4. Valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari. Milliy valyutani chetga olib chiqishi va chetdan olib kelish qoidalari.
Valyuta kursini targetlash rejimi milliy valyuta ayirboshlash kursini past va barqaror inflyatsiya darajasiga ega rivojlangan davlatlar valyutasiga bog‘lashni nazarda tutadi.
Shuningdek, valyuta kursini targetlashning milliy valyuta ayirboshlash kursi tebranishi mumkin bo‘lgan gorizontal va shartli koridorlarni o‘rnatish hamda real ayirboshlash kursini asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalari savatchasiga nisbatan targetlash kabi turlari ham mavjud.
Valyuta kursini targetlash rejimi iqtisodiyoti eksport, ayniqsa, xom-ashyo tovarlari eksportiga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, iste’mol savatida import tovarlari yuqori ulushni tashkil qilgan mamlakatlarda faol qo‘llaniladi.
Mazkur rejim iqtisodiy inqiroz kuzatilgan davrlarda inflyatsiya darajasini tez va samarali pasaytirish imkonini beradi. Bunda pul-kredit siyosati faqatgina ayirboshlash kursining maqsadli darajasini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Jumladan, valyuta kursi qadrsizlanganda qat’iy pul-kredit siyosati, valyutaning qadri maqsadli darajadan ko‘proq oshganda yumshoq pul-kredit siyosati yuritiladi.
Valyuta kursini targetlash rejimi aniqligi va oddiyligi sababli aholi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari va bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan oson tushuniladi.
Mazkur rejimning yana bir ijobiy tomoni moliyaviy institutlar yaxshi rivojlanmagan sharoitlarda ham u o‘zining samaradorligini saqlab qoladi. Bunday vaziyatda valyuta kursiga pul-kredit siyosati choralari va valyuta intervensiyalari orqali ta’sir ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga, kapital oqimlari kuchli bo‘lgan davrlarda ushbu rejimni samarali qo‘llash imkoniyati cheklanadi va iqtisodiy inqiroz davrida markaziy bankning valyuta kursini barqarorlashtirish borasidagi vazifasini qiyinlashtiradi.
Valyuta kursini targetlash rejimini qo‘llanishi quyidagi shart sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq:
valyuta kursining maqsadli ko‘rsatkich doirasida bo‘lishini ta’minlashda markaziy banklarning imkoniyati oltin-valyuta zaxiralarining hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Zaxiralarning yetarlicha bo‘lmasligi valyuta kursining kadrsizlanishiga olib keladi, bu esa keyingi davrlarda ham devalvatsion va inflyatsion kutilmalarni oshiradi. Bu, o‘z navbatida, import narxlarining oshishiga hamda ichki valyuta bozorida cheklovlarning o‘rnatilishi natijasida iqtisodiyotda xufyona valyuta bozori va turli ayirboshlash kurslarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi;
milliy valyuta ayirboshlash kursining bir necha marta rejali devalvatsiyasi amalga oshirilganda, devalvatsion va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi oqibatida inflyatsiya darajasi oshishi xatari yuzaga keladi;
nominal ayirboshlash kursi qat’iy belgilanadigan sharoitda real ayirboshlash kursining oshishi to‘lov balansining yomonlashishiga va iqtisodiyotda devalvatsion xatarlarning ortishiga olib keladi;
narxlar darajasi va ayirboshlash kursiga bo‘lgan bosimning kuchayishi markaziy banklarning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi imkoniyatiga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur sharoitda barqarorlikni ta’minlashga foiz stavkalarining oshirilishi orqali erishiladi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari tajribasi ayirboshlash kursini targetlash oltin-valyuta zaxiralarining sezilarli darajada kamayishi, kursning sun’iy ravishda ushlab turish oqibatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligining pasayishi, eksport sektori rivojlanishining sekinlashishi va iqtisodiyotning tashqi omillarga ta’sirchanligining oshishi kabi qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
O'zbekistondan qancha valyuta olib chiqish yoki olib kirish mumkin?
Mamlakatimizda qo'shni davlatlar bilan aloqalar mustahkamlanib, davlatlar o'rtasidagi chegara-bojxona postlari xizmati yo'lga qo'yilib, aholiga ham, tadbirkorlarga ham qulayliklar yaratilmoqda. Biroq berilayotgan imkoniyat va imtiyozlarni suiiste'mol qilib, bojxona qoidalarini buzayotgan fuqarolarimiz ham yo'q emas. Shu bois Davlat bojxona qo'mitasi Axborot xizmati bilan hamkorlikda bojxona chegaralarini kesib o'tuvchi jismoniy shaxslar uchun bojxona tartib-qoidalari haqida ma'lumot berishni lozim deb topdik.
O'zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan bo'lsangiz…
Jismoniy shaxslarning O'zbekiston Respublikasiga qay yo'sinda kirib kelayotganiga qarab, tovarlarni bojsiz olib kirish me'yorlari turlicha qo'llaniladi. Agar respublikamizga xalqaro aeroportlar orqali kirib kelayotgan bo'lsangiz — 2000 AQSh dollari, temir yo'l va daryo o'tkazish punktlari orqali — 1000 AQSh dollari, avtomobilda yoki piyoda kirib kelayotgan bo'lsangiz — 300 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi tovarlarni bojsiz olib kirishingiz mumkin.
Bunda ularni yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida ko'rsatish talab etilmaydi.
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan tovarlarning qanday maqsadga mo'ljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib o'tayotgan jismoniy shaxs o'z ehtiyojidan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib o'tayotgan shaxs nima maqsadda olib o'tayotganini isbotlab bermasa unda tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi.
Ammo ayrim turdagi tovarlarni bojsiz olib kirishning cheklangan me'yorlari mavjud. Xususan, O'zbekiston Respublikasiga
— alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivo — 2 litrgacha;
— barcha turdagi tamaki mahsulotlari — 10 qutigacha;
— atir va atirsimon suyuqliklar — 3 donagacha;
— qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari — 65 gr.gacha olib kirish mumkin.
Qancha miqdorda naqd xorijiy va milliy valyutani olib kirish mumkin?
Jismoniy shaxslar O'zbekiston Respublikasi hududiga cheklanmagan miqdorda naqd xorijiy valyuta olib kirishlari mumkin. Bunda olib kirilayotgan naqd xorijiy valyutalar 2000 AQSh dollari ekvivalentidan ortiqcha bo'lsa, u holda yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida to'liq ko'rsatilishi lozim.
Jismoniy shaxslarga eng kam oylik ish haqi miqdorining 50 baravaridan oshmaydigan summadagi naqd milliy valyuta «so'm»ni olib kirishga ruxsat etiladi.
Qancha miqdorda naqd xorijiy va milliy valyutani olib chiqish mumkin?
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo'lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga 5 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida ko'rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat beriladi. 2000 AQSh dollari va undan ortiq bo'lmagan ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishda esa ularni yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida ko'rsatish talab etilmaydi.
Belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli ruxsatnomasi talab etiladi.
Norezidentlar, ya'ni O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo'lmagan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutalarni olib chiqish ular tomonidan O'zbekiston Respublikasiga kirish chog'ida to'ldirilgan yo'lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi. Ya'ni kirishda to'ldirilgan yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilgan naqd xorijiy valyuta summasidan ortiqcha bo'lmagan miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan musobaqalar, tanlov va olimpiadalarning sovrindori yoki qatnashchisi bo'lgan norezidentlar tomonidan belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketilayotganda, naqd xorijiy valyuta olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.
Jismoniy shaxslarga eng kam oylik ish haqi miqdorining 50 baravaridan oshmaydigan summadagi naqd milliy valyuta «so'm»ni olib chiqishga ruxsat etiladi.
Belgilangan summadan ortiqcha naqd milliy valyutani olib chiqib ketish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli ruxsatnomasi talab etiladi.
O'zbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar, portlovchi moddalar va portlatish vositalari, davlat va jamiyat qurilishiga raxna solishga, urush, terrorizm, zo'ravonlik, ekstremizm, pornografiya va boshqalarni targ'ib etishga qaratilgan har qanday turdagi materiallarni, shuningdek, etil spirti, lazerli nur tarqatgichlar, uchuvchisiz uchish apparatlari, pirotexnika mahsulotlari, pul yutug'i bilan bog'liq bo'lgan o'yin avtomatlari, «M2», «M3» va «N2» toifadagi oldin foydalanuvda bo'lgan avtotransport vositalari, zaharlilik darajasi «Evro-3» ekologik sinfi talablariga javob bermaydigan, benzin yoki dizel yoqilg'isida harkatlanadigan yangi avtotransport vositalarini, bundan tashqari, energiya samaradorligining «G» va «F» klassiga mansub bo'lgan maishiy elektr priborlarini hamda quvvati 40 vattdan ortiq bo'lgan cho'g'lanma lampochkalarni chetdan olib kirish taqiqlanadi.
Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo'lgan mahsulotlarni, sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni, alyuminiy kukuni va qurumini, o'qotar qurol va patronlarni, yovvoyi o'simliklar, ularning qismlari, mevalari, urug'lari va botanika kolleksiyalari, yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o'ljalar, tulumlari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali uskunalar ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilar, diniy adabiyotlar va madaniy boyliklarni olib kirishda vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari yoki xulosalari talab etiladi.
O'zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotganlar uchun
Agar siz O'zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan bo'lsangiz, shuni yodda tutingki, jismoniy shaxslar 5 000 AQSh dollarigacha qiymatdagi tovarlarni erkin olib chiqishlari mumkin. Bunda ularni yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida ko'rsatish talab etilmaydi.
Ammo ayrim turdagi tovarlarni olib chiqishning cheklangan me'yorlari mavjud. Jumladan,
— guruch — 3 kg.gacha;
— non mahsulotlari — 5 kg.gacha;
— go'sht va go'sht mahsulotlari, shakar va o'simlik yog'i — 2 kg.gacha;
— yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalardan 40 kg.gacha olib chiqish mumkin.
Jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyo'l (yo'lovchi), temir yo'l va daryo o'tkazish punktlari orqali bojxona to'lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o'tishning miqdoriy normalari va davriyligi mavjud.
Quyidagi ruyxatda keltirilgan tovarlarni endilikda har 6 oyda chegarani birinchi marotaba kesib o'tayotganda faqat 1 donadan olib kirish mumkin.
Boshqa turdagi tovarlarni esa 1 kalendar oyda 1 marotaba har bir nomdagi tovardan 2 kg.gacha (bo'linmaydigan tovarlar bundan mustasno) olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo mazkur tovarlarning umumiy og'irligi 10 kg.dan oshmasligi kerak.
Olib o'tilayotgan tovarlar qiymati respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan piyoda, avtomobilda, temir yo'l yoki daryo o'tkazish punktlari orqali tovarlarni bojxona to'lovlari undirmasdan olib o'tishning cheklagan me'yorlaridan oshmasligi kerak.
Unutmang, tovarlarni bojxona to'lovlari to'lamasdan olib o'tishning miqdoriy normalari jismoniy shaxs O'zbekiston Respublikasi davlat chegarasini chegara o'tkazish punktidan belgilangan davrda birinchi marta o'tishida qo'llaniladi. Bunda bojxonachilar chegara xizmatlari organlari tomonidan jismoniy shaxsning pasportiga qo'yiladigan belgidagi sanaga asoslanishadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyo'l (yo'lovchi), temir yo'l va daryo o'tkazish punktlari orqali bojxona to'lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o'tishning miqdoriy normalari
Agar Siz bojxona qoidalari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz, Davlat bojxona qo'mitasi bojxona.uz veb-saytiga yoki 11-08 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
Shuningdek, bojxona chegarasini kesib o'tayotgan jismoniy shaxslar shu yerning o'zida – chegara-bojxona postida xizmat olib borayotgan bojxona xodimlariga murojaat qilishlari mumkin.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi – rasmiy pul birligini, pul muomalasini tashkil etish va boshqarib borishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi (valyutasi) sifatida Rossiya Federatsiyasining valyutasi – rubldan foydalaniladi, u Rossiya Federatsiyasining Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqariladi. Bir rubl 100 kopeykadan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi hududida boshqa pul birliklarini kiritish hamda soxta pullar chiqarish man etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan rubllar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki balansida aks ettiriladi.
Pulning vujudga kelishi jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarini rivojlanishi va takomillashib borishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bularning ichida kishilar o‘rtasida mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, biz yashab istiqomat qilayotgan zaminda pullarning vujudga kelishi uning tarixi va tsivilizatsiyasi juda boy va qadimiy ekanligidan dalolat beradi.
Pul tizimi–bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapitalistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim elementlari bundan ancha oldin paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni umumiy ekvivalent tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Do'stlaringiz bilan baham: |