Buxgalteriya hisobi



Download 145 Kb.
bet17/23
Sana01.01.2022
Hajmi145 Kb.
#305628
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
1.лек

Aktiv

Passiv

Xo‘jalik mablag‘lari

Xo‘jalik mablag‘larining kelar manbalari

Balans

Balans

Balans ikkala qismining jami summalari teng bo‘lishi shart. Bu tenglik aktivda xo‘jalik mablag‘lari, passivda esa shu mablag‘larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi.

Balans so‘zi (frantsuzcha balance-torozi) – «tenglik», «tarozining ikki pallasi» degan ma’nolarni bildiradi.

U doimo o‘zgarib turadigan, o‘zaro aloqada bo‘lgan holatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tizimining tengligi.

Balans varog`I hisoblari

Aktivlar = Majburiyatlar + Xususiy kapital1


Misol:

Agar aktivlarning biznesdagi miqdori $100000 ni tashkil qilsa majburyat $30000 ni tashkil qilsa. Hususiy kapital $ga tengdir.

Quyida ko`rsatilganidek

$100000 - $30000= $70000 kapital

Hususiy kapital $70000 ga tengdir.1
Balans qandaydir voqeani ta’riflab, uning qismlarga munosabatini ko‘rsatadi. Balans alohida korxona, ishlab chiqarish birlashmasi (buxgalteriya balansi, korxonaning daromad va xarajatlar balansi) yoki xalq xo‘jaligi (aholining daromad va xarajat balansi, to‘lov balansi, savdo balansi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari balansi va h.k.) masshtabida tuziladi.

Dastlabki balans, hisobot balansi, tugatish balansi kabi turlari esa uning korxona faoliyatining qay holatida tuzilayotganligini bildiradi. Dastlabki balans korxona- ning tashkil topayotgan vaqtida tuziladi. Hisobot balansi esa korxona faoliyati davomida tuziladi. Va nihoyat tugatish balansi esa korxona, tashkilot, muassasaning tugatilayotgan muddatdagi xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari qay holatda ekanligi haqida ma’lumot beradi. Balansdagi ma’lumot quyidagicha yig‘ilgan bo‘ladi. Har bir jarayon ro‘y berishi natijasida xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari miqdoriy va tarkibiy jihatdan o‘zgarib boradi.

Bu holat dastlabki hujjatlarda aks ettirilib, so‘ngra buxgalteriyada sintetik hisob yuritiladi va schyotlarda ikki yoqlama yozuv orqali aks ettiriladi. Oy oxirida esa har bir schyotlar bo‘yicha qoldiq summalar aniqlanadi. Ba’zi schyotlar esa bekitiladi. Bu haqda kelgusi mavzularda kengroq to‘xtalib o‘tamiz. Schyotlardagi oxirgi qoldiqlardagi ma’lumotlar bosh kitobga ko‘chiriladi va balansga o‘rnatilgan tartibda aks ettirib chiqiladi.

Balansning aktiv va passiv tomonlari o‘z moddalariga ega hamda ularda ho‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larining kelar manbalarining oxirgi qoldig‘i ko‘rsatiladi.

Balans varog`i hisoblari.

1.Aktivlar .

11.Pul .

12.Qabul qilinadigan hisoblar .

14.Ta`minoti

15.Oldindan to`langan sug`urta

16. Yer

17.Ofis jihozlar


2.Majburyatlar

21.To`lanadigan

23.Ishlanmagan ijara

3.Xususiy capital

31.Chris Clark kapitali

32.Chris Clarkning pul yechishi. 1


Aktiv tomoni ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, I - bo‘lim «Uzoq muddatli aktivlar» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: asosiy vositalar, lizingga olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy qo‘yilmalar, o‘rnatila- digan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik summalari.

Ko‘rib o‘tganimizdek, «Uzoq muddatli aktivlar»ga korxonada bir yildan ortiq xizmat qiladigan mablag‘lar kiradi. qolgan mablag‘lar joriy aktivlar hisoblanadi.

I I- bo‘lim «Joriy aktivlar» deb nomlanib, quyidagi- lar kiradi: ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, pul mablag‘lari, debitorlik summalari va boshqalar.

Balansning passiv tomoni ham ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, I - bo‘lim «O‘z mablag‘larining manbalari» deb nomlanib, quyidagilar kiradi: ustav kapitali, zaxira kapitali, taqsimlanmagan foyda, kelgusi davr daromadlari va hokazolar.

I I - bo‘lim «Majburiyatlar» deb nomlanib, quyidagi- lar kiradi: bankdan olingan kreditlar, bankdan tashqari korxonalardan olingan qarzlar, olingan avanslar va kreditorlik majburiyatlari.

Balansda aks ettiriladigan xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelar manbalari alohida turlari bo‘yicha pul o‘lchov birligida ifodalanadi. Balans moddalarini baholash tamoyili barcha korxonalr uchun bir xil bo‘ladi. Baholash asosida ishlab chiqarish vositalarini sotib olish yoki mahsulot tayyorlash haqiqiy tannarxi yotadi. Buxgalteriya balansi moddalarining bahosi aniq bo‘lishi, ya’ni mablag‘lar va ularning paydo bo‘lish manbalari turlarini haqiqiy hajmida aks ettirish kerak. Aktiv va passiv moddalarini baholashning haqiqiyligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari ishonchliligi bilan ta’minlanadi.

Balansdagi moddalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar hisobot yili boshiga va hisobot davri oxiriga ko‘rsatiladi. Bunday tartib o‘rnatilishiga sabab, ikkala muddatdagi ma’lumotlarni o‘rganish, taqqoslash orqali xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini o‘zgarib borishi haqida xulosaga, ma’lum bir zarur fikrlarga kelish mumkin. Ularning natijasida oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Korxonalar balansi hisobotning bir shakli sifatida o‘rnatilgan tartib bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq Qo‘mitasining korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisoboti shakllarini tuzish yuzasidan ko‘rsatmasiga asosan andoza- dagi maxsus blankalarga tuziladi. Undagi ko‘rsatkichlar umumiy bir o‘lchov birligida, ya’ni pul ko‘rsatkichida aks ettiriladi.

Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta bo‘lib, moddalari ham turlichadir. Ammo undagi moddalarning nechtasida ko‘rsat­kichlar aks ettirilishi, korxonaning xo‘jalikni qaysi tarmog‘iga qarashliligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga, uning faoliyat miqyosi qay darajadaligi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Balansning ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlar asosida korxona faoliyati o‘rganiladi, tahlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli mulkchilik sharoitidagi tashqi foydalanuvchilar (aktsiyanerlar, inves- torlar, ta’sischilar) uchun ham kor­xona haqida ma’lumotga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi.

Balansning asosiy ma’lumot manbayi bo‘lib, buxgalteriya hisobining boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlari hisob- lanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili yoki o‘ziga xos usuli hisoblangan «Ikkiyoqlama yozuv» balans tomonlarining tengligini ta’minlovchi usuldir. Balansdagi xo‘jalik mablag‘lari va ularning kelar manbalari bo‘yicha oxirgi qoldiq asosan bosh kitobdan olinadi.

Buxgalteriya balansi nazorat quroli bo‘lib ham hisoblanadi. Agar buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlarining tengligi ta’minlanmasa, buxgalteriya yozuvlarida xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘ladi yoki mablag‘lar va ularning kelar manbalarining to‘g‘ri joylashmaganini bildiradi.



Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish