15-MAVZU. ICHKI AUDIT ASOSLARI
Reja:
1. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni
2. O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish
3. Ichki auditorni sertifikatlash tartibi
4. Ichki nazorat va audit tizimiga qo’yilgan talablar
5. Ichki nazoratning turlari
6. Ichki audit natijalarini umumlashtirish
7. Ichki audit hisobotining tuzilishi
1. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni
Auditorlik faoliyati va ichki audit xizmati to’g’risida so’z yuritishdan avval, «audit» so’zining lug’aviy ma’nosini iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlarning bergan fikr va mulohazalarini keltirib o’tsak. Umuman olganda audit atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, «eshituvchi», «eshitmoq» degan ma’noni anglatadi.
Ma’lumki, auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditning maqsadi va vazifalari, majburiyatlari va ob’ektlari xar xil ekanligini inobatga olgan holda, ular tashqi va ichki audit xizmatiga bo’lingan. Tashqi va ichki audit xizmati tashkil etilishi uslubiyatiga ko’ra o’xshash bo’lsada, ular o’rtasidagi farq, ularning amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy shakllarida namoyon bo’ladi. Ammo auditorlar o’z faoliyatida ko’p jihatdan ichki audit natijalariga tayanadi. Tashqi audit bilan ichki auditning tavsif jihatdan farqli jihatlarini mazkur jadvalda ko’rishimiz mumkin.
Tashqi va ichki auditning tavsif jihatdan farqlanishi
№
|
Farq qiluvchi belgilar
|
Ichki audit
|
Tashqi audit
|
|
Maqsadi bo’yicha
|
Korxona rahbariyati tomonidan belgilanadi
|
Moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini baholash va amaldagi qonunchilikka rioya etilayotganligini tasdiqlash
|
|
Qo’yilgan vazifalariga ko’ra
|
Korxona bo’limlari yoki umuman korxonaning talabiga ko’ra korxona kengashi va boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi
|
Mustaqil tomonlar o’rtasidagi shartnomaga asosan: korxona va auditorlik firmasi
|
|
Javobgarligi bo’yicha
|
Majburiyatni bajarganligi uchun rahbariyat oldida
|
Mijoz va huquqiy – me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan uchunchi shaxslar oldida
|
|
Obe’kti bo’yicha
|
Boshqaruvning alohida funktsional masalalarini echish, korxonaning axborot tizimini ishlab chiqish va tekshirish
|
Korxonaning hisob tizimini va moliyaviy hisobotlarini tekshirish
|
|
Sub’ekti bo’yicha
|
Korxona rahbariyatiga bo’ysunuvchi va shtat tarkibidagi xodimlar
|
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxs
|
|
Huquqiy jihatlari bo’yicha
|
Mustaqil belgilanadi (yoki korxonalarda ichki audit o’tkazish to’g’risidagi Nizom)
|
Umumqabul qilingan auditorlik standartlari bilan belgilanadi
|
|
Faoliyat turi bo’yicha
|
Ijro faoliyati
|
Tadbirkorlik faoliyati
|
|
O’zaro munosabat bo’yicha
|
Korxona rahbariyatiga bo’ysunishi va undan mustaqilligi
|
Teng huquqli sherikchilik, mustaqillik
|
T
|
Xizmatlar uchun haq to’lash tamoyillariga ko’ra
|
Shtatjadvaliga asosan ish haqi
|
Haqni mijoz – korxona yoki uning roziligiga ko’ra auditorlik xulosasini olishga ehtiyoji bo’lgan organ to’laydi
|
|
Hisobot taqdim etilishi bo’yicha
|
Korxona egasi va boshqaruv organiga
|
Auditorlik tashkilotining yakuniy qismi nashr ettirilishi mumkin, tahliliy qismi mijozga topshiriladi
|
|
Uslubiy jihatdan
|
Uslubiy jihatdan bir xil, ammo qo’yilgan maqsadlar xilma – xilligidan kelib chiqib har xil nisbatlarda qo’llaniladi
|
Ichki audit xizmati ham auditorlik faoliyatining bir qismi bo’lib, uning faoliyat yuritishi tashqi auditorlik faoliyatidan bir qancha farq qiladi. Ichki audit xizmati aynan aktsiyadorlik jamiyatlarida faoliyat yuritishi qimmatli qog’ozlar bozorining ham rivojlanishiga asos bo’ladi. Umuman olganda ichki auditorlar o’zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ular qoidaga ko’ra, korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga kiradilar.
Amaliy faoliyatda ichki auditorlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, shuningdek, ta’sis hujjatlari, korxonalar bo’yicha buyruqlar va lavozim yo’riqnomalariga amal qilishi lozim. Ichki auditni tashkil qilishga ta’sir qiluvchi omillar quyidagi rasmda keltirilgan.
Ichki auditning samarali tizimini tashkil qilish ancha murakkab vazifa. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
moliyaviy-xo’jalik tsiklining nazorat talab qiladigan tarkibiy qismlarining ulkan miqdori (xarid, sotish, ishlab chiqarish va boshqalar);
auditorlarga yuqori kasbiy va axloqiy talablar (ularning malakasi kamida faoliyati tekshirilayotgan shaxslar malakasiga mutanosib bo’lishi lozim).
Yirik va o’rta korxonalarda ichki auditni tashkil qilishga turtki sifatida quyidagilar xizmat qiladi:
qonunchilik tizimi murakkablashuvi;
moliyaviy vaziyatlarni boshqarishga intilish;
— korxonaning o’zi va uning tuzilmaviy bo’linmalari faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish;
resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat;
majburiyatlarni bajarish;
hisob tizimini optimallashtirish.
Ichki ishlab chiqarish auditini tashkil qilish davlat tomonidan qonunchilik asosida tartibga solinadigan masalalar sirasiga kiritilmaydi. Bu korxonaning o’ziga taalluqli huquq hisoblanadi. Shunga qaramay, uning faoliyati samaradorligiga nafaqat iqtisodiy sub’ekt aktivlari saqlanganligi, balki korxonaning ish qobiliyati ham bog’liq bo’ladi. Ichki audit boshqaruv tizimini takomillashtirish yo’llarini ko’rsatadi.
Dunyoda ichki auditga bo’lgan qiziqish bir qator omillar bilan asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |