Ta’lim yo’nalishi bitiruvchilari: jahon iqtisodiyoti rivojlanishining moliyaviy – iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish;
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari (xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, davlatlar, transmilliy korporasiyalar) faoliyatiga ta’sir ko’rsatadigan moliyaviy – iqtisodiy risklarni baholash;
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar va transmilliy korporasiyalarda moliyaviy boshqarish tizimi to’g’risida zarur bilimlarga ega bo’lish va ulardan o’z faoliyatida foydalana olish; integrasion birlashmalar yoki tuzilmalarda moliyaviy – iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish to’g’risida zarur bilimlarga ega bo’lish va ulardan o’z faoliyatida foydalana olish; O’zbekiston Respublikasining tashqi savdoga oid moliyaviy – iqtisodiy ko’rsatkichlarini tahlil qilish; jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga oid ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, tahlil qilish va umumlashtirish; jahon iqtisodiyotining tarmoqlar va sohalar bo’yicha rivojlanish tendensiyalari va dinamikasini tahlil qilish; jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar subyektlari faoliyatini xalqaro amaliyot mezonlari, me’yorlari va talablari asosida tahlil qilish; mahalliy korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyati ko’rsatkichlari, o’zgarish tendensiyalari va dinamikasini tahlil qilish;
faoliyatini tashkil etish va boshqarish nazariyasini bilish va uni amaliyotga joriy etish;
-jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar subyektlarida inson resurslarini boshqarish usullari va jarayonlarini bilish va undan foydalana olish;
-mamlakatimiz xo’jalik subyektlarining iqtisodiy faoliyatini oqilona tashkil etishda jahon tajribasini bilish va undan amaliyotda foydalanish
-tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanadigan mahalliy korxona va tashkilotlarning jahon mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi faoliyatini baholash;
-tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanadigan mahalliy korxona va tashkilotlarning faoliyatiga ta’sir qiladigan tashqi omillarni baholash to’g’risidagi bilim va tajribalardan amaliyotda foydalana olish;
-jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga oid bulgan iqtisodiy ko’rsatkichlar to’g’risida bilim va tajribaga ega bo’lish hamda ushbu ko’rsatkichlarga tayangan holda tahlillar o’tkaza olish;
-jahon iqtisodiyotining zamonaviy tamoyillari, nazariy asoslarini hayotga tadbiq etish;
-xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida hamkorlikning eng rasional uslub va ko’rinishlarini aniqlay olish;
-jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’sir kiluvchi omillarni ilmiy jihatdan tasniflay olish va shu asosda tahlil qila bilish;
-jahon mahsulotlar va xizmatlar bozorining rivojlanish tendensiyalari va dinamikasini tahlil qila olish;
-jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishini an’anaviy tahlil qilish usullarini amaliyotda qo’llay bilish;
-xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etuvchi hudud, tarmoq, korxona va tashkilotlar faoliyati va ularning rivojlanish ko’rsatkichlarini moliyaviy-iqtisodiy baholashda zamonaviy axborot texnologiyalari va texnik vositalardan foydalanish