140
1. O„zbekiston Respublikasi banklari o„rtasida naqd pulsiz hisob-
kitoblarni
jadallashtirish;
2. Uzatiladigan elektron to„lov hujjatlarini ruxsatsiz tashqi daxl
etishdan himoya qilish;
3. Banklarning vaqtincha pul resurslaridan samarali foydalanish;
4. Kredit va risk darajasini boshqarish;
5. To„lov operatsiyalarini tartibga soluvchi
qonun va qoidalarga
rioya qilish;
6. Tijorat banklari tomonidan amaldagi qonunchilikka va bank fao-
liyati me‟yoriy hujjatlariga rioya qilinishi bo„yicha Markaziy bankning
nazorat va kuzatuv funksiyalarini bajarish;
7. Ma‟lumotlar bazasini yaratish.
Elektron to„lovlarni o„tkazishda initsiator va benifitsiar banklar
ishtirok etadi. Initsiator bank bu – to„lov
operatsiyalarini boshlovchi
bank, benifitsiar bank esa to„lov operatsiyalarini yakunlovchi bankdir.
Banklar o„rtasidagi hisob-kitoblar elektron to„lov hujjatlari asosida
amalga oshiriladi. Elektron to„lov hujjati O„zbekiston Respublikasi Mar-
kaziy banki tomonidan belgilangan shaklda pul hisob-kitob hujjatlari asl
nusxasi asosida yaratilgan “elektron” belgili hujjat bo„lib, uning asosiy
nusxasi hisoblanadi va asl nusxa kuchiga ega bo„ladi. Elektron to„lovlar
tizimida uzatish uchun mo„ljallangan hujjatlarning to„g„ri to„ldirilganligi
uchun bank mijozi javobgar bo„ladi.
Hududiy axborotlashtirish markaziga qayta ishlash uchun uzatila-
digan elektron to„lov hujjatlarini hisoblab o„tkazish, hisobdan chiqarish
va ularning elektron fayllarini shakllantirilishi to„g„riligi uchun javob-
garlik
initsiator bankka, hududiy axborotlashtirish markazidan qabul qili-
nadigan to„lov hujjatlari uchun javobgarlik esa benifitsiar bankka yuklatiladi.
Elektron to„lov tizimi bir qator prinsiplar asosida faoliyat ko„rsatib,
ular quyidagilardir:
1. To„lovlar bo„yicha transaksiyani o„tkazish tashabbusi initsiator-
bankka tegishli bo„ladi;
2. To„lovni amalga oshirishdan oldin operatsion kunning boshida
tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik hisobvaraqlaridagi aylanma-
lar va qoldiq mablag„lari bir-biriga muvofiqligi tekshiriladi;
3. Amalga oshirilgan transaksiya qaytarilmaydi;
4. To„lovlarning eng yuqori summasi cheklanmagan;
141
5. To„lovlarning initsiator – bank tomonidan vakillik hisobvara-
g„idagi mablag„ qoldigi chegarasida to„lanadi. Undan ortiqcha mablag„
sarflash overdraft summasi miqdorida amalga oshirilishi mumkin.
Elektron to„lovlar ishtirokchilari O„zbekiston Respublikasi Marka-
ziy bankining Axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlaridir.
Elektron to„lovlar tizimidan foydalanuvchilar hisob-kitob kassa markaz-
lari va tijorat banklari hisoblanadi. Elektron to„lovlar tizimi ishtirokchi-
lari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari
tijorat banklari,
axborotlash markazlari va hisob-kitob markazlari o„rtasida tuzilgan
shartnoma bilan tartibga solinib turiladi.
Har bir bank elektron to„lovlar tizimiga ko„shilishi uchun avvalo
Respublika Markaziy bankida ro„yxatga olingan hamda BDMAB
tomonidan unikal kod berilgan bo„lishi lozim.
Shu bilan birga, ushbu
bank elektron to„lovlar tizimiga chiqish imkoniyatini beradigan tegishli
dasturiy majmuaga ega bo„lishi lozim. Shundan so„ng bank elektron
to„lovlar tizimiga ulanguncha axborotlashtirish
bosh markazi xodimlari
yordamida ma‟lumotlarni qabul qilish, uzatish bo„yicha bir necha sinov
tajribalarini o„tkazish yo„li bilan bank tayyorgarligining haftalik tajriba
tekshiruvi o„tkaziladi. Bunday tajriba tekshiruv ishlari ijobiy natija
olguncha davom ettiriladi.
Tajriba tugagandan so„ng hududiy axborotlashtirish markazida
bankning elekron to„lovlar tizimida ishlashga tayyor ekanligi to„g„risida
dalolatnoma tuziladi va bank elektron to„lovlar tizimiga qo„shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: