Plastik kartochkaning ko„rinishi
1-rasm. Viza kartasining umumiy ko„rinishi.
“2009-yilda banklar tomonidan qo„shimcha 1 mln.
544 ming dona
plastik kartochkalar muomalaga chiqarilib, ularning umumiy soni 2010-
yilning 1-yanvar holatiga ko„ra 6 mln. 59 ming donaga yetkazildi. Shu
bilan birga, savdo va xizmat ko„rsatish obyektlarida o„rnatilgan termi-
nallar soni 2009-yil davomida 33 ming 127 taga ertib, yil oxiriga kelib
60 ming 631 donani tashkil etdi.”
5
Plastik kartochkalardan foydalanilgan holda hisob-kitoblarni
o„tkazish O„zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning 2002-yil 12-
yanvardagi 11/22-sonli «O„zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-
kitoblar to„g„risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Bankning korporativ kartochkalaridan foydalanish tartibi «Yuri-
dik shaxslar tomonidan milliy valutadagi korporativ bank kartalaridan
foydalanish tartibi to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining 2005-yil 12-martdagi 602-sonli Nizomida asoslab berilgan.
Korporativ bank kartalarining emissiyasi «Tijorat banklari tomonidan
bank kartochkalarini chiqarish va ularni O„zbekiston Respublikasida
muomalada bo„lish tartibi to„g„risida» O„zbekiston Respublikasi Marka-
ziy bankining 2004-yil 21-fevraldagi 565-sonli Nizomiga muvofiq olib
5
Pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatining 2010 dagi asosiy yo„nalishlari.//
Bozor, pul va kredit. 2010, №1.
119
boriladi. Shu bilan birga, plastik kartochkalar bilan ishlovchi bank
tomonidan ishlab chiqilgan alohida me‟yoriy hujjatlar, ya‟ni tartib va
qoidalar ham mavjud bo„lib, banklar plastik kartochkalar bilan ope-
ratsiyalarni bajarganlarida ushbu hujjatlarga amal qiladilar.
Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan to„lov vositasi
bo„lib, kartochka egasining tegishli bankdagi hisob raqamida mablag„
borligiga guvohlik beruvchi va naqd pul to„lanmasdan tovarlar, ish va
xizmatlarni sotib olish huquqini o„zida aks ettiradi. Plastik kartochkalar
jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bir
tomondan va mahsulotni realizatsiya qiluvchi, ishni bajaruvchi yoki xiz-
matlarni ko„rsatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar
ikkinchi tomondan turib o„zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuning-
dek, naqd pul beradigan shoxobchalardan va bankomatlardan naqd pul
mablag„larini olishda qo„llaniladi.
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarni muomalaga chiqa-
rish va ularga xizmat ko„rsatishlari mumkin, bunda ular xalqaro to„lov
tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq operatsiyalarni o„tka-
zish qoidalariga va “O„zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-
kitoblar to„g„risida”gi Nizomga amal qilishlari kerak bo„ladi.
Plastik kartochkalarga xizmat ko„rsatish bo„yicha tuzilgan shart-
noma quyidagilardan iborat bo„lishi kerak:
a) tomonlarining nomi;
b) shartnoma predmeti;
v) tomonlarning huquqlari va majburiyatlari;
g) tomonlarning javobgarligi;
d) hisob-kitoblarning o„tkazish shartlari;
e) shartnomani amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
j) nizolarni yechish tartibi;
z) tomonlarning yuridik manzili.
Tegishliligiga ko„ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korpo-
rativ turlariga bo„linadi:
Shaxsiy kartochka – bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka;
Oilaviy kartochka – bu foydalanuvchiga shaxsiy kartochka ush-
lovchining ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka;
Korporativ kartochka – bu yuridik shaxslar va yuridik shaxsni
tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko„rsatishga
berilgan plastik kartochka. Korporativ kartochkalardan ish haqi va
120
boshqa ijtimoiy tusdagi to„lovlarni to„lash, shuningdek, naqd pul mab-
lag„larini to„lashda foydalanish ma‟n qilinadi.
Harakatlanish rejimiga ko„ra plastik kartochkalar quyidagi turlarga
bo„linadi:
Debet – ulardan foydalanish uni ushlovchiga emitent va mijoz
o„rtasidagi shartnoma shartlariga binoan uning kartochka schyotida
mavjud bo„lgan pul vositalaridan tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga haq
to„lashda foydalanish va yoki naqd pul vositalarini (korporativ
kartochkalardan tashqari) olish imkoniyatini beradigan kartochka;
Kredit – undan foydalanish uni ushlovchi emitent bilan tuzilgan
shartnomaga asosan, tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to„lash va yoki
naqd pul vositalarini olish uchun (korporativ kartochkalardan tashqari)
emitent tomonidan berilgan kredit liniyasi hajmida operatsiyalarni
amalga oshirish imkonini beradigan kartochka;
Elektron hamyon – jismoniy shaxsning kartochkasi bo„lib, undan
foydalanish uni ushlovchi tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to„lash va
yoki plastik kartochkadagi qoldiq mablag„lari chegarasida naqd pul
mablag„larini olishni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Bitta kartochkada bir necha «elektron hamyonlar» joylashishi
mumkin.
Personalizatsiya qilingan plastik kartochkaga quyidagi rekvizitlar
yozilishi kerak:
Identifikatsiyalovchi ma‟lumotlar (kartochkaning tartib raqami,
seriyasi va boshqalar);
Bank-emitentning (plastik kartochkalari muomalaga chiqaruvchi
bankning) xos raqami;
Schyotning tartib raqami va kartochka ushlovchining familiyasi,
ismi, sharifi (tashkilotning nomi);
Kartochkaning amal qilish muddati.
Qaytadan personallashtirish uchun qaytarilgan plastik kartochka-
larning hisobi 93609-sonli «Saqlanadigan boyliklar» nomi ko„zda tutil-
magan holatlar schyotining alohida shaxsiy schyotida yuritiladi.
Plastik kartochkalardan foydalanilgan holda o„tkaziladigan ope-
ratsiyalar qog„ozda ifoda etiluvchi (slip, elektron daftaridan hujjat), shu-
ningdek, hisob-kitob ishtirokchilari o„rtasida tuzilgan shartnomada ko„z-
da tutilgan boshqa hujjatlarni (bankomat kvitansiyalari va boshqalar) tu-
zishni ko„zda tutadi.
121
Hujjatlar hisob-kitobda ishtirok etuvchi tomonlarga yetarli bo„lgan
nusxalarda tuziladi.
Kvitansiyalar o„tkazilgan operatsiyalarni qo„lda tiklash uchun
yetarli bo„lgan barcha ma‟lumotlarni o„z ichiga olishi kerak.
Elektron hujjatlar bank-ekvayerga, ya‟ni savdo yoki servis xizmati
ko„rsatuvchi bankka, bank-emitentga yoki shartnomada qayd etilgan
kliring markaziga jo„natiladi.
Bitta bankning bo„linmalari o„rtasida plastik kartochkalar bo„yicha
hisob-kitoblar texnologiyasi, ishlatiladigan plastik kartochkalarning turi
va o„z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Bosh bank tomonidan mus-
taqil ravishda belgilanadi.
Plastik kartochkalar bo„yicha banklar o„rtasidagi hisob-kitoblar
quyidagi variantlarni ko„zda tutadi:
a) hisob-kitoblar amaldagi elektron to„lovlar tizimi orqali umumiy
asosda o„tkaziladi;
b) kun davomida o„zaro majburiyatlarni yakuniy majburiy hisob-
kitobi va yakuniy hisob-kitoblar summasini tijorat banklarining korres-
pondent schyotlari hisobiga o„tkazish yordamida hisob-kitoblar ishtirok-
chilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markaziy orqali hisob-
kitoblarni o„tkazish.
Elektron to„lov tizimi orqali plastik kartochkalardan foydalangan
holda o„tkazilgan operatsiyalar bo„yicha umumiy hisob-kitoblar quyida-
gi tartibda amalga oshiriladi:
1) bank-emitent tomonidan o„tkazilgan avtorizatsiya hisob-kitob-
larda:
* plastik kartochkalarni ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko„rsatil-
gan savdo yoki servis xizmati korxonalaridan olingan elektron hujjatlar
asosida bank-ekvayer uning schyotiga mablag„larni o„tkazadi, bunda
avtomatik tarzda debetli elektron memorial order shakllanadi va elektron
to„lovlar tizimi orqali bank-emitentga jo„natiladi;
* bank-emitentda debetli elektron memorial order asosida dasturiy
tarzda kartochka schyotida mablag„lar hisobidan chiqariladi. Debetli
elektron memorial order qog„ozga chiqariladi va kunlik hujjatlar yig„i-
masiga tikiladi;
2) bank-emitent tomonidan majburiy ravishda oldindan avtori-
zatsiya qilingan hisob-kitoblarda:
texnologiyalardan foydalanish qoidalariga muvofiq plastik kar-
tochkalarni ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko„rsatilayotgan savdo yoki
122
servis xizmati korxonalaridan olingan elektron hujjatlar asosida bank-
ekvayerda avtomatik tarzda elektron xabarnoma shakllanadi va
provodkalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun ETT orqali
bank-emitentga jo„natiladi;
bank-emitent olingan elektron xabarnoma asosida tranziaksiyani
avtorizatsiya qiladi, elektron to„lovlar tizimi bo„yicha savdo va servis
xizmati korxonalarning talab olinuvchi depozit schyotiga mablag„larni
o„tkazish uchun bank-ekvayerga elektron to„lovlar tizimi bo„yicha yubo-
riladigan, mijozning kartochka schyotidan mablag„larni hisobdan chiqarish
uchun elektron memorial orderni avtomatlashgan holda shakllantiradi;
bank-emitentdan olingan elektron memorial order asosida bank-
ekvayerga savdo va servis xizmati korxonalarning talab olinuvchi depo-
zit schyotiga mablag„larni amalga oshiriladi. Memorial order qog„ozda
chiqariladi va bankning kunlik hujjatlar yig„masiga tikiladi.
Protsessing markazlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish
quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
4-sxema.
Do'stlaringiz bilan baham: |