Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Ssuda hisobvarag„ini ochish tartibi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

 
9.2. Ssuda hisobvarag„ini ochish tartibi 
 
Kredit berish va qaytarish operatsiyalari ssuda hisobvarag„larida 
aks ettiriladi. Agar xarid qilingan tovarning haqini darhol to„lash lozim 
bo„lsa, lekin buning uchun firmaning xususiy mablag„i yetmasa, bunday 
hollarda firmada bir martalik qarz mablag„lariga ehtiyoj paydo bo„ldi, 
deyishadi. Bu ehtiyojni qondirish uchun “kredit yo„li ochilmagan” ssuda 
hisobvarag„idan foydalaniladi. Bunday hisobvaraqdan kredit berish bir 
martalik ssuda berish yo„li bilan amalga oshiriladi. Bunday ssudaning 
har biri bo„yicha bank alohida qaror qabul qiladi. Bu shuni bildiradiki, 
agar kelgusida yana kredit zarur bo„lsa, korxona rahbariyati bank talab 
qilgan hujjatlarning yangi to„plamini to„liq ishlab chiqishi, xuddi 
birinchi kredit olinganidek muzokaralar olib borishi va barcha yuridik 
rasmiylashtirish ishlari bajarilishi lozim. 
Shuning uchun kredit resurslariga ehtiyoj uzoq muddatli va 
takrorlanuvchan ekanligi oldindan tahlil qilinsa, “kredit liniyasi ochib” 
kredit berish to„g„risida shartnoma tuzish qulayroq bo„ladi va arzonroq 
tushadi. Kredit liniyasi – korxona bilan bank o„rtasida belgilangan sum-
mada zayom (qarz)lar turkumini berish to„g„risida tuzilgan kelishuvdir. 
Kredit yo„lini ochishda bank tomonidan kreditlash limiti 
belgilanadi. Shu limit doirasida kredit berishda bank bilan qo„shimcha 
muzokaralar olib borish talab qilinmaydi. Kredit tarmog„ini ochilishi 
shuni bildiradiki, korxonaga yetkazib berilgan tovarlar va ko„rsatilgan 
xizmatlar uchun bank kredit summasi doirasida korxonaning hisob-kitob 
hujjatlari bo„yicha pul to„laydi. Shu bilan birga, bank pulni hujjatlar 
topshirilgan kuni to„lashga majbur. Kredit o„z vaqtida berilmaganligi va 


169 
mijozning tovar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitobni kechikib 
amalga oshirilganligi uchun bank javobgar hisoblanadi. 
Qisqa muddatli kredit olish uchun alohida kredit ochish liniyasini 
ochish shart emas. Bank bilan uning mijozi o„rtasida maxsus bitim 
tuzilib, shu bitimga asosan mijozga uning hisob-kitob varag„ida qolgan 
mablag„dan ortiq summadagi to„lovlarni amalga oshirishga ruxsat 
etiladi. Qisqa muddatli kreditning bunday turi overdraft deyiladi. Shart-
nomada overdraft qarzning eng katta summasi, kredit berish shartlari: 
kreditni qoplash tartibi, foiz darajasi belgilanadi. Overdraftda mijozning 
hisob kitob varag„iga kelib tushadigan barcha summa kreditni qoplashga 
yo„naltiriladi. Shuning uchun kredit hajmi mablag„ kelib tushgan sari 
o„zgarib turadi, ana shunisi bilan overdraft kreditning boshqa turlaridan farq-
lanadi. Overdraft qisqa muddatli kreditlash qoidalarida ko„zda tutilganiga 
qaramay, respublika banklari tajribasida overdraftni kontokorrentdan bosh-
qa istalgan kredit turiga qayta rasmiylashtirish huquqi qo„llanilmoqda. 
Kontokorrent hisobvarag„i korxonaning barcha operatsiyalarini 
birga jamlashga imkon beradi. Kontokorrent hisobvarag„i mijozning 
bankdagi kredit hisob-kitob xizmatini amalga oshirish uchun mo„ljallan-
gan yagona hisobvarag„i bo„lib, barcha operatsiyalar shu hisobvaraq 
bo„yicha bajariladi. U kredit va depozit hisobvarag„i alomatlarini o„z 
ichiga jamlagan. Kontokorrent hisobvaraqda bir tomondan tushumlar 
aks ettiriladi, ikkinchi tomondan unda kreditlar va to„lovlar qayd qilinadi. 
Natijada debet saldo (qarz) ham, kredit saldo (mablag„ning mavjudligi) 
ham vujudga kelishi mumkin. Kontokorrent hisobvarag„i ochilganda 
qarz oluvchi korxonaning hisob-kitob varag„i yopiladi. Bank kontokor-
rent hisobvaraq bo„yicha kreditlash limiti ssudaning chegaraviy miqdorini 
belgilaydi. Shu limit summasiga bankning kafolat majburiyati rasmiy-
lashtiriladi, uning shakli xuddi kredit liniyasi ochishdagidek bo„ladi.
Ushbu kredit mablag„larini faqat korxonaning asosiy faoliyati bilan 
bog„liq bo„lgan tovarlar va xizmatlarga sarflash mumkin. Boshqa barcha 
to„lovlar (umumiy xo„jalik xarajatlari, ish haqi va hokazo) faqat konto-
korrent qo„llanilmaydi. Kreditning bu turi chet el tajribasida cheklar va 
kredit kartochkalari bilan hisob-kitob qilishda keng qo„llaniladi. 
Bank mijozi uchun shu hol ham muhimki, qisqa muddatli 
kreditlashni tashkil qilish qoidalariga muvofiq, mijoz o„z hisobvarag„ida 
kredit saldosi bo„lishini ta‟minlash lozim. Qarz oluvchining bankda 
depozit hisobvarag„i bo„lgan taqdirdagina qarzdorlikni saqlashga yo„l 
qo„yiladi, lekin uning salmog„i depozit, hisobvarag„idagi mablag„ sum-


170 
masidan oshmasligi kerak. Agar bankda mijozning depozit mablag„lari 
bo„lmasa, oy oxirida hisob-kitob varag„ida qarz paydo bo„lsa, qarzning 
miqdori qanday bo„lishidan qat‟iy nazar, kredit qoplangunga qadar bank 
kredit berishni tugatishi lozim. Demak, agar hisobot oyi oxirida 
mijozning hisob-kitob varag„ida qarz paydo bo„lgan bo„lsa, navbatdagi 
oyboshida overdraft doirasida firma to„lovlarni to„lashga umid qilishi 
mumkin emas va aksincha, kreditni qoplash uchun mablag„ izlashga 
tayyor turish lozim. 
Kontokorrent hisobvaraqda bir tomondan tushumlar aks ettiriladi, 
ikkinchi tomondan ssudalar va to„lovlar qayd qilinadi. Natijada debet 
saldo, ya‟ni qarz ham, kredit saldo, ya‟ni mablag„larning mavjudligi 
ham vujudga kelishi mumkin. 
Kontokorrent hisobvarag„i ochilgan qarz oluvchi korxonaning 
hisob kitob varag„i yopiladi. Bank kontokorrent hisobvarag„i bo„yicha 
kreditlash limiti ssudaning chegaraviy miqdorini belgilaydi. Shu limit 
summasiga bankning kafolat majburiyati rasmiylashtiriladi. 
Kontokorrent hisobvaraq bo„yicha foizlar debet qoldig„i bo„yicha 
ham, kredit qoldig„i bo„yicha ham, ya‟ni bank foydasiga ham, qarzdor 
foydasiga ham yoziladi, Debet qoldig„i (qarz) bo„yicha mijoz bankga 
kredit shartnomasiga ko„ra foizlarni to„laydi. Kredit qoldig„i (mablag„-
ning mavjudligi) bo„yicha bank qarzdorga hisob-kitob shartnomasiga 
muvofiq foizlarni to„laydi. 
Kontokorrent hisobvaraqning amal qilish muddati bir yildan osh-
masligi kerak. O„n ikki oy o„tgandan so„ng qarzdor hisobvaraqqa mab-
lag„ tushishini ta‟minlashi lozim. Agar belgilangan muddat oxirigacha 
hisobvaraqda salbiy saldo saqlanib qolsa, kredit to„liq qoplanguncha 
kredit berish to„xtatib qo„yiladi.

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish