58. Sotilgan mahsulot tannarxi qaysi moliyaviy hisobot shaklida aks ettiriladi?
А) moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotda
B) buxgalteriya balansida
C) pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobotda
D) hech qaysi hisobotda aks ettirilmaydi
59. Uzoq muddatli bank kreditlari qaysi moliyaviy hisobot shaklida aks ettiriladi?
А) buxgalteriya balansining passiv qismida
B) buxgalteriya balansining aktiv qismida
C) moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotda
D) pul oqimlari toʼgʼrisidagi hisobotda
60. Buxgalteriya balansida Ustav kapitali quyidagilardan qaysi birida aks ettiriladi?
А) passiv qismining 1-chi boʼlimda
B) passiv qismining 2-chi boʼlimda
C) aktiv qismining 2-chi boʼlimda
D) aktiv qismining 1-chi boʼlimda
61. Buxgalteriya balansida pul mablagʼlari quyidagilardan qaysi birida aks ettiriladi?
А) aktiv qismining 2-chi boʼlimida
B) aktiv qismining 1-chi boʼlimida
C) passiv qismining 1-chi boʼlimida
D) passiv qismining 2-chi boʼlimida
Do'stlaringiz bilan baham: |