Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar
“Boshqaruv hisobi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- ishlab chiqarish korxonalarida shakllangan boshqaruv hisobi va uni rivojlanish istiqbollari; boshqaruv hisobining nazariy asoslari va amaliyotda qo‘llanadagan tizimlari (avtonom va integrasiyalashgan); boshqaruv hisobida xarajatlarni turkumlanishi va hisobi tug‘ri yuritish, hamda har bir alohida vaziyatda kerakli usulni tanlashni;
- talaba korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot assortimenti, nomenklaturasi, jarayonining murakkablik darajasi, muddatidan kelib chiqqan holda mahsulot tannarhini shakllantirishda xarajatlarni minimallashtirishga va tashqi omillarni hisobga olgan holda foydani maksimallashtirishga olib keladigan kalkulyatsiya usulini tanlay olishi, narxlarni shakllantirishda tasir yetuvchi omil va ko‘rsatkichlarni tahlil qilib (realizasiya bahosi, belgilangan baho, transfert baho, mahsus buyurtma bahosi), kelajakdagi ko‘riladigan moliyaviy natijalarni bashorat qila olishi;
- talaba mahsulot tannarxini aniqlash chog‘ida jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan usullardan (“Direkt-kosting”, “Standart-kost”, “JIT” “AVS”) foydalanib, amaliyotga tadbiq yetishi;
- talaba yangi ishlab chiqarishga kiritilishi kerak bo‘lgan mahsulotlarga oldindan funksional byudjetlar tuzish texnikasi, ishlab chiqariqarilishi rejelashtirilayotgan mahsulotlarning bozordagi o‘rni, zarasizlik nuqtasi, zarasizlik marjasi (marja bezopasnosti), operasion foyda va rejalashtirilgan foyda ko‘rsatkichlarini aniqlash, segmentar hisobot tuzish malakalariga hamda ko‘nikmalarga yega bo‘lishlari kerak.
|
6
|
4
|
|
2-bosqich 4-semestr: Tanlov fanlar
|
|
XT2406
|
Xorijiy til 2 (ingliz, fransuz, nemis, koreys)
|
Kursning maqsadi - ingliz tili kursining maqsadi talabalarga chet yel tilida malaka va muomala ko‘nikmalarini berish, ularning bugungi global madaniyat dunyosini hisobga olgan holda o‘zlarining kasbiy va ilmiy sohalarida samarali ishlashlariga imkon berishdir.
Ushbu daraja quyidagi ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratilgan: chet tili bilan aloqa qilish kompetensiyasi, lingvistik kompetensiya, sotsiolingvistik kompetensiya, sotsial-madaniy kompetensiya, ijtimoiy o‘zaro ta’sir kompetensiyasi va pragmatik kompetensiya va nutqni tahlil qilish ko‘nikmalari.
Maqsadlar - to‘rt yillik bakalavriat oxiriga kelib, chet tillari mutaxassisligi bo‘lmagan lingvistik universitetlarning talabalari ingliz tilini B2 darajasida olishlari shart.
Talabalar aniq va mavhum mavzulardagi murakkab matnlarning asosiy g‘oyalarini, shu jumladan o‘zlarining ixtisoslik sohasidagi texnik munozaralarni tushunishlari kerak. Ular ravonlik va spontanlik darajasi bilan ta’sir o‘tkazishlari mumkin, bu yesa ona tilida so‘zlashuvchilar bilan har qanday tomon uchun zo‘riqishsiz muntazam ravishda o‘zaro aloqada bo‘lishni ta’minlaydi. Ular turli mavzular bo‘yicha aniq, batafsil matnni tayyorlashlari va turli xil variantlarning afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olgan holda dolzarb masala bo‘yicha nuqtai nazarini tushuntirishlari mumkin.
|
6
|
4
|
|
|
FTDF2406
|
Fan va texnikada dasturlardan foydalanish
|
Jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun maxsus dasturlar paketi, ya’ni elektron jadvallar (spreadsheet) yoki elektron protsessorlar ishlab chiqilgan. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy xarakterga ega bo‘lgan masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Lekin bu elektron jadvallar yordamida boshqa masalalarni, masalan formulalar bo‘yicha hisoblashlar bajarish, grafikli bog‘lanishni qurish va hokazolarni ham bajarish mumkin. Elektron jadvallarda ishlashni o‘rganish masalani dasturlovchi yordamisiz yechishni amalga oshirish imkonini beradi. MS Excel jadval protsessori turli funksiyalar yordamida qidirish, filtrlash, saralash va natijalarni olish bilan bog‘liq katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash uchun zarur yechimlarni qabul qilishning kuchli vositasi hisoblanadi.
Matematik amallarni algebraik tasvirlash usullari va axborotni kompyuterli qayta ishlash vositalariga asoslangan Excel dasturi va uning funksional imkoniyatlari, makroslar, diagrammalar qurish, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni avtomatik ravishda hal qilish bilan bog‘liq bir qator masalalar bo’yicha bilim, ko’nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi.
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: Excel dasturining interfeysi; ishchi varaqqa axborotni kiritish va o‘zgartirish; ishchi varaq ma’lumotlari va elementlarini formatlash hisoblashlarni bajarish; ma’lumotlar strukturasi bilan ishlash; makroslar bilan ishlash; diagrammalar qurish; moliyaviy funksiyalar bilan ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimotlar qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar
|
6
|
4
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |