O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” FAKULTETI
“BYUDJET HISOBI” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: BYUDJET TASHKILOTLARIDA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
Ilmiy rahbar: Norqo‘chqorov A.
Bajardi: XBA-61 guruh talabasi
Tursunboyev J.
Toshkent – 2020
BYUDJET TASHKILOTLARIDA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
Reja:
Kirish
1. Nomoddiy aktivlar haqida umumiy tushuncha.
2. Nomoddiy aktivlar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari.
3. Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish va ularni baholash xamda ularni balansdan chiqarilishi hisobi.
4. “Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar” schyoti
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
KIRISH
Nomoddiy aktivlar hisobini yuritishning asosiy qoidalari bo‘lib ularning balans qiymatini va ushbu aktivlarga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan amortizatsiya usullarini aniqlash, hamda nomoddiy aktivlar balans qiymatidagi o‘zgarishlar, amortizatsiya hisoblash tartibi va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish hisoblanadi.
Nomoddiy aktivdan olinadigan kelgusi iqtisodiy naf xizmatlarni sotishdan olingan tushum, xarajatlar tejami va bank tomonidan aktivdan foydalanish natijasida hosil bo‘lgan boshqa naflarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Agar nomoddiy aktiv na nomoddiy aktivlarning ta’rifiga, na tan olish me’zonlariga javob bermasa, ushbu modda bo‘yicha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrning xarajatlari sifatida tan olinadi.
Nomoliyaviy aktivlar harakati to‘g‘risidagi hisobot budjet tashkilotining hisobot yili mobaynidagi nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy zaxiralari)ning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
Mazkur hisobot shaklini tuzishdan oldin budjet tashkilotlari:
hisobot yili boshiga mavjud asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘ining to‘g‘riligini (asoslanganligini);
yil mobaynida budjet tashkilotiga kirim bo‘lgan va budjet tashkilotidan chiqim bo‘lgan barcha nomoliyaviy aktivlarni davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobi bo‘yicha alohida holda hisob registrlarida Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) bilan tasdiqlangan 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanma qaydnomada, 296-son shakldagi material qimmatliklarning miqdor-qiymat hisobi daftari (kartochkasi)da, “Bosh jurnal kitobi”da (308-son shakl) va boshqa tegishli registrlarda) to‘g‘ri aks ettirilganligini;
kirim va chiqim operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini va to‘liqligini tekshirib chiqadilar.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va boshqa asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi yuritiladigan hisob registrlari ma’lumotlari asosida to‘ldiriladi. Hisobotda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning (davlat budjeti yoki budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan olinganligi ko‘rsatilgan holda) yil boshiga mavjud qoldig‘i, hisobot yili mobaynida kirim bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qiymati va chiqim bo‘lgan (hisobdan chiqarilgan)larining qiymati, shuningdek hisobot davri oxiriga budjet tashkilotlari balansida qolgan asosiy vositalar va nomoliyaviy aktivlarning qiymati ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |