Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

II. Malakaviy talablar 
 
6.  Bankning  bosh  buxgalteri  lavozimiga  oliy  maxsus  ma‟lumoti  va  shu 
mutaxassislik  bo„yicha  ish  stajiga  ega  bo„lgan,  shuningdek  buxgalteriya  hisobini 
xalqaro  standartlari  bo„yicha  o„quv  kursini  muvaffaqiyatli  yakunlanganligini  tasdiq-
lovchi Markaziy bankning maxsus sertifikatiga ega bo„lgan shaxslar tayinlanadi. 
7.  Banklarda bosh buxgalter lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod shaxs-
larga nisbatan malaka talablari “O„zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomoni-
dan  tijorat  banklari  va  ularning  filiallari  rahbarlari,  bosh  buxgalterlari,  boshqaruv 
a‟zolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari 
lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablarini qo„yish 
tartibi to„g„risida”gi nizom (ro„yxat raqami 1641, 2006-yil 14-noyabr, O„zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to„plami, 2006 yil, 46-47-son, 467-modda) ga muvo-
fiq belgilanadi. 
8.  Bosh buxgalter o„z ish jarayonida O„zbekiston Respublikasining Konsti-
tusiyasi, qonunlariga, O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorla-
riga, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga,  O„zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlariga  va  boshqa  me‟yoriy-huquqiy 
hujjatlarga, Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga va buxgalteriya hisobi-
ni  yuritish,  moliyaviy  hisobotlarni  tuzish  bo„yicha  boshqa  me‟yoriy-huquqiy  huj-
jatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga asoslanib ish yuritadi. 
9.  Bosh buxgalter quyidagilarni bilishi shart: 
a) buxgalteriya hisobi qonunchiligini; 
b)  fuqarolik  huquqi,  bank,  moliya,  soliq  va  xo„jalik  qonunchiligining  bux-
galteriya hisobini yuritishga tegishli qismini
v) bank tuzilishi, strategiyasi va uning rivojlanish istiqbollarini; 
g) bankning moliyaviy-xo„jalik faoliyatiga, buxgalteriya hisobini tashkil etishga 
va moliyaviy hisobotlarni tuzishga tegishli me‟yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlarni;  
d) soliq, statistika, boshqaruv va moliyaviy hisoblarni
e)  operatsiyalarni  rasmiylashtirish  va  hisob  uchastkalarida  hujjatlar  aylani-
shini  tashkillashtirish  tartibi,  pul  mablag„lari  va  ularning  ekvivalentlari,  shuning-
dek, boshqa tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash va sarflash 
(chi-qim qilish) tartibini;  
j) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa tovar-moddiy zaxiralarni ki-
rim qilish va hisobdan chiqarish tartibini, shuningdek, debitor va kreditor qarzdor-
likni hisobdan chiqarish, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblash, 
mulkni baholash va qayta baholash tartibini;  
z) debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish qoidalarini; 
i) yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish shartlarini;  
k)  mulk  va  majburiyatlarni  inventarizatsiyadan  o„tkazish  tartibi,  auditorlik 
tekshiruvini o„tkazish tartibini; 
l) buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlarini tuzish tartibi va muddatlarini;  
m) bank moliya-xo„jalik faoliyatining iqtisodiy tahlilini, bank ichki zaxirala-
rini aniqlashni; 


 
243 
n) tekshiruvlarni o„tkazish va hujjatli taftish qilish tartibini;  
o) buxgalteriya hisobi bo„yicha kompyuter dasturlari, buxgalteriya hisobi va 
moliyani boshqarish sohasida zamonaviy ma‟lumotlar va axborot tizimini
p) buxgalteriya hujjatlarini saqlash va axborotlarni himoya qilish tartibini;  
r) mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish tartibi va me‟yorlarini;  
t) ishlab chiqarish texnologiyasining o„ziga xos xususiyatlarini;  
u) buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ilg„or milliy va xorij tajribalarini. 
10.  Bosh  buxgalter  zimmasiga  pul  mablag„lari  va  moddiy  qimmatliklar 
uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog„liq vazifalar, shuningdek bank rah-
bari vaqtincha ishda bo„lmagan vaqtda uning vazifalarini bajarib turish yuklatilishi 
mumkin emas. Bosh buxgalterga bevosita cheklar va boshqa hujjatlar asosida bank 
uchun mablag„ va tovar-moddiy qimmatliklarni qabul qilish taqiqlanadi. 
11.  Bosh  buxgalter  vaqtincha  ishda  bo„lmagan  vaqtda  (xizmat  safari,  ta‟til, 
kasallik va shu kabilar) bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning o„rinbo-
sariga, o„rinbosar ham ishda bo„lmagan taqdirda, bank rahbarining alohida buyru-
g„i asosida boshqa mansabdor shaxsga yuklatiladi.  
12.  O„zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va O„zbekiston Respubli-
kasining “Banklar va bank faoliyati to„g„risida”gi Qonunining 20-moddasiga mu-
vofiq, bank xizmatchisi bank Boshqaruvining roziligiga ko„ra boshqa joyda o„rin-
doshlik asosida ishlashi mumkin. 
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish