5. Ichki nazoratning turlari Ichki nazorat tizimi quyidagi omillar ta’siri ostida bo’ladi:
Boshqaruvning ichki nazoratga bo’lgan munosabati;
Tashkilot faoliyatining ichki sharoitlari, uning hajmi, ko’lami va faoliyat turi;
Uning soni va hududiy jihatdan har xil joylashganligi, uning bir qismli yoki sho’ba korxonalariga ega bo’lishi;
Maqsad va vazifalarining strategik o’rnatilganligi;
Faoliyatning mexanizatsiyalashganligi va kompyuterlashganligi darajasi;
Resurs bilan ta’minlanganligi;
Xodimlar tarkibining bilim darajasi;
Ichki nazorat quyidagicha tashkil etilishi mumkin: Yillik hisobotni tasdiqlash maqsadida yig’ilgan aktsiyadorlar yig’ilishida saylangan, taftish komissiyasi shaklida;
Bevosita rahbar buysunuvchi ichki audit bo’limi shaklida
Nazorat guruxi shaklida
Inventarizatsiya bo’limi shaklida;
Ichki audit tekshiruvini o’tkazish uchun audit tashkiloti bilan shartnoma shaklida bo’lishi mumkin.
Taftish. Korxonada ichki nazorat tizimini ishlab chiqish jarayoni murakkab va uzoq vaqtni oladi hamda korxonada alohida bo’lim nazorat taftish bo’limi tashkil etilishi zaruriyati tug’iladi, bu holatda nazorat-taftish xizmati xatoliklarni yoki lavozimni suiste’mol qilininshi yuzaga kelishini aniqlaydi. Shuni ta’kidlash joizki, taftish faoliyati amalga oshirib bo’lingan faoliyat ustidan o’tkaziladi. Ichki audit esa korxonaning umumiy istiqbolini ko’ra oladi va kelgusida bo’lishi mumkin bo’lgan hodisalarni tahlil qiladi. Boshqacha qilib aytganda taftish ishlari bo’lib o’tgan kamchiliklar bo’yicha xulosa beradi, ichki audit esa imkoniyatni baholaydi hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan riskni kamaytirishga hamda salbiy oqibatlarga olib kelmasligini oldini olish bo’yicha takliflar beradi. Yuqoridagilardan xulosa qilib korxonada ichki taftish tizimining mavjudligi bu ichki auditning keragi yo’q degani emas.
Shtat bo’yicha ichki audit xizmati. Korxonada ichki audit xizmatining korxona rahbarlariga bo’ysunishiga har xil yondashiladi. Eng yaxshi yo’l ichki audit xizmati boshlig’ining korxona boshliqlari kengashiga bo’ysunishidir. Aynan shunday yondashish zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga to’g’ri keladi. Bu vaziyatda ichki audit tizimining ijro boshqaruvidan mustaqilligi ancha oshadi. Bu holatda ichki audit xizmati salohiyatidan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi. Har xil sabablarga ko’ra bu variantni amalga oshirish imkoni bo’lmasa, ichki audit xizmati bosh direktorga bo’ysunadi.
Ichki audit xizmatning tarkibiy tuzilishi va xodimlari soniga aniq bir cheklov berilmagan, bu quyidagi omillarga ko’ra har xil bo’ladi: birinchi omil bu korxonaning ichki audit oldiga qo’ygan vazifasi. Ikkinchi omil bu ichki audit xizmatining strukturasiga ta’sir etuvchi omillar korxonaning xar xil turdagi risklarga duch kelganligi. Uchunchi omil korxonada nazorat tizimining etukligi. Oxiri korxonaning shohobchalarining ko’pligi va har xil joyda joylashganligi.
Ichki audit xizmatining tizimining ishlab chiqishdan oldin, avvalo ichki audit xizmatining ob’ektivligini hamda erkinligini ta’minlash lozim. Sho’’balari ko’p va har xil joyda joylashgan xolding kompaniyalari uchun markazlashgan ichki audit xizmati to’g’ri keladi. Uning xodimlari hududiy holatda korxonaning bosh ofisida yoki sho’’ba korxonalarida joylashishi mumkin. Ammo nima bo’lganda ham ular funktsional ravishda korxonaning rahbariga bo’ysunadi. Ichki audit xizmati ishchilarning markazlashgan strukturasi korxonaning qaysi bir filial yoki sho’’basida joylashmasin, korxonaning ichki audit xizmati boshlig’iga yoki korxona rahbariga bo’ysunadi. Bu turdagi korxonalarga boshqaruv kuchsizlanish ehtimoli yuzaga keladi hamda ichki audit xizmatining erkinligi va ob’ektivligida yuzaga kelish mumkin bo’lgan riskni kamaytiradi.
Autsorsing va kosorsing. Ichki audit tekshiruvidan tashqari, chetdan audit tekshiruvi bo’yicha shug’ulanuvchi tashkilotning jalb qilgan holda yoki tashqi maslahatchi jalb qilish orqali amalga oshirish ham mumkin. Bu autsorsing varianti, ammo tashkilotning ichki audit masalalarini tashqi audit hal etishi tavsiya etilmaydi. Yana kosorsing varianti ham mavjud bunda korxona ichki audit xizmati tizimni tashkil etishdir va ba’zi hollarda tashqi ekspert korxonalarini yoki tashqi maslahatchilarni jalb qilish mumkin. Autsorsing va kosorsing foydalanishning afzalligi quyidagicha:
Har xil doiradagi ekspertlar xizmatidan foydalanish;
Yuqori malakali audit xodimlar xizmatidan foydalanish;
Audit resurslarni jalb qilishda tanlay olish.
Autsorsing va kosorsingdan foydalanish ko’pgina tashkilotlarga ma’qul keladi, chunki ko’pgina kichik tashkilotlar o’zining shaxsiy audit xizmati tizimini tashkil eta olmaydi, shuningdek yirik korxonalarda ham. Ichki audit tizimini tashkil etish qo’shimcha ishchilarni jalb etish ularga sharoitlar yaratishni talab etadi. Bu esa tashkilotga moliyaviy zarar keltiradi.