Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


V bob. NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR, ULARNING



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

V bob. NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR, ULARNING  
HISOBI VA RASMIYLASHTIRILISHI 
 
5.1. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularning tashkil qilinishi 
 
Iqtisodiyot  rivojlanishi  davomida  kimdir  mahsulot  ishlab  chiqara-
di, boshqalari uni sotib oladi, yana kimdir xizmat ko„rsatadi, boshqa bir 
tomon  bu  xizmatlardan  foydalanadi.  Bu  jarayon  uzluksiz  davom  etadi. 
Natijada oldi-sotdi munosabatlari yuzaga keladi. Iqtisodiyotdagi bunday 
munosabatlar asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar yordamida hal etiladi. 
Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  deganda  korxona  va  tashkilotlarning 
tovar  ayirboshlash,  xizmat  ko„rsatish  va  tovarsiz  operatsiyalar  bo„yicha 
bir-biriga  bo„lgan  talab  va  majburiyatlarni  naqd  pul  ishlatmasdan  pul 
mablag„larini  bir  hisobvaraqdan  ikkinchi  hisobvaraqqa  o„tkazish  orqali 
amalga  oshirilishi  tushuniladi.  Naqd  pulsiz  pul  aylanishi  yalpi  ijtimoiy 
mahsulotni  ishlab chiqarish  jarayonida  sodir  bo„ladigan  munosabatlarni 
o„zida aks ettirishiga ko„ra ikki qismga bo„linadi: 
1.  Tovar operatsiyalari bo„yicha pul aylanishi. 
2.  Moliyaviy majburiyatlar bo„yicha pul aylanishi. 
Birinchi  guruhga  tovarlarni  sotish,  xizmatlar  ko„rsatish  va  kapital 
qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi. 
Ikkinchi  moliyaviy  majburiyatlar  guruhiga  esa  budjetga  to„lovlar,  ya‟ni 
foydadan  to„lanadigan  soliq,  qo„shilgan  qiymat  solig„i  va  boshqa  maj-
buriy  to„lovlar  hamda  budjetdan  tashqari  fondlar,  bank  ssudalarining 
qaytarilishi,  kredit  uchun  foizlarning  to„lanishi,  sug„urta  kompaniyalari 
bilan hisob-kitoblar kiradi.  
Naqd  pulsiz  aylanish  pulli  munosabatlar  ishtirokchilarining  joyla-
shuviga qarab bir shahar ichidagi va shaharlararo pul aylanishiga bo„li-
nadi.  Bir  shahar  ichidagi  pul  aylanishi  bir  hisob  markaziga  qarashli 
banklar o„rtasidagi hisob-kitoblar majmuyini bildiradi. Shaharlararo pul 
aylanishi  esa  turli  hisob  markazlariga  qarashli  banklar  o„rtasida  amalga 
oshiriladigan  hisob-kitoblar  yig„indisidir.  Lekin  respublikamizda  bank 
tizimining  rivojlanishi,  “elektron  to„lovlar”  tizimiga  o„tish  asosida 
hisob-kitoblarning tezligi va  sifatining oshishi natijasida hisob-kitoblar-
da  ishtirok  etuvchi  subyektlarning  joylashuviga  qarab  ikkiga  bo„lish 
maqsadga  muvofiq  bo„lmay  qoldi.  Chunki  hisob-kitoblarda  qatnashuv-
chi  subyektlar  qaysi  hududda  joylashganidan qat‟iy  nazar,  to„lovlar  bir 
necha soatda, hattoki bir necha daqiqada o„tkaziladi. 


 
85 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishda bir qator tamoyillarga 
amal qilinadi. Bu tamoyillar quyidagilardir: 
1.  Har bir xo„jalik subyekti o„z pul mablag„larini banklarda ochil-
gan  depozit  hisobvaraqlarda  saqlashlari  lozim.  Korxona  va  tashkilotlar 
o„zaro  hisob-kitoblarini  bevosita  bankdagi  hisobvaraqlar  orqali  amalga 
oshirishlari shart. Qaysi bankda hisobvaraq ochishni mijozlarning o„zlari 
mustaqil tanlaydilar.  
2.  Hisob-kitoblar  to„lovchining  roziligi  bilan  yoki  uning  topshiri-
g„iga asosan depozit hisobvaraqdagi mablag„i hisobidan amalga oshirila-
di.  Korxona  bank  kreditidan  foydalanish  huquqiga  ega  bo„lsa,  to„lovlar 
bank krediti hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.  
3.   Hisob-kitoblar belgilangan to„lovlar ketma-ketligi asosida bajariladi.  
4.  Xo„jalik  yurituvchi  subyektlar  hisob-kitob  shakllarini  mustaqil 
tanlaydilar va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo„yishlari lozim.  
5.  Tovar  yetkazib  beruvchi  korxona  hisobvarag„iga  pul  mablag„-
lari  mazkur  mablag„lar  mol  sotib  oluvchi  korxona  hisobvarag„idan 
o„chirilgandan so„ng o„tkazib beriladi.  
6.  Avval  pul  to„lanishi  yoki  tovar  jo„natilishini  (xizmat  ko„rsati-
lishi)  tomonlar  o„zaro  kelishuv  asosida  amalga  oshiradilar,  ya‟ni  avval 
pul  to„lab,  keyin  tovarni  olish  mumkin,  yoki  aksincha,  avval  tovarni 
olib, undan so„ng uning pulini to„lash mumkin. 
7.  To„lovni  kafolatlash  maqsadida  yetkazib  berilishi  lozim  bo„lgan 
tovar yoki ko„rsatilishi lozim bo„lgan xizmat qiymatining 15 foizi oldindan 
to„langandan so„nggina tovarlar jo„natiladi yoki xizmatlar ko„rsatiladi. 
8.  Mijozlar o„rtasidagi hisob-kitoblar bo„yicha nizolarga bank ara-
lashmaydi, nizolarni ularning o„zlari hal qilishlari lozim, aks holda nizo-
lar xo„jalik sudlari yordamida hal qilinadi. 
Hisob-kitoblarni  amalga  oshirishda  yuqorida  sanab  o„tilgan  tamo-
yillarga amal qilinmas ekan, bu hisob-kitob munosabatlarida qatnashuv-
chi tomonlarning moliyaviy holatiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.  
Hozirgi  kunda  O„zbekiston  Respublikasi  hududida  naqd  pulsiz 
hisob-kitoblar “O„zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni 
amalga  oshirish  to„g„risida”  2002-yil  12-yanvardagi  O„zbekiston  Res-
publikasi  Markaziy  banki  tomonidan  tasdiqlangan  Nizom  va  unga 
kiritilgan o„zgarishlar asosida olib boriladi. 
“O„zbekiston  Respublikasida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  amalga 
oshirish  to„g„risida”gi  Nizom  Fuqarolik  kodeksi,  “Markaziy  bank 
to„g„risida”gi,  “Banklar  va  bank  faoliyati  to„g„risida”gi,  “O„zbekiston 


 
86 
Respublikasi korxonalari to„g„risida”gi qonunlar  va Markaziy bankning 
O„zbekiston  hududida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblarni  tartibga  soluvchi 
boshqa me‟yoriy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Lekin hozirga qadar 
ushbu Nizomga bir necha marta qo„shimcha va o„zgarishlar kiritilgan. 
Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi sharoitida xo„jalik yurituvchi 
subyektlarning faoliyati tovar-pul munosabatlari rivojlanish sharoitlarida 
naqd  pulsiz  hisob-kitob  qoidalari  xo„jalik  organlari  tomonidan  hisob-
kitob  shakllarini  erkin  tanlash  tamoyillaridan  kelib  chiqadi  va  ular 
shartnomalarda  mustahkamlanadi.  Xo„jalik  idoralarining  shartnomaviy 
munosabatlariga bank aralashmaydi. 
Nizomga  asosan  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  qonunda  ko„zda  tutil-
gan va O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilin-
gan quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi: 
– To„lov topshiriqnomalari; 
– Inkasso; 
– Akkreditivlar; 
– Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari; 
– Plastik kartochkalar; 
– Memorial orderlar; 
Yuqorida  sanab  o„tilgan  hisob-kitob  shakllari  orqali  operatsiyalar 
quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi: 
 To„lov topshiriqnomasi; 
 To„lov talabnomasi; 
 Inkasso topshiriqnomasi; 
 Akkreditivga ariza; 
 Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari; 
 Plastik kartochkalar; 
 Memorial orderlar. 
To„lovchi va mablag„ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shart-
noma  asosida  belgilanadi.  Hisob-kitob  shakllari  deganda  huquqiy 
me‟yorlarda  ko„zda  tutilgan,  hisob-kitob  hujjatining  turi,  hujjatlar 
aylanish  tartibi,  mablag„larni  mol  sotuvchi  korxona  hisobvarag„iga 
o„tkazish  va  yozish  usuli  bilan  bir-biridan  farq  qiluvchi  hisob-kitob 
turlari  tushuniladi.  Hisob-kitoblarning  alohida  shakllarining  mazmuni, 
ular bo„yicha hujjatlar aylanishini va operatsiyalar hisobi hamda rasmiy-
lashtirilishini alohida paragraflarda ko„rib chiqamiz.  


 
87 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish