Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


 Plastik kartochkalar bilan operatsiyalar o„tkazish tartibi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

5.7. Plastik kartochkalar bilan operatsiyalar o„tkazish tartibi 
 
Hozirgi kunda plastik kartochkalardan foydalanuvchilar soni oshib 
bormoqda, shu asosda tijorat banklarining plastik kartochkalar orqali amal-
ga oshiradigan operatsiyalari ham ko„payib borayotganligi kuzatilmoqda. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirishga oid 
chora – tadbirlar doirasida amaldagi qonunchilik hujjatlari takomillash-
tirib borilmoqda. Xususan
,
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2009-yil 6-apreldagi PQ-1090 sonli qarori talablaridan kelib chiqqan 
holda to„g„risidagi
 
“To„lov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul 
hisob – kitoblarini amalga oshirisgda ularni qo„llash tartibi to„g„risidagi 
Nizom” (2009-yil aprel) ishlab chiqildi.
 


118 
Ushbu Nizomga binoan terminal o„rnatilishi majburiy bo„lgan 
savdo va xizmat ko„rsatish korxonalari tomonidan to„lov terminallari 
bilan jihozlash hamda ulardan foydalanish talablari belgilab berildi.
 
Plastik kartochkaning ko„rinishi 
 
1-rasm.
Viza kartasining umumiy ko„rinishi. 
“2009-yilda banklar tomonidan qo„shimcha 1 mln.
544 ming dona 
plastik kartochkalar muomalaga chiqarilib, ularning umumiy soni 2010- 
yilning 1-yanvar holatiga ko„ra 6 mln. 59 ming donaga yetkazildi. Shu 
bilan birga, savdo va xizmat ko„rsatish obyektlarida o„rnatilgan termi-
nallar soni 2009-yil davomida 33 ming 127 taga ertib, yil oxiriga kelib 
60 ming 631 donani tashkil etdi.”
5
Plastik kartochkalardan foydalanilgan holda hisob-kitoblarni 
o„tkazish O„zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning 2002-yil 12-
yanvardagi 11/22-sonli «O„zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-
kitoblar to„g„risida»gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 
Bankning korporativ kartochkalaridan foydalanish tartibi «Yuri-
dik shaxslar tomonidan milliy valutadagi korporativ bank kartalaridan 
foydalanish tartibi to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining 2005-yil 12-martdagi 602-sonli Nizomida asoslab berilgan. 
Korporativ bank kartalarining emissiyasi «Tijorat banklari tomonidan 
bank kartochkalarini chiqarish va ularni O„zbekiston Respublikasida 
muomalada bo„lish tartibi to„g„risida» O„zbekiston Respublikasi Marka-
ziy bankining 2004-yil 21-fevraldagi 565-sonli Nizomiga muvofiq olib 
5
Pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatining 2010 dagi asosiy yo„nalishlari.// 
Bozor, pul va kredit. 2010, №1. 


119 
boriladi. Shu bilan birga, plastik kartochkalar bilan ishlovchi bank 
tomonidan ishlab chiqilgan alohida me‟yoriy hujjatlar, ya‟ni tartib va 
qoidalar ham mavjud bo„lib, banklar plastik kartochkalar bilan ope-
ratsiyalarni bajarganlarida ushbu hujjatlarga amal qiladilar. 
Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan to„lov vositasi 
bo„lib, kartochka egasining tegishli bankdagi hisob raqamida mablag„ 
borligiga guvohlik beruvchi va naqd pul to„lanmasdan tovarlar, ish va 
xizmatlarni sotib olish huquqini o„zida aks ettiradi. Plastik kartochkalar 
jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bir 
tomondan va mahsulotni realizatsiya qiluvchi, ishni bajaruvchi yoki xiz-
matlarni ko„rsatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar 
ikkinchi tomondan turib o„zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuning-
dek, naqd pul beradigan shoxobchalardan va bankomatlardan naqd pul 
mablag„larini olishda qo„llaniladi. 
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarni muomalaga chiqa-
rish va ularga xizmat ko„rsatishlari mumkin, bunda ular xalqaro to„lov 
tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq operatsiyalarni o„tka-
zish qoidalariga va “O„zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-
kitoblar to„g„risida”gi Nizomga amal qilishlari kerak bo„ladi. 
Plastik kartochkalarga xizmat ko„rsatish bo„yicha tuzilgan shart-
noma quyidagilardan iborat bo„lishi kerak: 
a) tomonlarining nomi; 
b) shartnoma predmeti; 
v) tomonlarning huquqlari va majburiyatlari; 
g) tomonlarning javobgarligi; 
d) hisob-kitoblarning o„tkazish shartlari; 
e) shartnomani amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari; 
j) nizolarni yechish tartibi; 
z) tomonlarning yuridik manzili. 
Tegishliligiga ko„ra plastik kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korpo-
rativ turlariga bo„linadi: 

Shaxsiy kartochka – bu jismoniy shaxsga berilgan plastik kartochka; 

Oilaviy kartochka – bu foydalanuvchiga shaxsiy kartochka ush-
lovchining ishonchnomasiga asosan berilgan plastik kartochka; 

Korporativ kartochka – bu yuridik shaxslar va yuridik shaxsni 
tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko„rsatishga 
berilgan plastik kartochka. Korporativ kartochkalardan ish haqi va 


120 
boshqa ijtimoiy tusdagi to„lovlarni to„lash, shuningdek, naqd pul mab-
lag„larini to„lashda foydalanish ma‟n qilinadi.
Harakatlanish rejimiga ko„ra plastik kartochkalar quyidagi turlarga 
bo„linadi: 

Debet – ulardan foydalanish uni ushlovchiga emitent va mijoz 
o„rtasidagi shartnoma shartlariga binoan uning kartochka schyotida 
mavjud bo„lgan pul vositalaridan tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga haq 
to„lashda foydalanish va yoki naqd pul vositalarini (korporativ 
kartochkalardan tashqari) olish imkoniyatini beradigan kartochka; 
Kredit – undan foydalanish uni ushlovchi emitent bilan tuzilgan 
shartnomaga asosan, tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to„lash va yoki 
naqd pul vositalarini olish uchun (korporativ kartochkalardan tashqari) 
emitent tomonidan berilgan kredit liniyasi hajmida operatsiyalarni 
amalga oshirish imkonini beradigan kartochka; 

Elektron hamyon – jismoniy shaxsning kartochkasi bo„lib, undan 
foydalanish uni ushlovchi tovarlar, ishlar, xizmatlarga haq to„lash va 
yoki plastik kartochkadagi qoldiq mablag„lari chegarasida naqd pul 
mablag„larini olishni amalga oshirish imkoniyatini beradi. 
Bitta kartochkada bir necha «elektron hamyonlar» joylashishi 
mumkin. 
Personalizatsiya qilingan plastik kartochkaga quyidagi rekvizitlar 
yozilishi kerak: 

Identifikatsiyalovchi ma‟lumotlar (kartochkaning tartib raqami
seriyasi va boshqalar); 

Bank-emitentning (plastik kartochkalari muomalaga chiqaruvchi 
bankning) xos raqami; 

Schyotning tartib raqami va kartochka ushlovchining familiyasi, 
ismi, sharifi (tashkilotning nomi); 

Kartochkaning amal qilish muddati. 
Qaytadan personallashtirish uchun qaytarilgan plastik kartochka-
larning hisobi 93609-sonli «Saqlanadigan boyliklar» nomi ko„zda tutil-
magan holatlar schyotining alohida shaxsiy schyotida yuritiladi. 
Plastik kartochkalardan foydalanilgan holda o„tkaziladigan ope-
ratsiyalar qog„ozda ifoda etiluvchi (slip, elektron daftaridan hujjat), shu-
ningdek, hisob-kitob ishtirokchilari o„rtasida tuzilgan shartnomada ko„z-
da tutilgan boshqa hujjatlarni (bankomat kvitansiyalari va boshqalar) tu-
zishni ko„zda tutadi. 


121 
Hujjatlar hisob-kitobda ishtirok etuvchi tomonlarga yetarli bo„lgan 
nusxalarda tuziladi. 
Kvitansiyalar o„tkazilgan operatsiyalarni qo„lda tiklash uchun 
yetarli bo„lgan barcha ma‟lumotlarni o„z ichiga olishi kerak.
Elektron hujjatlar bank-ekvayerga, ya‟ni savdo yoki servis xizmati 
ko„rsatuvchi bankka, bank-emitentga yoki shartnomada qayd etilgan 
kliring markaziga jo„natiladi. 
Bitta bankning bo„linmalari o„rtasida plastik kartochkalar bo„yicha 
hisob-kitoblar texnologiyasi, ishlatiladigan plastik kartochkalarning turi 
va o„z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Bosh bank tomonidan mus-
taqil ravishda belgilanadi. 
Plastik kartochkalar bo„yicha banklar o„rtasidagi hisob-kitoblar 
quyidagi variantlarni ko„zda tutadi: 
a) hisob-kitoblar amaldagi elektron to„lovlar tizimi orqali umumiy 
asosda o„tkaziladi; 
b) kun davomida o„zaro majburiyatlarni yakuniy majburiy hisob-
kitobi va yakuniy hisob-kitoblar summasini tijorat banklarining korres-
pondent schyotlari hisobiga o„tkazish yordamida hisob-kitoblar ishtirok-
chilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markaziy orqali hisob-
kitoblarni o„tkazish. 
Elektron to„lov tizimi orqali plastik kartochkalardan foydalangan 
holda o„tkazilgan operatsiyalar bo„yicha umumiy hisob-kitoblar quyida-
gi tartibda amalga oshiriladi: 
1)
bank-emitent tomonidan o„tkazilgan avtorizatsiya hisob-kitob-
larda: 
* plastik kartochkalarni ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko„rsatil-
gan savdo yoki servis xizmati korxonalaridan olingan elektron hujjatlar 
asosida bank-ekvayer uning schyotiga mablag„larni o„tkazadi, bunda 
avtomatik tarzda debetli elektron memorial order shakllanadi va elektron 
to„lovlar tizimi orqali bank-emitentga jo„natiladi; 
* bank-emitentda debetli elektron memorial order asosida dasturiy 
tarzda kartochka schyotida mablag„lar hisobidan chiqariladi. Debetli 
elektron memorial order qog„ozga chiqariladi va kunlik hujjatlar yig„i-
masiga tikiladi; 
2)
bank-emitent tomonidan majburiy ravishda oldindan avtori-
zatsiya qilingan hisob-kitoblarda: 

texnologiyalardan foydalanish qoidalariga muvofiq plastik kar-
tochkalarni ishlatish orqali tuzilgan xizmat ko„rsatilayotgan savdo yoki 


122 
servis xizmati korxonalaridan olingan elektron hujjatlar asosida bank-
ekvayerda avtomatik tarzda elektron xabarnoma shakllanadi va 
provodkalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun ETT orqali 
bank-emitentga jo„natiladi; 

bank-emitent olingan elektron xabarnoma asosida tranziaksiyani 
avtorizatsiya qiladi, elektron to„lovlar tizimi bo„yicha savdo va servis 
xizmati korxonalarning talab olinuvchi depozit schyotiga mablag„larni 
o„tkazish uchun bank-ekvayerga elektron to„lovlar tizimi bo„yicha yubo-
riladigan, mijozning kartochka schyotidan mablag„larni hisobdan chiqarish 
uchun elektron memorial orderni avtomatlashgan holda shakllantiradi; 

bank-emitentdan olingan elektron memorial order asosida bank-
ekvayerga savdo va servis xizmati korxonalarning talab olinuvchi depo-
zit schyotiga mablag„larni amalga oshiriladi. Memorial order qog„ozda 
chiqariladi va bankning kunlik hujjatlar yig„masiga tikiladi. 
Protsessing markazlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
4-sxema. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish