Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


 Ichki bank nazorati va uning turlari



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

 
3.3. Ichki bank nazorati va uning turlari 
 
Bankda  o„tkaziladigan  har  bir  operatsiya  albatta  bank  tomonidan 
tekshirib borilishi kerak, ya‟ni bank operatsiyalari bajarilayotganda ular 
qonuniy rasmiylashtirilishi hamda mablag„lar va boyliklar but saqlanishi 
tegishlicha nazorat qilinishi ta‟minlanmog„i lozim. Bu ichki bank nazoratidir. 
 
 Ichki bank nazorati 3 xil yo„l bilan amalga oshiriladi: 
1. Dastlabki nazorat. 
2. Joriy nazorat. 
3. Yakuniy nazorat.  
  
Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki nazoratdan o„tkazish 
 
 Dastlabki nazorat agar bank tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-
ofisga  bo„lingan  bo„lsa,  Front-ofis  xodimlari,  buxgalteriya  apparati  bir 
butun  yaxlit  bo„lgan  hollarda  mas‟ul  ijrochi  buxgalter  tomonidan 
operatsiyalarni  bajarmasdan  oldin  ularning  bankning  ichki  siyosatiga 
hamda  amaldagi  qonunchilikka  mos  ekanligini  ta‟minlash  maqsadida 
amalga  oshiriladi.  Agar  operatsiyalar  xorijiy  valutada  xalqaro  shartnoma-
lar asosida amalga oshirilsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi lozim. 
Mijozlardan  pul  hisob-kitob  hujjatlarini  qabul  qilishda  ularning 
O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me‟yoriy-huquqiy hujjat-
larida  belgilangan  shakldagi  blankda  yozilib  to„g„ri  rasmiylashtiril-
ganligi,  barcha  rekvizitlar  to„liq  va  to„g„ri  to„ldirilganligi,  ushbu  pul 
hisob-kitob hujjatlarida bo„yash, chizish va tuzatishga yo„l qo„yilmagan-
ligi,  shu  jumladan,  hisobvaraqni  tasarruf  etuvchilarning  imzolari  va 
muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi.  
Agar  mijoz taqdim  qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan 
talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to„lov hujjatlari mijoz-


 
56 
ga ijroga qabul qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi 
va  ularning  hisobvaraqlari  raqami  o„zgartirilgan  to„lov  hujjatlari,  hatto 
mijozlar  tomonidan  o„zaro  kelishilgan  tartibda  tuzatish  kiritilgan  bo„lsa 
ham ijro uchun qabul qilinmaydi.  
To„lov  talabnomalari  sanasi  bank  qabul  qilgan  sanaga  mos  tusha-
digan reyestri bor bo„lgan holatda inkassoga qabul qilinadi. 
Agarda  bank  hisobvarag„i  shartnomasida  boshqacha  tartib  ko„zda 
tutilmagan bo„lsa, to„lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning ta-
lab qilib olguncha depozit hisobvarag„ida to„lov uchun yetarli  mablag„-
lar mavjud bo„lgandagina qabul qilinadi. Budjetga va budjetdan tashqari 
jamg„armalarga  to„lovlar  bo„yicha  taqdim  qilingan  to„lov  topshiriq-
nomalari mijozning hisobvarag„ida to„lov uchun yetarli mablag„lar mav-
jud bo„lmaganda 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 
To„lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo„yish uchun foydalanila-
digan  e‟lonlarning  sanasi  uni  bankka  taqdim  etilgan  sana  bilan  bir  xil 
bo„lishi  kerak,  aks  holda  ular  ijro  uchun  qabul  qilinmaydi  (oldingi  ish 
kunida  “kechki”  muhri  bilan  hamda  budjet  va  budjetdan  tashqari  jam-
g„armalarga  to„lovlar  uchun  qabul  qilingan  to„lov  topshiriqnomalari 
bundan mustasno).  
Mas‟ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi to„lov hujjati nus-
xalarini imzolashdan oldin, ularni solishtirib, o„zaro bir xilligiga ishonch 
hosil  qilishi  lozim.  Shundan  so„ng,  ijro  etish  sanasi  ko„rsatilgan  holda 
mas‟ul  xodim  imzosi  bilan  tasdiqlangan  va  unga  biriktirilgan  bank 
shtampi  qo„yilgan  hujjatning  oxirgi nusxasi  mijozga  qaytariladi.  Ushbu 
nusxa hujjatlar ijro uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi tilxat vazifasini 
bajaradi. 
Naqd  pulni  berishda  ishlatiladigan  cheklar  to„ldirilgan  kundan 
boshlab,  (to„ldirilgan  kunni  hisobga  olmagan  va  hujjatda  ko„rsatilgan 
sana to„g„rilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan 
qabul qilinadi. Mas‟ul xodim qabul qilingan naqd pul chekining sanasi, 
chekni  topshirgan  xo„jalik  subyektining  nomi  va  hisobvaraq  raqamini, 
olinadigan  mablag„ning  raqam  va  so„z  bilan  yozilgan  summasini 
tekshiradi,  chekdagi  imzolar  va  muhr  izini  o„zidagi  imzo  namunalari 
bilan  solishtiradi.  Shuningdek,  naqd  pul  cheklarini  belgilangan  tartibda 
rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi.  
Front-ofis xodimi yoki mas‟ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul 
qilingan  barcha  pul  hisob-kitob  hujjatlarining  asl  nusxalariga  asosan 
ma‟lumotlarni  dasturga  kiritadi  va  to„lov  hujjatlarini  imzolab,  elektron 


 
57 
to„lov  tizimi  orqali  ularni  joriy  nazoratdan  o„tkazish  uchun  Bek-ofis 
yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.  
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish