175
mahsulot ishlab chiqarish va yangi texnologiyalarni o„zlashtirish, shu-
ningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalar uchun mo„ljallangan
obyektlarning qurilishi, rekonstruksiyasi va texnik jihatdan qayta quri-
lishi bilan bog„liq bo„lgan maqsadlarga 1 yildan 10 yilgacha muddatga
beriladigan kreditlarga aytiladi.
Uzoq muddatli kreditlash obyektlariga quyidagilar kiradi:
–
bino-inshootlar qurilishi;
–
korxona yoki uning sexlari qurilishi;
–
ishlab chiqarish obyektlarini qurish,
kengaytirish, rekonstruksiya
qilish va jihozlash;
–
texnika, texnologiya, jihozlar, transport vositalarini sotib olish;
–
turar joy binolarini qurish yoki sotib olish;
–
yangi yerlarni o„zlashtirish va hokazo.
Kreditni rasmiylashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o„z ichiga
oladi:
1.
Kredit buyurtmasini o„rganib chiqish
2.
Bo„lajak qarzdorlarning moliyaviy holati va kreditga layoqatlili-
gini tahlil qilish va baholash.
3.
Kreditlanadigan obyektni keng qamrovli ekspertiza qilish.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida mijozning moliyaviy holati va
kreditga layoqatliligi o„rganib va baholab chiqilgandan so„ng
barcha
hujjatlar kredit komissiyasiga xulosa berish uchun taqdim etiladi.
Kredit komissiyasining kredit bo„yicha ijobiy xulosasi qabul
qilingandan keyin bank protokolni bankning bosh boshqarmasiga
yo„llaydi. Bosh boshqarma ijobiy xulosa qabul qilgandan keyingina
bank bo„limi qarz oluvchi bilan kredit shartnomasini tuzadi.
Kredit shartnomasi bank bilan qarzdor o„rtasidagi munosabat asosi
bo„lib, shartnoma tuzilgan vaqtdan to kreditning to„liq qaytarilishi va
ular bo„yicha foizlar to„lanishigacha amal qiladi.
Shuni ta‟kidlash joizki, bank bilan qarzdor o„rtasida kredit shart-
nomasi imzolanayotganda bankning yuridik xizmati bo„limi
ishtirok
etishi lozim, chunki u hujjatlarning rasmiylashtirilishi uchun mas‟uldir.
Banklarda uzoq muddatli kredit berish kredit shartnomasida ko„r-
satilgan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Kredit bo„limi
inspektori tomonidan bank hisob operatsion bo„limiga ssuda hisob-
varag„ini ochish haqida yozma farmoyish beradi. Farmoyishga asosan
hisobvaraq ochilib, ushbu hisobvaraq bo„yicha ssuda berish va qaytarish
176
operatsiyalari aks ettiriladi. Kreditni va hisoblangan foizlarni qaytarish
grafigi yillar va oylar bo„yicha tuzib chiqiladi.
Uzoq muddatli kredit berish mijozning hisob-kitob hujjatlarini to„lash
orqali amalga oshiriladi, bu operatsiya quyidagi provodka orqali bajariladi:
Debet “Uzoq muddatli ssuda hisobvarag„i”
Kredit“Mol sotuvchi yoki pudratchining hisobvarag„i”.
Agar kredit olayotgan korxona davlat korxonasi bo„lsa, u holda
provodka quyidagi ko„rinishga ega bo„ladi:
Debet 15101“Davlat korxonasiga berilgan uzoq muddatli kreditlar”
Kredit 20200 “Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari”.
Shartnoma ko„rsatilgan stavkada dasturiy yo„l bilan har kuni foiz
summasi hisoblab boriladi. Hisoblangan foizlar 16309 hisobvaraqda aks
ettiriladi.
Hisoblangan foizlar summasi, shuningdek, tegishli daromad
hisobvarag„ida ham aks ettiriladi. Foizlar hisoblanganda quyidagi bux-
galteriya provodkasi bajariladi.
Debet 16309 «Kreditlar bo„yicha hisoblangan foizlar»
Kredit 44401 «Davlat korxona va tashkilotlariga berilgan uzoq
muddatli kreditlar bo„yicha foizli daromadlar»
Foizlarni undirish kredit sharnomasida ko„rsatilgan hajmda va
belgilangan ketma-ketlikda qarzdorlarning talab
qilib olinguncha hisob
raqami bo„yicha memorial orderlarni rasmiylashtirish orqali amalga
oshiriladi. Foizlarni undirish qarzdorning ruxsatisiz amalga oshiriladi.
Bu operatsiya quyidagi provodka orqali rasmiylashtiriladi:
Debet 20210 «Davlat korxonalarining (qarzdor) talab qilib olin-
guncha hisob raqami»
Kredit 16309 «Kreditlar bo„yicha foizlar»
Kredit va ular bo„yicha foizlar korxonalarning hisob raqamiga tusha-
digan kelasi real pul oqimini hisobga olgan holda tuzilgan jadval asosida
qaytariladi. Bu operatsiya quyidagi provodka orqali rasmiylashtiriladi:
Debet 20210 «Davlat korxonalarining talab qilib olinadigan hisob
raqamlari»
Kredit 15101 «Davlat korxonalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar»
Kreditlarni qaytarish bo„yicha to„lovlar har oyda yoki har kvar-
talda amalga oshirilishi mumkin. Agar lozim bo„lsa, kredit va foizlarni
qaytarish bo„yicha jadvalga ikkala tomon
roziligi bilan aniqliklar
kiritilishi mumkin. Qarzdor hamma kreditni va ular bo„yicha foizlarni
muddatidan oldin qaytarish huquqiga ega.
177
Bunday holda qarzdor bankning kredit resurslarini jalb qilish
uchun sarflangan xarajatlarini qoplashi lozim. Agar kredit va ular
bo„yicha foizlar belgilangan muddatda qaytarilmasa, bank joriy
qonunchilik asosida da‟vogarlik xatini topshirish va xo„jalik
sudiga
da‟vo arizasini topshirish choralarni ko„radi.
Qarz qoldig„i bank tomonidan to„lov talabnomasi orqali rasmiy-
lashtiriladi va ikkinchi kartotekaga joylashtiriladi. Qarzni qaytarish kalen-
dar ketma-ketlikda amalga oshiriladi, foizlar asosiy qarzdan oldin qaytariladi.
Kredit muddati o„tgan hisoblanganda, kredit summasi muddati
o„tgan kreditlar hisobvarag„iga o„tkaziladi va quyidagi provodka bilan
rasmiylashtiriladi:
Debet 12705 “Davlat korxonalariga berilgan muddati o„tgan kreditlar”
Kredit 15101
Do'stlaringiz bilan baham: