Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, vakillik



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

 
7.2. Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi, vakillik 
hisobvaraqlari orqali banklarning munosabatlari 
 
Hozirgi paytda tijorat banklarining faqat Bosh banklari o„rtasidagi 
hisob-kitoblar Markaziy bank orqali o„tkaziladi. Buning uchun Markaziy 
bank qoshidagi Hisob-kitob markazida alohida tranzit hisobvarag„i 
ochilgan. Bunday tranzit hisobvaraqlari tijorat banklarining hech birida 
yuritilmaydi. Shu bilan birga, tijorat banklari o„zlarining banklararo 
munosabatlarini olib borish uchun Hisob-kitob markazida vakillik 
hisobvarag„ini ochishlari lozim.
Tijorat bankining vakillik hisobvarag„i ikki xil ochilishi mumkin: 

Tijorat bankining har bir bo„limi uchun Markaziy bankning hu-
dudiy bosh boshqarmasida alohida vakillik varag„i ochiladi.

Faqat Bosh bankka Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi-
da yagona vakillik hisobvarag„i ochiladi, ya‟ni Markaziy bank faqat 
Bosh bankka banklararo operatsiyalar bo„yicha xizmat ko„rsatadi.
Vakillik hisobvarag„i ochilayotganda Markaziy bankning hududiy 
bosh boshqarmasi o„rtasida vakillik munosabatlari to„g„risida shartnoma 
tuziladi. Tijorat banki vakillik hisobvarag„i ochilishini rasmiylashtirish 
uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

Hisobvaraq ochish to„g„risidagi ariza; 

Soliq to„lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to„g„risida 
guvohnoma nusxasi; 

Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun O„zbekiston Res-
publikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaning nusxasi; 

Statistika idoralari tomonidan berilgan korxona va tashkilotning 
yagona Davlat ro„yxatiga kiritilganligi to„g„risida guvohnoma nusxasi; 


137 

imzolar va muhr izi tushirilgan varaqlarining notarial tasdiqlan-
gan nusxasi.
Vakillik hisobvarag„i Markaziy bank farmoyishiga ko„ra ochiladi. 
Vakillik hisobvaraqlari nomerini va bank kodini Bank Depozitorlari 
Milliy Axborot Bazasi (BDMAB) belgilaydi. Vakillik hisobvarag„i 
ochish to„g„risidagi farmoyish tijorat banki hududiy boshqarmasi va 
bo„limiga, uning nusxasi Respublika Markaziy bankining Toshkent 
shahar Hisob-kitob markaziga jo„natiladi.
Shunday qilib, bankning vakillik hisobvarag„i bu – tijorat bankiga 
O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Hisob-
kitob Markazida ochilgan hisobvaraq bo„lib, u banklararo hisob-
kitoblarni o„tkazishga mo„jallangan. Tijorat banklarining filiallariga esa 
Bosh bankda vakillik hisobvarag„i ochiladi. 
Vakillik hisobvarag„i ham boshqa hisobvaraqlar singari 20 raz-
ryaddan iborat. Hisob-kitob markazida vakillik hisobvaraqlari tijorat 
banklariga hamda hisob kassa markazlariga ochiladi. Boshqa banklarga 
ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21302- balans hisob raqami bo„yicha, 
hisob kassa markazlariga ochilgan vakillik hisobvaraqlari 21304-balans 
hisob raqami orqali olib boriladi. Masalan: A bankining Bosh bankiga 
Toshkent Hisob-kitob Markazida asosiy vakillik hisobvarag„ini ochgan. 
Uning BDMAB tomonidan berilgan kodi 00429. A bankiga ochilgan 
vakillik hisobvarag„i nomeri quyidagicha bo„ladi:

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish