Ushbu hisobvaraq nomerini eslab ko„ring-chi?
Kredit “To„lovni undiruvchining talab qilinguncha saqlanadigan
depozit” hisobvarag„i.
Undiruvchi bankida elektron to„lov tizimi orqali qabul qilingan
elektron inkasso topshiriqnomasi qog„ozga chiqariladi. Inkasso topshi-
riqnomasining elektron ko„rinishi bankning axborot bazasida saqlanadi.
Elektron inkasso topshiriqnomasining qog„ozga chiqarilgan nusxasi esa
bank mas‟ul ijrochisining imzosi va bank muhri izi qo„yilgan holda
undiruvchi hisobvarag„iga ilova sifatida undiruvchiga beriladi
5.6. Cheklar bilan hisob-kitob qilish tartibi,
rasmiylashtirilishi va hisobi
O„zbekiston Respublikasi banklari xo„jalik subyektalari va aholi
o„rtasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Tovarlar va
ko„rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar o„tkazishda cheklardan
foydalanish mumkin. Aholiga banklar tomonidan chakana va kooperativ
savdo hamda xizmat ko„rsatish tashkilotlari bilan tovarlar va bajarilgan
xizmatlar bo„yicha hisob-kitob qilish uchun cheklar beriladi.
Hisob-kitob cheki bu hisobvaraq egasi (chek beruvchi) o„z hisob-
varag„idan oluvchining (chek egasi) hisobvarag„iga chekda ko„rsatilgan
summadan mablag„larni o„tkazib berish uchun bankning maxsus
114
blankasida bankka bergan topshirig„idir. Chek blankalari tipografik yo„l
bilan tijorat banklari buyurtmasiga ko„ra ularning faoliyati uchun yetarli
bo„lgan miqdorda tayyorlanadi. Bunda cheklar belgilangan namunadagi
0505411005 shaklda har bir bank uchun alohida bo„lgan bank nomi va
firma belgisidan tashqari barcha zaruriy rekvizitlarga ega bo„lishi shart.
Hisob-kitob cheklarini yozib berishda ularning boshlang„ich summasi
tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda aniqlanib, yuqori summasi
Respublika Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Chekning amal
qilish muddati esa tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Cheklar omonat qo„yuvchi jismoniy shaxsning depozit hisob-
varag„ida saqlanayotgan mablag„lar hisobiga yoki topshirilgan naqd pul
summasiga beriladi.
Hisob-kitob cheki 2 qismdan iborat:
– birinchi qismi hisob-kitob cheki;
– ikkinchi qismi koreshok.
Chekning koreshogi chekning birinchi qismida ko„rsatilgan sum-
malarini tasdiqlash uchun belgilangan nazorat raqamlarini o„z ichiga
oladi. Bank xodimi hisob-chekini berishda quyidagi rekvizitlarni to„ldi-
rib berishi lozim:
– chek berilgan sana;
– chek bo„yicha to„lanishi lozim bo„lgan summani raqamlar va
so„z bilan;
– hisob-kitob chekiga nomi yozib berilayotgan shaxsning fami-
liyasi, ismi, otasining ismi;
– uning pasport seriyasi va nomeri;
– chek beruvchining depozit hisobvarag„i nomeri;
– chek bergan bank bo„limining nomi va kodi;
– chekning amal qilish muddati.
Ko„rsatib o„tilgan barcha rekvizitlar to„ldirilgandan so„ng bank-
ning mas‟ul xodimi hisob-kitob cheki va koreshokga imzo qo„yadi va
hisob-kitob chekining kesish chizig„ida qolgan sonlar hisob-kitob cheki
summasiga mos kelishi uchun hisob-kitob cheki nazorat sonlar xoshiyasi
bo„ycha koreshokni ajratadi hamda muhr bilan mustahkamlaydi. Shun-
dan so„ng, chek oluvchi mijoz chekni olganligi haqida koreshokka o„z
imzosini qo„yadi.
Bankning mas‟ul xodimi alohida daftarga hisob-kitob chekining
seriyasi, nomeri, nomiga chek yozib berilgan shaxsning familiyasi, ismi,
otasining ismi va chek summasini yozib qo„yishi lozim. Bunda ushbu
115
chek omonat bo„yicha hisobvaraqda saqlanayotgan mablag„lar yoki
depozit hisobvaraqdan ko„chirilgan yoxud naqd pullarda qo„yilgan mab-
lag„lar hisobiga berilganligini alohida ko„rsatib o„tishi shart.
Bank chek berganda jismoniy shaxsning arizasiga ko„ra chekning
summasiga 20206 “Jismoniy shaxslarning talab qilinguncha saqlanadi-
gan depozitlari” alohida hisobvarag„ini ochadi va to„lovlar mana shu hi-
sobvarag„dan amalga oshiriladi. Mas‟ul bank xodimi barcha rasmiylash-
tirish ishlarini bajargandan so„ng chekni koreshogi bilan birgalikda
kassirga beradi. Kassir mas‟ul ijrochidan barcha zaruriy hujjatlarni ol-
gandan so„ng avvalo, hujjatlarda bajarilgan yozuvlarning to„g„ri rasmiy-
lashtirilganligini tekshiradi va ularni imzolaydi. Agar hisob-kitob cheki
naqd pul hisobidan rasmiylashtirilgan bo„lsa, chekni oluvchidan naqd
pullar va chek uchun to„lovni qabul qiladi. Pulning to„g„riligiga ishonch
hosil qilgach, chek va omonat daftarchasining alohida belgilangan
joyiga o„z imzosini qo„yib, chekni omonat daftarchasi bilan birgalikda
hisob-kitob chekni oluvchiga topshiradi. Chekning koreshok qismi esa
operatsion kun oxiriga qadar kassirning o„zida qoladi.
Operatsion kun oxirida bank kassiri banderollardagi hisob-kitob-
cheklarining koreshoklarida belgilangan rekvizitlar bilan naqd pullarda
qabul qilingan summani va omonatlar bo„yicha hisobvaraqlardan hisob-
dan chiqarilgan summani ko„rsatadi. Shundan so„ng chek koreshogini
mas‟ul ijrochiga topshiradi.
Hisob-kitob chekini rasmiylashtirish davrida xatoga yo„l qo„yilishi
mumkin. Agarda hisob-kitob chekini to„ldirishda xatoga yo„l qo„yilsa,
unda ushbu chek varaqasi buzilgan hisoblanadi va uning o„rniga hisob-
kitob chekining yangi varaqasi to„ldiriladi. Bunday hollarda hisob-kitob
cheki quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:
– harflar bilan yozilgan “Hisob-kitob” so„zidan bir qismi qirqib olinadi;
– chek varaqasining o„rtasiga “buzilgan” degan ustxat yoziladi va
ushbu yozuv yozilgan sana ko„rsatiladi;
– chek varag„iga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzo qo„yiladi.
Tijorat banklarida qabul qilingan cheklarning hisobi qimmatbaho
blanklarning harakati hisobini yuritishga doir daftarda olib boriladi va
balansdan tashqari ko„zda tutilmagan holatlar bo„yicha 93609
“Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvarag„ida hisobga olib
boriladi. Shu kun davomida ishlatilgan chek varaqalari chiqim orderi
bo„yicha 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvarag„i-
dan hisobdan chiqariladi.
116
Chekni olgan jismoniy shaxs sotib olayotgan tovari yoki ko„rsatil-
gan xizmat uchun hisob-kitob cheki bilan hisob-kitob qilishi mumkin.
Hisob-kitob chekini qabul qilish vakolatiga ega bo„lgan savdo tashkiloti
xodimi mahsulot to„lovi uchun chekni qabul qilayotganda chek
belgilangan namunadagi blankada rasmiylashtirilganligini, nazorat
raqamlari chekda yozilgan summaga muvofiqligini, chek muddati
o„tkazib yuborilmaganini, unda bank bo„limi muhrining aniq izi va bank
xodimlarining imzosi mavjudligini tekshirib ko„radi. Shu bilan birga
chek beruvchining pasportini ham olib chekda ko„rsatilgan pasport
seriyasi va nomerlari bilan solishtirib ko„radi. Chek bo„yicha tekshiruv
bajarilgandan so„ng hisob-kitob chekining orqa tomoniga savdo xodimi
savdo tashkilotining belgisini qo„yadi. Chek mahsulot uchun to„lov
sifatida qabul qilingan bo„lib hisoblanadi.
Hisob-kitob cheki savdo tashkilotlari tomonidan naqd pulga al-
mashtirilmaydi. Lekin sotib olinayotgan mahsulot qiymati chekda
ko„rsatilgan summadan kam bo„lsa, bu holda savdo tashkiloti ushbu
chek summasining 25 foizdan oshmagan miqdordagi qiymatini qaytim
sifatida qaytib beradi.
Mahsulot uchun to„lov sifatida qabul qilingan cheklar savdo
tashkilotlari tomonidan ularda xizmat ko„rsatuvchi bank bo„limlariga pul
tushumi bilan birga inkassatorlar orqali topshiriladi, ya‟ni inkassatorlar
belgilangan vaqtda bankka kelib savdo tashkiloti xodimlari tomonidan
tayyorlab qo„yilgan inkassatorlik xalta yoki sumkalarni olib ketadilar.
Ushbu sumkalarga oldindan pul tushumi bilan birga hisob-kitob cheklari
joylashtirilgan bo„ladi.
Bank tomonidan qabul qilingan cheklar bo„yicha to„lovlar quyida-
gi tartibda amalga oshiriladi:
1.
Chek egasi va chek beruvchiga bitta bank bo„limida xizmat
ko„rsatilganda:
– Chek summasi savdo tashkilotining hisobvarag„i krediti va
“Inkassatsiya qilingan pul tushumlari va cheklar” hisobvarag„i orqali
chek beruvchining hisobvarag„ining debetidan o„tkaziladi. Chekning asl
nusxasi bank mas‟ul ijrochisining imzosi, bankning to„rtburchak muhri
izi tushirilan va qabul qilish sanasi ko„rsatilgan holda kunlik hujjatlar
yig„masiga tikiladi.
2.
Chek egasi va chek beruvchiga turli bank bo„limlari xizmat
ko„rsatsa:
117
– Chek egasining banki chekda ko„rsatilgan summani qabul qilin-
gan chekka asosan chek beruvchining hisobvarag„iga o„tkazib beradi.
Bir vaqtning o„zida tijorat banklarining elektron hisob-cheklari elektron
to„lov tizimi orqali chek beruvchining bankiga jo„natiladi. Chekning asl
nusxasi mas‟ul ijrochi tomonidan imzo qo„yilgan, to„lov amalga
oshirilgan sana, bankning to„rtburchak muhr izi tushirilgan va qabul
qilish sanasi ko„rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig„masiga tikiladi.
Chek beruvchi banki elektron to„lov tizimi orqali elektron hisob-
kitob chekini qabul qilib oladi. Bu bankda chek summasi elektron hisob-
kitob cheki asosida dasturiy yo„l bilan avtomatlashtirilgan tarzda chek be-
ruvchining hisobvarag„idan hisobdan chiqariladi. Elektron chek bank
mas‟ul ijrochisi tomonidan imzo qo„yilgan, bankning to„rtburchak muhr izi
tushirilgan hamda to„lov amalga oshirilgan sana ko„rsatilgan holda bank-
ning kunlik hujjatlar yig„masiga tikiladi va belgilangan tartibda saqlanadi.
Foydalanmagan hisob-kitob cheki qaytib bankka topshirilishi
mumkin. Foydalanmagan hisob-kitob cheklari bankka taqdim qilinganda
bankning mas‟ul ijrochisi avvalo, chekning haqiqiyligini va hujjatni
ko„rsatuvchi shaxsning pasporti bilan tekshirib ko„radi.
Shundan so„ng hisob-kitob cheki bankning bosh buxgalteriga beri-
ladi, pasport esa egasiga qaytariladi.
Bank bosh buxgalterining ruxsati asosida chekda ko„rsatilgan sum-
ma bank buxgalteriyasida chekda ko„rsatilgan hisobvaraqqa o„tkazib
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |