127
Debet 90327 – “Bankning qimmatli qog„ozlari blankalari”;
96314 – “Bankning qimmatli qog„ozlari bo„yicha kontr-hisobvaraq”.
Debet 90329 – “Bankning hujjatsiz qimmatli qog„ozlari”;
Kredit 96314 – “Bankning qimmatli qog„ozlari bo„yicha kontr-hisobvaraq”.
Shunday qilib, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qo-
g„ozlar hisobini olib borish uchun hisobvaraqlar rejasining «Majburiyat-
lar» bo„limida 23600 «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog„oz-
lar» asosiy balans hisobvarag„i ochilgan bo„lib, uning o„zi bir nechta
hisobvaraqlarga bo„linadi:
23602 – Chiqarilgan obligatsiyalar
23604 – Chiqarilgan jamg„arma
sertifikatlari
23606 – Chiqarilgan depozit sertifikatlari
23608 – Chiqarilgan veksellar
23610 – Chiqarilgan boshqa qimmatli qog„ozlar.
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida
bank tomonidan chiqarilgan
qimmatli qog„ozlarning nominal qiymati aks ettiriladi. Hisobvaraqlar-
ning debetidan
so„ndirilganda yoki so„ndirish muddatidan oldin qimmatli
qog„oz egalaridan qayta sotib olingan bank tomonidan chiqarilgan
qimmatli qog„ozlarning nominal qiymati hisobdan chiqariladi.
Qimmatli qog„ozlar nominal qiymati bo„yicha joylashtirilganda
quyidagi buxgalteriya o„tkazmalari amalga oshiriladi:
Debet 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning va-
killik hisobvarag„i yoki mijoz hisobvarag„i
Kredit 23600 – “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog„ozlar”.
Qimmatli qog„ozlar blankalari balansdan tashqari hisobvaraqlardan
hisobdan chiqariladi:
Debet 96314 – “Bankning qimmatli qog„ozlari bo„yicha kontr-hisobvaraq”
Kredit 90327 – “Bankning qimmatli qog„ozlari blankalari”.
Debet 96314 – “Bankning qimmatli qog„ozlari bo„yicha kontr-hisobvaraq”
Kredit 90329 – “Bankning hujjatsiz qimmatli qog„ozlari”.
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog„ozlarni nominal qiy-
matidan ortiq summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 23696
«Chiqarilgan qimmatli qog„ozlar bo„yicha mukofot»
hisobvarag„ida hi-
sobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog„ozlarni nominal
qiymatidan ortiq bahoga sotganda yuzaga kelgan mukofot summasi aks
ettiriladi. Hisobvaraqning debetida
qimmatli qog„ozlar so„ndirilganda
128
yoki qimmatli qog„ozlar qayta sotish maqsadida sotib olinganda
hisobdan chiqariladigan mukofot summasi aks ettiriladi.
Debet 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning va-
killik hisobvarag„i yoki mijoz hisobvarag„i – qimmatli qo-
g„ozni
sotish qiymatiga
Kredit 23600 – “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog„ozlar”
–
qimmatli qog„ozning nominal qiymatiga
Kredit 23696 – “Chiqarilgan qimmatli qog„ozlar bo„yicha mukofot
(premiya)”
– qimmatli qog„ozni sotish qiymati va nominal
qiymati o„rtasidagi farq summasiga.
Banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog„ozlarni nominal qiy-
matidan past summaga sotish natijasida yuzaga keladigan farq 23698
«Chiqarilgan qimmatli qog„ozlar bo„yicha diskont» (kontr-passiv) hisob-
varag„ida hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog„ozlarni nominal qiymati-
dan past bahoga sotganda yuzaga kelgan diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog„ozlar so„ndirilganda yoki
qimmatli qog„ozlar qayta sotish maqsadida sotib olinganda hisobdan
chiqariladigan diskont summasi aks ettiriladi. Yuqorida keltirilgan hi-
sobvaraqlar bo„yicha analitik hisob qimmatli qog„ozlarning turi, mud-
dati va chiqarilish navbati bo„yicha ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda
olib boriladi.
Shunday qilib, qimmatli qog„oz nominal qiymatidan past bahoda
sotilsa, nominal qiymati va sotish bahosi o„rtasidagi farq (diskont) 23698 –
“Chiqarilgan qimmatli qog„ozlar bo„yicha diskont (kontr-passiv)”
hisobvarag„ining debetiga sotish sanasida quyidagi buxgalteriya
o„tkazmasi orqali o„tkaziladi:
Debet 10101 – “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning va-
killik hisobvarag„i yoki mijoz hisobvarag„i – qimmatli qo-
g„ozni sotish qiymatiga
Debet 23698 – “Chiqarilgan qimmatli qog„ozlar bo„yicha diskont (kontr-
passiv)”
– qimmatli qog„ozni nominal qiymati va sotish qiy-
mati o„rtasidagi
farq summasiga
Kredit 23600 – “Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog„ozlar”
– qim-
matli qog„ozni nominal qiymatiga.
Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog„ozlar bo„yicha foizli
xarajatlar quyidagi 54202-54210 hisobvaraqlarda olib boriladi. Hisob-
varaqning debetida to„langan foizlar, diskont, bank chiqargan qimmatli
129
qog„ozlar bo„yicha to„lanishi kerak bo„lgan hisoblangan foizli xarajat-
lar, kreditidan noto„g„ri hisoblangan foizlar, mukofot, shuningdek, yil
yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206-hisobvarag„iga olib
boriladigan summa aks ettiriladi.
Agar bank qimmatli qog„ozni nominal qiymatidan past bahoda
sotib olsa, nominal qiymat va sotib olish bahosi o„rtasida ijobiy farq
45994 – “Boshqa foizsiz daromadlar” hisobvarag„ining “Chiqarilgan
qarz majburiyatlari bilan bog„liq operatsiyalardan olingan daromadlar”
alohida shaxsiy hisobvarag„ining kreditida aks ettiriladi. Agar bank
tomonidan qimmatli qog„oz balans qiymatidan yuqori bahoda sotib
olinsa, balans qiymati va sotib olish bahosi o„rtasidagi salbiy farq 55995 –
“Boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvarag„ining “Chiqarilgan qarz majbu-
riyatlari bilan bog„liq operatsiyalar bo„yicha qilingan xarajatlar” alohida
shaxsiy hisobvarag„ining debetida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: