4. Hisob siyosati to‘g‘risidagi taqdim etilgan buyruq (farmoyish) auditning qaysi usuliga ko‘ra tekshiriladi? A. Skanerlashga ko‘ra.
B. Inventarizatsiyaga ko‘ra.
C. Kuzatishga ko‘ra.
D. Test sinoviga ko‘ra.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
5. Ichki nazorat tizimi nechta tarkibiy qismdan iborat? A. 2.
B. 3.
C. 4.
D. 5.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
6. Korxonada ichki nazorat uchun qulay bo‘lgan o‘zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig‘indisi nima deb ataladi? A. Nazorat muhiti
B. Korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi
C. Nazorat amallari
D. Ichki nazorat tizimi
E. To‘g‘ri javob mavjud emas
7. Tegishli xo‘jalik muomalalarini yozishga taalluqli hisob siyosati va amallar nima, deb ataladi? A. Nazorat muhiti.
B. Korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi.
C. Nazorat amallari.
D. Ichki nazorat tizimi.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
8. Korxona xodimlari tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar nima, deb ataladi? A. Nazorat muhiti.
B. Korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi.
C. Nazorat amallari.
D. Ichki nazorat tizimi.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
9. Ichki nazorat tuzulmasi qanday tarkibiy qismlarga bo‘lingan? A. Taftish muhiti, nazorat muhiti.
B. Hisob tizimi, nazorat amallari.
C. Ichki tekshirish va nazorat qilish.
D.Taftish va tekshiruv muhiti.
E. Nazorat muhiti, korxonadagi buxgalterlik hisobi tizimi, nazorat amallari.
10. Ichki nazorat muhiti nima? A. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining xabardorligi.
B. Ichki nazorat tizimini o‘rnatish.
C. Ichki nazorat tizimini qo‘llab-quvvatlash.
D. Yuqoridagilarning barchasi.
E. To‘g‘ri javob yo‘q.
«AUDITORLIK TEKSHIRISH VAQTIDA BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINI VA ICHKI NAZORATINI O’RGANISH HAMDA BAHOLASH» MAVZUSI BO’YICHA TARQATMA MATERIALLAR
Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini o’rganish (bayon qilish). Auditorlik tekshiruvni rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o’rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o’rganishdan ikkita maqsadni ko’zlaydi: a) audit o’tkazishni osonlashtirish va sifatini oshirish; b) tekshiriladigan korxona iqtisodini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahat yordami ko’rsatish.
Buning uchun korxona faoliyatiga ta’sir qiladigan ichki hamda tashqi omillar haqida ma’lumotlarni to’plash zarur. Auditor birinchi navbatda e’tibor berish lozim bo’lgan, korxona iqtisodiga ta’sir qiladigan ichki omillarga quyidagilar kiradi: mulkchilik shakli va boshqaruv tuzilmasi, korxonaning qanday maqsadda tashkil etilganligi, korxona faoliyatida amalga oshiriladigan asosiy muomalalar, moliyasi, xodimlari, hisob yuritish siyosati, korxonaning uchinchi shaxslar bilan o’zaro munosabatlari.
Tashqi omillarga mijoz faoliyat qiladigan tarmoq, mamlakatdagi iqtisodiy holat kiritiladi. Korxonalarga nisbatan qo’llaniladigan qonunlar nafaqat mulkchilik shakllariga, balki qarorlar qabul qilish jarayonlarining tashkil etilishi va u yoki bu hujjatlarni imzolash uchun javobgar shaxslarning tarkibiga ham bog’liq. Auditor mulkchilik shakli va tuzilishini o’rganishi uchun quyidagi ma’lumotlarni to’plash zarur:
Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish (bayon qilish). Auditor korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirishni boshlashdan oldin buxgalterlik hisobi qanday tashkil etilganligi va yuritilayotganligini o’rganishi lozim.
Korxona hisob siyosatini o’rganish (bayon qilish). Buxgalteriya hisobi va hisobotning tashkil etilishini tekshirish chog’ida hisob siyosati bilan tanishishning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy tamoillarini va tekshiriladigan korxonaning hujjatlar aylanishi grafigini o’rganish hamda baholashdan iborat. Bunda hisob siyosatini belgilaydigan farmoyish hujjatlarining mavjudligi va tarkibi aniqlanadi.