Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit



Download 4,97 Mb.
bet274/290
Sana10.07.2022
Hajmi4,97 Mb.
#772363
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   290
Bog'liq
!!УМК 7 лик АУДИТОхирги

Ichki auditning aniq maqsadga qaratilganligi tamoyili;

  • Ichki audit tizimining yaxlitligi va to’liqligi tamoyili;

  • Ichki auditning hujjatlarga asoslanganlik tamoyili;

  • Axborotni avtomatik tarzda qayta ishlash tamoyili;

  • Tezkorlik tamoyili.

    O’zbekiston korxonalarida ichki audit xizmatini tashkil qilish quyidagi afzalliklarga ega:
    Birinchidan, korxona boshqaruv kengashiga bo’limlar ustidan samarali nazorat o’rnatish imkonini beradi.
    Ikkinchidan, ichki auditorlar o’tkazadigan maqsadli tekshiruv va tahlilning istiqbolli yo’nalishlarini aniqlab beradi.
    Uchinchidan, ichki auditorlar tekshiruv bilan bilan birga bosh korxona, uning filiallaridagi moliyaviy – iqtisodiy , buxgalteriya va boshqa bo’limlar xodimlariga maslahatlar berish vazifasini ham bajaradilar.
    Ichki audit nafaqat xususiy mulk egalari, balki kompaniyaning menejmentiga ham zarur. Menejerlarning maqsadi – oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishda samarali yo’llar orqali biznesni boshqarish. Ushbu masalalarni ijobiy hal etish ikki masalaga bog’liq:

    1. Menejer boshqaruv masalalarini to’g’ri hal etish uchun etarli ma’lumotga egaligi;

    2. Ichki auditning asosiy maqsadi – menejerlarga o’z zimmalariga qo’yilgan vazifani bajarishda yordam berish, ularga kompaniya aktivlarining samarali ishlatilishi.

    “Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risida” nizomga muvofiq ichki audit xizmatining huquqlari quyidagilardan iborat:

    • ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxonaning mansabdor va ma’sul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish;

    • ichki audit o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.

    Ichki audit xizmati xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

    • ichki auditni amalga oshirishda qonunlar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlari talablariga rioya qilish;

    • moliya va statistika hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;

    • hisobotlar tuzish;

    • ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;

    • korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqida darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;

    • aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish;

    • Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.

    Ichki auditorlar majburiyatlariga, shuningdek quyidagilarni kiritish mumkin:

    • Nazorat tizimining samaradorligini tekshirish;

    • Tashkilot faoliyati samaradorligini baholash;

    O’rganish obektiga qarab, ichki auditning quyidagi turlarini ajratib ko’rsatish mumkin:

    • Boshqaruv tizimining funktsional auditi;

    • Boshqaruv tizimining tashkiliy-texnikaviy auditi;

    • Tashkilot boshqaruvining kompleks auditi;

    • Faoliyat turlari auditi;

    • muvofiqlilik bo’yicha audit.

    Ichki auditning turlariga tegishli belgilarning tasniflanishi

    Belgilar

    Turlari

    Auditorlik tekshiruvi o’tkaziladigan obektlar tizimi

    Alohida bo’limning auditi. Oddiy boshqaruv tizimiga ega bo’lgan tashkilotning auditi

    Amalga oshirishning davriyligi

    Birlamchi
    Bir martalik
    Operativ
    Yakuniy

    Moliyaviy hisobotlarni shakllantirishda BHMSning qo’llanilish darajasi

    Faoliyatiga BHMSga moliyaviy hisobot beruvchi tashkilot va xoldinglar auditi. Ma’lumotlarni shakllantirish jihatidan BHMS bo’yicha moliyaviy hisobot topshiruvchi tashkilot va xoldinglar auditi.

    Tashqi audit hizmati bilan o’zaro aloqasi

    Tashqi audit bilan bog’langan
    Tashqi audit bilan bog’lanmagan

    Funktsiyalari

    Boshqaruv tizimining samaradorligini nazorat qilish va baholash.
    Audit moliyaviy hisobotining aniqligini tasdiqlash
    Firmalar bo’limlari auditi.

    Boshqaruv tizimining funktsional auditida barcha bo’limlardagi ishlab chiqarish va samaradorlik baholanadi.


    Boshqaruv tizimining tashkiliy - texnikaviy auditida tashkilot bo’limlarining texnologik va tashkiliy masalalarining ichki audit nazoratini nazarda tutadi.
    Bunda quyidagilar:

    • tashqi vakolatli organlar tomonidan o’rnatilgan qonun osti meyoriy hujjati, standartlariga;

    • boshqaruv organlari tomonidan belgilangan normativ qoidalar va vazifalarga rioya qilishdir.

    Tashkilot boshqaruvining kompleks auditi – korporativ boshqaruv tamoyillariga asoslangan holda korxonaning nafaqat moliyaviy xo’jalik faoliyatini balki boshqaruv faoliyatini, ichki nazoratning mukammal tashkil etilishini va albatta korxonaning buxgalteriya hisobiga oid barcha boshlang’ich hujjatlari, aktivlar va majburiyatlar yuzasidan to’liq inventarizatsiya o’tkazishni nazarda tutadi.
    Faoliyat turlari auditi aktsiyadorlik jamiyatlari hamda holding kompaniyalarini bir nechta faoliyat turlari ham mavjud, ya’ni ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hamda savdo sotiq kabilardir. Ichki auditorlar ushbu faoliyat turlariga muvofiq o’z reja va dasturlarini ishlab chiqishlari lozim.
    Muvofiqlilik bo’yicha audit korxona faoliyati, shu faoliyatga doir ma’lumotlar mavjud qonun hujjatlarga qanchalik mos kelayotganligini yoki shu qonun hujjatlar buzilgan hollarni aniqlashga qaratilgan tekshiruv.
    Muvofiqlik auditiga misol tariqasida daromad solig’ini to’lash jarayonini keltirish mumkin. Ushbu jarayonda, daromad solig’ini to’lash vaqtida Soliq kodeksidan chetga chiqigan hollar bo’lgan yoki bo’lmaganligi tekshiriladi.
    Ichki auditorlar o’z ish faoliyati jarayonida nafaqat kuzatuv kengashi qarorlari bilan balki qonunlar, qarorlar, farmonlar kabi me’yoriy huquqiy hujjatlar bilan bevosita tanishib, ularni o’rganib borishi, kerak bo’lsa rahbariyatlarni hamda kuzatuv kengashini ular bilan amalda ta’minlab borishi kerak. Chunki korxonaning rivojlanish pog’onalari ko’p jihatdan ichki auditorlarga bog’liq bo’lishishi kerak.



    Download 4,97 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   290




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish