3.3. Ichki bank nazorati va uning turlari
Bankda o„tkaziladigan har bir operatsiya albatta bank tomonidan
tekshirib borilishi kerak, ya‟ni bank operatsiyalari bajarilayotganda ular
qonuniy rasmiylashtirilishi hamda mablag„lar va boyliklar but saqlanishi
tegishlicha nazorat qilinishi ta‟minlanmog„i lozim. Bu ichki bank nazoratidir.
Ichki bank nazorati 3 xil yo„l bilan amalga oshiriladi:
1. Dastlabki nazorat.
2. Joriy nazorat.
3. Yakuniy nazorat.
Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki nazoratdan o„tkazish
Dastlabki nazorat agar bank tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-
ofisga bo„lingan bo„lsa, Front-ofis xodimlari, buxgalteriya apparati bir
butun yaxlit bo„lgan hollarda mas‟ul ijrochi buxgalter tomonidan
operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning bankning ichki siyosatiga
hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta‟minlash maqsadida
amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xorijiy valutada xalqaro shartnoma-
lar asosida amalga oshirilsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi lozim.
Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda ularning
O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me‟yoriy-huquqiy hujjat-
larida belgilangan shakldagi blankda yozilib to„g„ri rasmiylashtiril-
ganligi, barcha rekvizitlar to„liq va to„g„ri to„ldirilganligi, ushbu pul
hisob-kitob hujjatlarida bo„yash, chizish va tuzatishga yo„l qo„yilmagan-
ligi, shu jumladan, hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va
muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi.
Agar mijoz taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan
talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to„lov hujjatlari mijoz-
56
ga ijroga qabul qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi
va ularning hisobvaraqlari raqami o„zgartirilgan to„lov hujjatlari, hatto
mijozlar tomonidan o„zaro kelishilgan tartibda tuzatish kiritilgan bo„lsa
ham ijro uchun qabul qilinmaydi.
To„lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tusha-
digan reyestri bor bo„lgan holatda inkassoga qabul qilinadi.
Agarda bank hisobvarag„i shartnomasida boshqacha tartib ko„zda
tutilmagan bo„lsa, to„lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning ta-
lab qilib olguncha depozit hisobvarag„ida to„lov uchun yetarli mablag„-
lar mavjud bo„lgandagina qabul qilinadi. Budjetga va budjetdan tashqari
jamg„armalarga to„lovlar bo„yicha taqdim qilingan to„lov topshiriq-
nomalari mijozning hisobvarag„ida to„lov uchun yetarli mablag„lar mav-
jud bo„lmaganda 2-son kartotekaga kirim qilinadi.
To„lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo„yish uchun foydalanila-
digan e‟lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil
bo„lishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi ish
kunida “kechki” muhri bilan hamda budjet va budjetdan tashqari jam-
g„armalarga to„lovlar uchun qabul qilingan to„lov topshiriqnomalari
bundan mustasno).
Mas‟ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi to„lov hujjati nus-
xalarini imzolashdan oldin, ularni solishtirib, o„zaro bir xilligiga ishonch
hosil qilishi lozim. Shundan so„ng, ijro etish sanasi ko„rsatilgan holda
mas‟ul xodim imzosi bilan tasdiqlangan va unga biriktirilgan bank
shtampi qo„yilgan hujjatning oxirgi nusxasi mijozga qaytariladi. Ushbu
nusxa hujjatlar ijro uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi tilxat vazifasini
bajaradi.
Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to„ldirilgan kundan
boshlab, (to„ldirilgan kunni hisobga olmagan va hujjatda ko„rsatilgan
sana to„g„rilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan
qabul qilinadi. Mas‟ul xodim qabul qilingan naqd pul chekining sanasi,
chekni topshirgan xo„jalik subyektining nomi va hisobvaraq raqamini,
olinadigan mablag„ning raqam va so„z bilan yozilgan summasini
tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o„zidagi imzo namunalari
bilan solishtiradi. Shuningdek, naqd pul cheklarini belgilangan tartibda
rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi.
Front-ofis xodimi yoki mas‟ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul
qilingan barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan
ma‟lumotlarni dasturga kiritadi va to„lov hujjatlarini imzolab, elektron
57
to„lov tizimi orqali ularni joriy nazoratdan o„tkazish uchun Bek-ofis
yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |