Auditorlik tekshiruvining dasturi
Audit bo’limi: Asosiy vositalar
|
|
Tekshirilayotgan tashkilot
|
OAJ «Malika»
|
|
Audit davri
|
14.03.13 - 25.03.13
|
|
Kishi-soatlar soni
|
120
|
|
Auditorlik guruhi rahbari
|
AkbarovS.I.
|
|
Auditorlik guruhi tarkibi
|
Po’latov G.R., Mavlonov V.T., Salimov D.G.
|
|
Rejalashtirilayotgan auditorlik xatari
|
0.0166
|
|
Rejalashtirilayotgan jiddiylik darajasi
|
12.500 so’m
|
|
|
|
|
Auditorlik tadbirlari ro’yxati
|
O’tka-zish davri
|
Bajaruvchi
|
Auditorning ish hujjatlari
|
Izoxlar
|
Xujjatlarni olish
|
|
|
|
|
A.Nazorat vositalari testlari
|
|
|
|
|
1. Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT)
|
14.03.2013
|
Pulatov G.R.
|
Savolnoma
|
|
2. Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT)
|
14.03.2013
|
Pulatov G.R.
|
Savolnoma
|
|
3. Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili
|
14.03.2013
|
Mavlonov V.T.
|
Savolnoma
|
|
4. Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili
|
14.03.2013
|
Mavlonov V.T.
|
Savolnoma
|
|
5. Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi ko’rsatkichlarning bir xilligini tekshirish
|
14.03.2013
|
Salimov D.G.
|
Savolnoma
|
|
6. Auditorlik tanlash hisob-kitobi
|
15.03.2013
|
AkbarovS.I.
|
Xisob-kitoblar
|
|
7.Tanlab olish miqdori va tuzilishi
|
15.03.2013
|
Salimov D.G.
|
Xisob-kitoblar
|
|
8. Monetar tanlab olishning tuzilishi
|
15.03.2013
|
Salimov D.G.
|
Xisob-kitoblar
|
|
9.Stratifikatsiyali tanlab olishning tuzilishi
|
15.03.2013
|
Salimov D.G.
|
Xisob-kitoblar
|
|
B.Mohiyati bo’yicha muolajalar
|
|
|
|
|
1. Inventarizatsiya
|
17.03.2013
|
Pulatov G.R.
|
Buyruk, inventarizatsiya xujjatlari,moddiy javobgarlik shartnomasi
|
|
2. Shartnomalarni ko’rib chiqish (tekshirish)
|
18.03.2013
|
Mavlonov V.T.
|
Shartnomalar, kelishuv baennomasi
|
|
3. AV kirimi, chiqimi va hisobini hujjatlashtirilishini to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish
|
19.03.2013
|
Salimov D.G.
|
Dalolatnoma,buyruk, smeta loixa xujjatlari
|
|
4. AV aktivlarga kiritilish mezoniga mosligini tekshirish
|
20.03.2013
|
Pulatov G.R.
|
Boshlangich xujjatlar, xisob registrlari
|
|
5.AV baholash va kirimini hisobda qayd etilishini qonunchiliqga va hisob siyosatiga mosligini tekshirish
|
21.03.2013
|
Mavlonov V.T.
|
Kabul kilish – topshirish aktlari, inventar kartochkalar
|
|
6. AV hisobi va amortizatsiya hisoblashni to’g’riligini va uni hisob siyosatiga mosligini tekshirish
|
22.03.2013
|
Salimov D.G.
|
Asosiy vositalar eskirishining xisob kitobi, xisob registrlari, xisob siyosati
|
|
7.AV ta’mirlash xarajatlarini rasmiylashtirish va hisobini to’g’riligini tekshirish
|
22.03.2013
|
Mavlonov V.T.
|
xisob siyosati , buyruk, smeta, shaxslar xisobotlari
|
|
8 Asosiy vositalarni qayta baholash va natijalarni hisobda aks ettirilishi
|
23.03.2013
|
Pulatov G.R.
|
inventarizatsiya xujjatlari, xisob registrlari
|
|
9. Sotib olingan va chiqib ketgan AV bahosini hisob ma’lumotlari bilan solishtirib, tekshirish
|
23.03.2013
|
Salimov D.G.
|
Boshlangich xujjatlar, xisob registrlari
|
|
10.Hisobotlardagi muhim axborotlarni oshkor qilinishini tekshirish
|
24.03.2013
|
Mavlonov V.T.
|
Boshlangich xujjatlar, xisob registrlari
|
|
S. Bo’lim bo’yicha yakuniy ma’lumotlar
|
|
|
|
|
1.Xato va kamchiliklarning taxminiy ro’yxati
|
24.03.2013
|
Pulatov G.R.
|
Xisob-kitoblar
|
|
2. Tizimli (sistemali) kamchiliklar to’g’risida ma’lumot
|
24.03.2013
|
Pulatov G.R.
|
Xisob-kitoblar
|
|
3. Me’yoriy hujjatlar bo’yicha aniqlangan kamchiliklar ro’yxati
|
25.03.2013
|
AkbarovS.I.
|
Xisob-kitoblar
|
|
4. Audit bo’limi bo’yicha xulosa
|
25.03.2013
|
AkbarovS.I.
|
Xisob-kitoblar
|
|
Auditorlik tashkiloti rahbari
|
|
Vasikov P.N.
|
|
Auditorlik guruhi rahbari
|
|
AkbarovS.I.
|
|
Auditorlar tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladigan ishlarning hajmi va sifatini tasdiqlaydigan, asosiy hujjatlardan bo’lib hisoblangan, ish hujjatlarini tuzishlari lozim. Bu hujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to’g’risidagi zarur ma’lumotlar; bajariladigan ishlarning batafsil bayoni bo’lishi lozim. Xususan quyidagilar ko’rsatiladi: tekshiruv o’tkazish uslubi (yoppasiga yoki tanlab), yoki tekshiriladigan hujjatlarning hajmi; tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar; tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa hujjatlar ro’yxati; amaldagi qonun-chilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bar-taraf qilish usullari to’g’risida auditorning fikrlari; mijozining moliya-xo’jalik faoliyatini yaxshilashga qaratil-gan boshqa tavsiyalar.
Shuningdek, ish hujjatlarida: mijoz-korxonaning ichki xo’jalik nazorat tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jihatlarini ajratib ko’rsatgan holda); o’tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur.
Ish hujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to’plangan ma’lumotlar ishonarliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga muvofiqligini tasdiqlashi lozim. Zarur hollarda auditor haqiqatan ham aynan shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun etarli guvohliklar to’planganligini ham baholashi zarur.
Ish hujjatlaridagi tafsilotlarning tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki xil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim.
Auditorning ish hujjatlari maxfiy hisoblanadi. Audit yakunlanganidan so’ng ish hujjatlarini himoyalash bo’yicha barcha zaruriy choralar ko’rilishi kerak. Ish huj-jatlari begona shaxslarga, agar boshqa holatlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilmagan bo’lsa, faqat mijoz-korxonaning roziligi bilan berilishi mumkin.
Auditorlik tashkilotlarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon qilinadi va o’tka-ziladigan tekshiruvning asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi.
6-MAVZU: AUDITORLIK TEKSHIRISHNI REJALASHTIRISH (amaliy mashg`ulotlar uchun tarqatma materiallar)
Masala. Quyida keltirilgan ma’lumotlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturini tuzing
Mijozdan so‘rab olinadigan hujjatlarning ro‘yxatini tuzing
Auditni rejalashtirish to‘g‘risida hisobot tuzing.
Audit o‘tkazish to‘g‘risida shartnomaning loyihasini tuzing.
Masalani bajarish uchun ko‘rsatmalar:
Yuqoridagi masalada keltirilgan ma’lumotlar korxonaning ta’sis hujjatlari va hisobot ma’lumotlarini o‘rganish orqali bajariladi va bu, o‘z navbatida, «Xo‘jalik subyekti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar» bo‘limi uchun material sifatida xizmat qiladi.
Auditning umumiy rejasi va dasturi korxonaning faoliyatini o‘rganish asosida ichki nazorat tizimini baholash va moliyaviy hisobot tahlilini hisobga olgan holda tuziladi; auditorlik faoliyati standartlariga mos holda rasmiylashtiriladi. (1-2 jadvallar)
Audit umumiy rejasining shakli.
1-jadval
№№
|
Rejalashtirilgan ishlar turi
|
O‘tkazish davri
|
Bajaruvchi
|
Izoh
|
|
|
|
|
|
5. Audit dasturining shakli.
2-jadval
№
|
Bo‘lim raqami
|
Audit bo‘limlari bo‘yicha auditorlik amallari ro‘yxati
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |