3-bosqich 6-semestr: Tanlov fanlar
|
INLT2606
|
Investitsiya loyihalar tahlili
| Investitsiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilash, investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarni, hamda investitsiyalarning loyihaviy tahlilini amalga oshira bilish milliy iktisodiyotni kelajagini belgilaydi. "Investitsiya loyixalari taxlili" fanining dolzarbligi shundan iboratki, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda, o‘z modelini amalga oshirish jarayonida, investitsiyalarni tashkil etish hamda investitsiyalarning loyihaviy taxlilinining samarali usullarini o‘rganish, muqobil variantlarni to‘gri tanlash va baholashdek tokomillashgan zamonaviy mexanizmlari va vositalarini o‘rganish va boshqarish zarur bo‘ladi. Iktisodiyot tarmoklarida amalga oshiriladigan investitsiyaviy loyixani iktisodiy baxolash, bozor faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini, xususan loyixani tavsiflovchi ko‘pgina ko‘rsatkichlarning o‘zgaruvchanligi, so‘nggi natijaga erishish noaniqligi, loyixa ishtirokchilari manfaatlarining sub’ektivligi, loyixani baxolash mezonlari kabi tushunchalarini o‘z ichiga olgan bo‘limlaridan tashkil topgan. |
6
|
6
|
|
|
QXM2606
|
Qishloq xo‘jaligida menejment
|
Talabalarga koʻzlangan natijalarga erishish uchun talab etiladigan kuch-gʻayratni va tashkiliy harakatlarni oʻz ichiga qamrab olish, amaldagi holatdan koʻzlangan maqsad uchun korxona barcha imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga, tadbirkor boʻlishga, oʻzining moliyaviy koʻrsatkichlari va ish faoliyatini maqsadli amalga oshirishga intilish boʻyicha koʻnikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va menejment amaliyotini umumlashtirish asosida agroiqtisodiyotni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yoʻnaltirilgan harakatlar tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
|
6
|
6
|
|
|
BH2606
|
Bank hisobi
|
Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish hozirgi kunda bank buxgalteriyasining eng zarur sohasi bo‘lib hisoblanadi. Bu fanda banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari‚ hisobvaraqlari rejasi‚ uning tuzilishi‚ analitik va sintetik hisoblarning yuritilishi o‘rganiladi. Banklarning hujjatlari va hujjatlar aylanishiga tavsif beriladi. SHuningdek‚ obank operasiyalari‚ jumladan naqd pulsiz hisob-kitoblar‚ kassa va ssuda, emissiya operasiyalari‚ banklararo hisob-kitoblarning hisobi va rasmiylashtirilishiga alohida o‘rin beriladi, respublika banklaridagi buxgalteriya hisobidagi hozirgi o‘zgarishlar o‘rgatiladi.
|
6
|
6
|
|
|
ASMM2606
|
Agrosanoat majmuasi menejmenti
|
Oʻzbekiston Respublikasining «Taʻlim toʻgʻrisida»gi qonuni asosida hamda «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»ning taʻlim va tarbiyaning uzluksizlik va uzviylik prinsiplari talablaridan kelib chiqib, davlat taʻlim standartlaridagi bakalavriat darajasida hozirgi zamon boshqaruv jarayonlari mexanizmini mukammal egallagan, agrosanoat majmui boʻyicha malakali, yetuk kadrlarni tayyorlash. Talabalarni dastlabki bosqichlarda fanni oʻrganish davrida olgan nazariy va uslubiy bilimlarni mustahkamlash, ayniqsa ushbu nazariy bilimlarni tez oʻzgaruvchan bozor munosabatlari sharoitida agrosanoat majmuining oʻziga xos boʻlgan xususiyatlarini hisobga olgan boshqaruv tizimi pogʻonalarida qoʻllashni bevosita amaliy jihatdan tadbiq qilishni hamda ularning funksiya va burchlarini oʻrgatishdan iborat.
|
6
|
6
|
|
|
BXMS2606
|
Buxgalteriya xisobining milliy standartlari
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |