Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?YA
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Masala. Ishlab chiqarish korxonasini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish vaqtida quyidagilar aniqlandi:
Korxona xodimlariga meditsina xizmati ko‘rsatish uchun pul to‘langan:
Debet 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schoti – 3000000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti- 3000000;
Korxona xodimlari farzandlarining dam olishlari uchun lagerga putyovka olingan:
Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schoti – 1500000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti- 1500000;
Oborot mablag‘larini to‘ldirish uchun olingan qisqa muddatli kredit foizi to‘langan:
Debet 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” schoti – 74000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti – 74000;
8- mart «Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan sovg‘a olingan:
Debet 9420 “Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti – 270000;
Kredit 5010 “Kassa” schoti – 270000.
Talab qilinadi: Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Xarajatlarni hisobga olishdagi xatoliklarni aniqlang.
Masala. 10 - fevralda savdo tashkiloti bosh kassasi inventarizatsiya qilindi. Bosh kassir auditorlar komissiyasiga naqd 125000 so‘m borligini e’lon qildi. Kassa hisoboti ma’lumoti bo‘yicha shu kun boshiga naqd pul qoldig‘i 25600 so‘m bo‘lgan. 10 - fevral kuni № 151 - kassa kirim orderi bo‘yicha 1-kassaga 30000 so‘m pul tushgan va shu so‘mma kirim qilingan. Shuningdek 2-kassaga tushgan 27000 so‘m № 152 - kassa kirim orderi bo‘yicha kirim qilingan. 10 - fevraldagi № 137- kassa chiqim orderi bo‘yicha bankka 44800 so‘m topshirilgan.
Bosh kassir quyidagi shaxslarga maoshgacha pul berganligini tushuntirish xatida ko‘rsatib o‘tgan:
Sotuvchi S.G.Hamidovaga 55000 so‘m.
Ishchi A.SH.Ahmedovaga 40000 so‘m.
Kassir L.A. Abdullayeva 35000 so‘m.
Kassir fikri bo‘yicha bu so‘mmalar ish haqi beriladigan kun yuqoridagi shaxslardan ushlab qolinadi.
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Inventarizatsiya bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshiring. Holatga baho bering.
Masala. Bank tomonidan korxona kassasiga naqd pul qoldig‘i me’yori 20000 so‘m qilib belgilangan. Tekshirilayotgan davr mobaynida 5010-«Kassa» schoti bo‘yicha registrda hamda kassa hisobotida naqd pul qoldig‘i ko‘rsatilgan.
1-fevralda 35000 so‘m;
18-fevralda 760000 so‘m;
1-martda 220000 so‘m;
1-aprelda 286500 so‘m;
15-aprelda 148700 so‘m;
2-mayda 137000 so‘m;
15-mayda 128000 so‘m;
5- iyunda 472700 so‘m;
1-iyulda 127000 so‘m;
10-iyulda 168000 so‘m;
1-avgustda 113000 so‘m;
10-sentabrda 157000 so‘m;
10-Oktabrda 158000 so‘m;
12-dekabrda 158000 so‘m.
Savdo korxonalari uchun ish haqi berish sanasi har oy uchinchi yoki o‘n yettinchi kuni qilib belgilangan.