1.Xo'jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish
va uning oldiga qo'yiladigan vazifalar Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarini
to‘g‘ri tashkil qilish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va
tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni
hamda muomalalarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish
rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish,
nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi.
Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e’tibor
qaratiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi.
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari quyidagi huquqlarga ega:
buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklash;
buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish.
Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari:
hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini;
ichki nazorat tartibini;
buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli yuritilishini;
hisob hujjatlarining but saqlanishini;
moliyaviy hisobotning tayyorlanishini;
soliq hisobotining va boshqa moliyaviy hujjatlarning tayyorlanishini;
hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini.
Xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.
Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar (ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak.
Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Хo’jaliklarda mavjud pul mablag’laridan maqsadli foydalanish va ularni samarali boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag’lar va majburiyatlarni o’z vaqtida so’ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi. Shu boisdan, ushbu nazoratni to’g’ri va o’z vaqtida tashkil etishda uning oldiga bir qator vazifalarni bajarishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat:
pul mablag’lari va hisob–kitob operatsiyalarini o’z vaqtida tegishli hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirib borish;
kassadagi kirim va chiqim qilinayotgan mablag’larni to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni kassa daftarida qayd qilib borish;
kassadagi naqd pul mablag’lari va unga ekvivalent bo’lgan pul hujjatlari, qimmatli qog’ozlarning butligini kundalik nazorat qilib borish;
pul mablag’laridan to’gri foydalanish va ularning maqsadli sarflanishini doimiy nazorat qilish;
budjet, budjetdan tashqari mablag’lar, banklar, xodimlar va boshqa tashkilotlar, xaridor va buyurtmachilar bilan shartnomada belgilangan to’lov shakllariga amal qilib borishni nazorat qilish;
qarzlarni qaytarish muddatidan o’tkazib yubormaslik maqsadida debitor va kreditorlar o’rtasidagi o’zaro hisob – kitoblarni o’z vaqtida taqqoslama dalolatnomalar bilan rasmiylashtirish hamda uni so’ndirish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish;
xo’jalikning pul mablag’lari harakatini oldindan prognozlash va pul oqimini me’yorlashtirish bo’yicha tegishli tadbirlar ishlab chiqishda iboratdir.
Kassadagi naqd xorijiy valuta qoldig’i vaqti-vaqti bilan so’mga nisbatan qaytadan baholanib turiladi. Ijobiy va salbiy kurs farqi 5020 «Chet el valutasidagi pul mablag’lari» schyotida tegishli 9540 «Valutalar kurslari farqlaridan foydalar» yoki 9620 «Valutalar kurslari farqlaridan zararlar» schyotlari bilan bog’liqlikda aks ettiriladi.
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo’llanilmoqda:
- erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan (preyskurant) ulgurji baholar. Bu narx tovar jo’natish shartnomalarini tuzishda korxona tomonidan mustaqil belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan hisob – kitoblar olib borishda mol yuboruvchining to’lov hujjatlarida ko’rsatilib molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida foydalaniladi;
- nomenklatura hisob bahosi bo’yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan) materiallarning reja tannarxi, o’rtacha sotib olish narxlari va b. bo’lishi mumkin. Barcha hollarda ham baho asosida shartnoma yoki preyskurant baholari bo’lib, ustiga rejalashtirilgan (hisoblangan) transport – tayyorlov xarajatlarini qo’shib belgilaydi. Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini joriy va operativ hisobga olishda qo’llaniladi.
4 – BHMS 9 –bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan sotib olinadigan material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo’yicha boj to’lovlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga to’lanmalar, soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek transport – tayyorlov xarajatlari, xizmat ko’rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Xarajatlar hisobini tashkil etishdan asosiy maqsad
ularni yuzaga kelish joylari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda hisobotlarda aks ettirish uchun axborotlarni yetazishdir.