111
Davlat sug„urtasi, ijtimoiy sug„urta idoralari, davlat budjeti foyda-
siga mablag„larni o„tkazib berish hujjatlari bank tomonidan amal qilish
muddati cheklanmagan holda qabul qilinadi.
Inkasso topshiriqnomasi bank bo„limiga undirib oluvchi tomoni-
dan 0505411013 shaklda 3 nusxada topshiriladi. Undirib oluvchi va
to„lovchi tomonlarga bitta bank bo„limida xizmat ko„rsatilsa, inkasso
topshiriqnomalarining alohida nusxalari quyidagicha ishlatiladi:
– birinchi nusxa to„lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas‟ul
ijrochisi tomonidan imzo, bankning to„rtburchak muhr izi, to„lov amalga
oshirilgan sana, qabul qilish sanasi ko„rsatilgan holda kunlik hujjatlar
yig„masiga
tikiladi;
– ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birga to„lovchining hisob-
varag„iga ilova sifatida mas‟ul ijrochi tomonidan imzo, to„lov amalga
oshirilgan sana, bankning to„rtburchak muhri izi tushirilgan va qabul
qilish sanasi ko„rsatilgan holda to„lovchiga
beriladi;
– uchinchi nusxasi bank bo„limining to„rtburchak muhr izi tushiril-
gan, mas‟ul bajaruvchi tomonidan imzo, to„lov amalga oshirilgan sana
va qabul qilish sanasi ko„rsatilgan holda to„lovni oluvchiga beriladi.
Undirib oluvchi va to„lovchiga bir shahar ichidagi turli banklar
xizmat ko„rsatganda ham inkassa topshiriqnomasi 3 nusxada rasmiylash-
tirilib, undirib oluvchi tomonidan bevosita to„lovchi korxona bankiga
topshiriladi. Inkasso topshiriqnomasining alohida nusxalari quyidagicha
ishlatiladi:
– birinchi nusxa to„lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas‟ul
ijrochisi tomonidan imzo, to„lov amalga oshirilgan sana, bankning to„rt-
burchak muhri izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko„rsatilgan holda
bankning kunlik hujjatlar yig„masiga tikiladi va belgilangan tartibda
saqlanadi;
– ikkinchi nusxasi ijro hujjatlari bilan birgalikda to„lovchining
hisobvarag„iga ilova sifatida mas‟ul ijrochi tomonidan imzo, to„lov
amalga oshirilgan sana, qabul qilish sanasi ko„rsatilgan va bankning
muhr izi tushirilgan holda to„lovchiga beriladi;
– uchinchi nusxasi bank bo„limining to„rtburchak muhr izi tushiril-
gan, mas‟ul ijrochining imzosi, to„lov amalga oshirilgan sana, qabul
qilish sanasi ko„rsatilgan holda to„lovni oluvchining o„ziga inkasso
topshiriqnomasining ijro uchun bank tomonidan qabul qilinganligini
tasdiqlovchi hujjat sifatida qaytariladi.
113
Kredit “To„lovchi korxonaga xizmat qiluvchi bankning vakillik
hisobvarag„i”.
To„lovlar elektron to„lov tizimi orqali Hisob Markaziga o„tkazila-
di. Inkasso topshiriqnomalarining boshqa nusxalari yuqorida ko„rsatib
o„tilganga muvofiq ishlatiladi.
To„lov to„lovchi va undiruvchi tomonlarga turli shahardagi turli
banklar xizmat ko„rsatsalar, undiruvchiga xizmat ko„rsatuvchi bank
inkasso topshirig„ini ijro hujjatlari bilan birgalikda pochta aloqasi orqali
to„lovchiga xizmat ko„rsatuvchi bankka jo„natadi. To„lovchining banki
kelib tushgan hujjatlarning to„lanishi mumkinligi va to„g„ri rasmiy-
lashtirilganligini tekshirib yuqorida buxgalteriya yozuvini o„tkazadi va
elektron to„lov tizimi orqali Hisob Markaziga to„lovni jo„natadi. Hisob
Markazi orqali to„lov undiruvchiga xizmat ko„rsatuvchi bankning vakil-
lik hisobvarag„iga kelib tushadi. Bir vaqtning o„zida kelib tushgan pul
mablag„lari undiruvchi tomonning hisobvarag„iga o„tkaziladi. Bu
operatsiya quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi:
Debet “Undiruvchiga xizmat qiluvchi bankning vakillik hisobvarag„i”.
Do'stlaringiz bilan baham: