiz.

Buning uchun hisobot davrida qabul qilingan asosiy vositalar deb, „Asosiy vositalar“ schoti — 30000 so‘m kredit, eskirish summasiga debet, „Boshqa savdo xarajatlari“ kredit, „Asosiy vositalarning eskirishi“ schoti deb yozuv beriladi.

Buxgalteriya hisobi schotlari chizmasi quyidagicha ko‘rsatiladi:

Dt 0100 Kt Dt 0200 Kt Dt 9419 Kt






B.k. 15000




30000









B.k. 40000

1500






B.k.




1500



Misolimizdan kelib chiqqan holda 1- chorak balansida asosiy vositalarni ushbu tarzda aks ettiramiz.

Buning uchun hisobot davrida qabul qilingan asosiy vositalar summasiga debet „ Asosiy vositalar“ schoti, kredit „ Kapital mablag‘lar“ schoti, deb— 30000 so‘m, eskirish summasiga debet „ Davr xarajatlari“, kredit „ Asosiy vositalarning eskirishi“ schoti — 1500 so‘m deb yozuv beriladi.

Yuqoridagi misolimizga berilgan buxgalteriya yozuvlari 1-chorakka bo‘lgan balansi o‘zgarishini ta’minlaydi.







1.01.99

1.04.99

Asosiy vositalar: boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati (01.03)

eskirishi (02)

qoldiq qiymati (010—011)


010

011


012

150000 40000

110000


180000

41500


138500

Demak, balansning aktiv va passiv tomonlaridagi har bir bo‘limining moddalaridagi ko‘rsatkichlar buxgalteriya schotlaridan olinadi.

Buxgalteriya hisobi schotlarida o‘z ifodasini topgan ma’lumotlar (summasi) hisobot davrining oxiriga har bir schot bo‘yicha alohida-alohida hisoblanib, uning hisobot davridagi oylik oboroti, oy oxirida qoldig‘i aniqlanadi, ya’ni har bir schot bo‘yicha yuritiladigan jurnal-orderdagi yozuvlar tartibi olinib, oxirgi qoldig‘i ko‘rsatiladi. Hisobot davri uchun buxgalteriya balansini tuzish tegishli tayyorgarlik ishlaridan boshlanadi. Bunday tayyorgarlik ishlariga sintetik va analitik schotlardagi yozuvlarni bir-biri bilan taqqoslash, to‘g‘riligini tekshirish, oylik almashishlarni har bir schot bo‘yicha hisoblab, hisobot davri oxirida qoldiqlarni aniqlash, hisobot davridagi aylanish va qoldiqlarni bosh daftarda aks ettirishlar kiradi.

Bosh daftar har bir buxgalteriya schoti bo‘yicha yuritiladi, unda har bir schotning oylik aylanish qoldig‘i o‘zaro aloqador schotlarning debet aylanishi bo‘yicha ko‘rsatiladi, kredit aylanishi umumiy summada tegishli jurnal-orderdan olinadi.

Korxonaning xo‘jalik faoliyatini o‘zida aks ettirgan buxgalteriya hisobi schotlari bosh daftari bo‘yicha ham har bir schotning hisobot davridagi aylanishi ko‘rsatiladi va hisobot davri bo‘yicha jami bosh daftardagi aylanish, qoldiq aniqlanib, balans tuzish uchun to‘liq ma’lumot yig‘iladi. Bosh daftar oxirida jami aylanish, qoldiq har oylik ko‘rsatkichlari bilan yozib boriladi. Bosh daftardagi yozuvlar bevosita xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq muammolarni, ya’ni ikki yoqlama buxgalteriya yozuvlari bilan asoslangan muammolarni o‘zida ifoda etadi.

Buxgalteriya balansida ko‘rsatilgan ma’lumotlar hisobida yozilgan tushuntirish xatlarida chuqur va har tomonlama tahlil qilinib, korxona xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar, mablag‘lar holatiga baho beriladi.


Download 300,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish