«buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi»


Soliq hisobining asosiy vazifalari quyidagilardir



Download 2,81 Mb.
bet79/139
Sana21.02.2022
Hajmi2,81 Mb.
#6306
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   139
Soliq hisobining asosiy vazifalari quyidagilardir:
- yuridik shaxslar tomonidan soliqlar hamda majburiy to’lovlarni o’z vaqtida va to’g’ri hisoblash;
- hisoblangan soliq va majburiy to’lovlarni davlat byudjeti hamda davlatning maqsadli fondlariga o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash;
- soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha belgilangan imtiyozlardan keng foydalanish.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar Soliq kodeksiga amalga kiritilgan edi.
Soliq kodeksda soliqlardan ko’zlangan maqsad davlat ijtimoiy kafolatlarining moliyaviy bazasini ta’minlash, yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanishni va atrof-muhitni muhofaza etishni rag’batlantirish, deb belgilangan.
Mazkur Kodeksda O’zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi soliqlar, soliq to’lovchilar, soliq solish ob’ektlari, soliq to’lash tartibi, soliq solish yuzasidan beriladigan imtiyozlar, qonunni buzganlik uchun javobgarlik hamda soliqlar to’lash munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning umumiy tartibi belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
3) qo’shilgan qiymat solig’i;
4) aksiz solig’i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig’i;
8) yer solig’i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to’lovlarga quyidagilar kiradi:
1) ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar:

  • yagona ijtimoiy to’lov;

  • fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;

  • byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalar;

2) Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy to’lovlar:

  • Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar;

  • Respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar;

3) davlat boji;
4) bojxona to’lovlari;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im.
Soliq kodeksda belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan quyidagi soliqlar qo’llanilishi mumkin:

  • yagona soliq to’lovi;

  • yagona yer solig’i;

  • tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning elementlari quyidagilardan iborat:

  • soliq solish ob’ekti;

  • soliq solinadigan baza;

  • stavka;

  • hisoblab chiqarish tartibi;

  • soliq davri;

  • soliq hisobotini taqdim etish tartibi;

  • to’lash tartibi.

O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar hisobiga tashkil topadi.
Foyda solig’i O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining tarkibiy elementi hisoblanib, milliy daromadlarni qayta taqsimlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Mazkur soliq bevosita soliq bo’lib, uning summasi korxona xo’jalik faoliyatining pirovard moliyaviy natijasi bilan chambarchas bog’liqdir.
Foyda solig’i to’lovchilari soliq solinadigan Foydaga ega bo’lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Soliq to’lovchilar yilning birinchi choragi, yarim yillik, to’qqiz oylik va yil yakuni bo’yicha mustaqil ravishda yil boshidan boshlab o’sib boruvchi jamlash tartibida foyda solig’i summasini soliqqa tortiladigan haqiqatda olingan foydadan berilgan imtiyozlar va belgilangan soliq stavkalarini hisobga olgan holda hisoblab boradilar.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish