O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da O‘zbekiston aholisini sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ustivor vazifa qilib ko‘rsatilgan.
“Harakatlar strategiyasi” doirisida oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi farmoni qabul qilingan.
Hozirgi davrda respublikamizda xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga katta imkoniyatlar ochib berilmoqda. Bu esa sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish yangi assortimentlarini iste’molchilarga yo‘naltirish va shu bilan birga mahsulotlarni sifati va havfsizligiga e’tibor berish zarurligi ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan innovatsion yarmarkalarda hamda sanoat yarmarkasi va korporatsion birjalarda ilmiy tekshirish institutlarda va katta kichik sanoat hamda agrosanoat korxonalarida ishlab chiqargan o‘z mahsulotlarini respublika miqyosida ko‘rsatish, balki, ishlab chiqarishdagi yangiliklar, nau-xaular, innovatsiyalar orqali korxonalarni tovar ishlab chiqarishdagi yutuqlari, yangi texnologiyalar, asbob-uskunalar, materiallar, butlovchi qismlar namoyish qilinib, ularga yaqin kelajakdagi iste’molchilarni talabini aniqlash, ishonchli sheriklarni topish, ular bilan shartnomalar tuzish hamda korxonalarida ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish, keyingi ish rejalarini shakllantirish uchun yarmarkalarda imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi – rasmiy pul birligini, pul muomalasini tashkil etish va boshqarib borishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi (valyutasi) sifatida Rossiya Federatsiyasining valyutasi – rubldan foydalaniladi, u Rossiya Federatsiyasining Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqariladi. Bir rubl 100 kopeykadan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi hududida boshqa pul birliklarini kiritish hamda soxta pullar chiqarish man etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan rubllar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki balansida aks ettiriladi.
Rublning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa davlatlar pul birliklariga nisbatan rasmiy kursini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki har hafta Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki belgilaganidek e’lon qilib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish hamda o‘zining pul daromadini O‘zbekiston Respublikasidan chet el valyutasida olib chiqib ketish huquqiga ega bo‘lgan mijozlarning joriy ehtiyojlarini qondirish uchun Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki belgilaydigan kurs bo‘yicha Rossiya rublini erkin muomaladagi chet el valyutasiga moneliksiz almashtirilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pulni tarkib toptirish, muomalaga chiqarish va yig‘ib olishni faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki respublika hududida muomala vositasi sifatida rubldan foydalanish bilan bog‘liq o‘zaro majburiyatlar va talablar to‘g‘risida Rossiya Federatsiyasi bilan tuzilgan Bitimga muvofiq ravishda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga chiqargan pullar Rossiya Federatsiyasi muomalaga chiqargan bank biletlari (banknotlari) va metall tangalardan iborat bo‘ladi.
Yangi namunadagi banknotlar va tangalar muomalaga chiqarilishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z hisobidagi pullar hajmining o‘zgarishiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqibgina O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan pul massasini o‘zgartiradi.
Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki muomalaga chiqargan banknotlar va tangalar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha turdagi to‘lovlarda, hisoblarga, jamg‘armaga, akkreditivlarga o‘tkazish uchun, shuningdek pul o‘tkazish operatsiyalari uchun amaldagi qiymati bo‘yicha qabul qilinishi shart.
Rublning kredit emissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki bilan kelishilib belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblar, qonunlarda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, rubllarda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida hisob-kitob qilish tartibi va shartlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
Pul o‘tkazish yo‘li bilan hisob-kitob qilish shakllari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki joriy etadigan qoidalar bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida pul o‘tkazish yo‘li bilan hisob-kitob qilishda foydalaniladigan to‘lov hujjatlarining namunalarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tasdiqlaydi.
Yuridik shaxslar o‘rtasidagi, shuningdek jismoniy shaxslar bilan yuridik shaxslar o‘rtasidagi to‘lovga doir hisob-kitoblar summasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadigan miqdorlardan oshib ketgan taqdirda faqatgina pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shikast topgan va yaroqsiz holga keltirilgan banknotlar hamda tangalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan va u vakolat bergan banklar tomonidan qabul qilinadi va yangilariga almashtiriladi.
Qalbaki banknotlar va metall tangalar yasash va ularni g‘ayriqonuniy tayyorlash, shuningdek ushbu Qonun talablarini boshqa yo‘sinda buzish qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.