15-MAVZU: DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI (amaliy mashg`ulotlar uchun tarqatma materiallar) Masala. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lgan korxona o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini 25 645,4 ming so‘mga 100 foizli oldindan to‘lov sharti bilan sotgan. Ushbu sotilgan mahsulotning tannarxi 27 535,6 ming so‘mni tashkil qilgan. Yuqoridagi muomalalar korxona buxgalteri tomonidan quyidagicha buxgalteriyada hisobga olingan:
T/r
Xo‘jalik operatsiyasi mazmuni
So‘mma, ming so‘mda
Schotlar Korresponden- siyasi
Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar
Debet
Kredit
1
Mahsulot uchun oldindan to‘lov kelib tushdi
25 645,4
6310
5110
Hisobraqamdan ko‘chirma
2
Sotilgan mahsulotning haqiqiy narxi hisobdan chiqarildi
27 535,6
2810
9110
Yukxati, hisobvaraq-faktura
3
Mahsulot sotilishidan tushgan daromad aks ettiriladi
25 645,4
9010
4010
Buxgalteriya hisob-kitob-ma’lumotnomasi
4
Avans to‘lovini hisobga olinishi aks ettiriladi
25 645,4
4010
6310
Olingan bo‘naklar hisobining qaydnomasi
5
Realizatsiya bo‘yicha moliyaviy natija aks ettiriladi (9110 va 9010 schotlarining yopilishi)
27 535,6
25 645,4
9110
9910
9910
9010
Olingan bo‘naklar hisobining qaydnomasi
6
YAST hisoblandi
1 376,78
6410
9820
Buxgalteriya hisob-kitobi
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. “ALSCOM” kompaniyasida 2012 - yil bo‘yicha quyidagi moliyaviy natija aniqlangan. Kompaniyaning soliqqa tortilgunga qadar foydasi 2500 000$ ni tashkil etgan. Buxgalteriya hisoboti bo‘yicha hisoblangan amartizatsiya miqdori 100 000$, soliq hisoboti bo‘yicha hisoblangan amartizatsiya miqdori esa 120 000$ ni tashkil etadi. Kompaniya bank kreditidan foydalanganligi uchun, bankka 50 000$ miqdorida foiz to‘lovlarini to‘lagan. Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan foiz stavkasi bo‘yicha foiz xarajatlari 40 000$ ni tashkil etadi Soliq stavkasi 10% Kompaniya 2008 - yil uchun budjetga 25 000$ daromad solig‘i to‘lagan .
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim
Masala. OAJ umumbelgilangan tartibdagi soliq to‘lovchi hisoblanadi. Jamiyat tarkibida mustaqil balansga va alohida hisobraqamiga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanuvchi 8 ta sho‘ba korxona mavjud. Auditorlik tekshiruvi jarayonida mijoz-korxona tomonidan auditorlarga quyidagi masalalar bo‘yicha amaliy maslahatlar berish talab etildi.
Shu’ba korxonalar yil yakuni bo‘yicha jamiyatga topshirgan balanslari yig‘ilgan holda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida olingan sof foyda taqsimlanadi. Sof foydaning dividend uchun yo‘naltirilgan qismi aksiyadorlarga (yuridik va jismoniy shaxslarga ) egalik qilayotgan aksiyasiga qarab taqsimlanadi, taqsimlangan dividend uchun dividend solig‘i kim tomonidan, qanday tartibda to‘lanadi?
Quyidagi qayd etilgan ko‘rsatkichlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning (2-son shaklning) qaysi satrlarida aks ettiriladi:
a) jamiyatni saqlash uchun sho’ba korxonalaridan kelib tushgan to‘lovlar (daromadlar);
b) sho’ba korxonalarimiz tomonidan bizning hisobraqamga o‘tkazilgan dividendlar;
v) sho’ba korxonalarimiz tomonidan korxonamiz hisobiga o‘tkazib berilgan to‘lovlar hisobidan amalga oshiriladigan korxonani boshqarish va boshqa maqsadlardagi xarajatlar.