Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobot I


Korxonaning moliyaviy holati tahlili



Download 278,58 Kb.
bet13/16
Sana24.05.2023
Hajmi278,58 Kb.
#943171
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
XISOBOT

11. Korxonaning moliyaviy holati tahlili
Moliyaviy tahlil — korxonalarning ochiq tarzdagi moliyaviy xisobotlarining ma’lumotlariga asoslanib o’tkaziladigan tahlildir. Yuqorida ta’kidlanganidek moliyaviy tahlilni korxonalarning xodimlari o’tkazishi mumkin, lekin moliyaviy xisobot ochiq bo’lganligi uchun bu tahlilni boshqa tashqi organlar, korxonalar va tashkilotlar — soliq, moliya, bank va boshqalar tomonidan o’tkaziladi hamda korxonalarning moliyaviy xolatiga baho beriladi. Boshqaruv tahlili bevosita korxonalar tomonidan o’tkazilib, u ham ochiq, ham yopiq xisobot axborotlariga asoslanadi va bu tahlil yakunlari korxonalar raxbariyati tomonidan boshqaruvlikni takomillashtirish uchun foydalaniladi. Bu tahlilda yopiq ma’lumotlardan foydalanilganligi uchun bu tahlilni asosan tashqi korxona va organlar emas, bevosita korxona xodimlari olib boradilar, chunki bozor munosabatlari davrida xar bir korxona o’zining xisob siyosatiga ega. Shuningdek, uning faoliyatida tijorat sirlari bo’lib, ular moliyaviy xisob va xisobotda emas, boshqarma xisob va xisobotida ifodalanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlil shakllari bir birini inkor qilmaydi, ular bir-biri bilan bog’lik, lekin bajaradigan vazifalari va xususiyatlari xar xil. Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega: - moliyaviy tahlilning yakunlari ochiq bo’lib, ulardan hamma foydalanishi mumkin; - moliyaviy tahlilning sub’yektlari va bu tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi organ, korxona, tashkilotlar tarkibi keng;
- moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan xisobot ma’lumotlariga asoslanadi; - moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun o’tkaziladi; - moliyaviy tahlilning yo’nalishi moliyaviy xisobot ma’lumotlari bilan cheklangan bo’lib, unda chegaralangan aniq bir vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustaxkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqalardir.
O’z navbatida boshqaruv tahlili quyidagi xususiyatlar bilan ifodalanadi: 1) korxona tijorat sirlarini saqlash maqsadida boshqaruvlik tahlilning yopiqligi; 2) boshqaruv tahlili o’tkazilganda foydalanadigan ma’lumotlar tarkibi chegaralanmaydi. Bu tahlilda ochiq moliyaviy xisobot ma’lumotlaridan tashqari, birlamchi buxgalteriya xisobi ma’lumotlari, maxsus tashkil qilib yig’ilgan ma’lumotlaridan foydalaniladi; 3) boshqaruv tahlilida tahlil yo’nalishlari, foydalanilayotgan ko’rsatkichlar, bajariladigan vazifalar chegaralanmaydi; 4) boshqaruv tahlilining yakunlari ichki maqsadlar xamda moliyaviy holatni yaxshilash uchun foydalaniladi. Ko’rinib turibdiki, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish keng miqyosda va aniq vazifalarni bajarish uchun o’tkaziladi. Korxonalarni ishlab chiqarish, xo’jalik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish uchun an’anaviy, qadimdan qo’llanib kelinayotgan usullar bilan birga, keng tarzda statistika usullari, moliyaviy holatni ifodalovchi ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish, statistik kuzatishlarni o’tkazish, mutlaq, nisbiy, o’rtacha, dinamik ko’rsatkichlardan foydalanish, dinamik qatorlardan, iqtisodiy indekslar tizimidan, omillararo korrelyasiya aloqalarini aniqlash, jadval va chizma tizimidan foydalanish lozim. Umuman tahlil qilish usullari, ayniqsa, moliyaviy holatni tahlil qilish usullari bozor munosabatlariga o’tish bilan yanada takomillashtirilishi, korxonalararo taqqoslash, raqobatchi va ilg’or korxonalar bilan taqqoslash hamda korxonalarning istiqbol moliyaviy holatini tahlil qilish usullari katta ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab ish bo’lib, u o’z ichiga korxonalarda shakllangan moliyaviy holatni, uning alohida yo’nalish bo’yicha moliyaviy holatini aniqlovchi shart-sharoit, omillarni, korxonalar moliyaviy holatini kelgusida ko’tarish imkoniyatlarini, zaxiralarini, yo’nalishlarini tahlil qilishni oladi. Demak, moliyaviy tahlilni xar tomonlama tayyorlab, so’ng o’tkazish lozim.
Shu sababli moliyaviy tahlilni tayyorlash va o’tkazish bir qancha bosqichlarni o’ziga olib, ular quyidagilardan iborat: - moliyaviy tahlilni o’tkazishning ishchi dasturini tuzish. Dasturda tahlilning maqsadi va vazifalari aniqlanadi; - tahlilni o’tkazuvchilarning tarkibini aniqlash, ya’ni tahlil qiluvchilarning ro’yxatini tuzish; - tahlil uchun foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlarni to’plash; - moliyaviy tahlilda foydalanadigan ko’rsatkichlar tizimini aniqlash; - moliyaviy tahlil ko’rsatkichlarini xisoblash usullarini aniqlash; - tahlilda foydalanadigan ko’rsatkichlarni xisoblash va ularni umumlashtirish; - tahlil yakunlarini jadvallar va chizmalarda shakllantirish; - moliyaviy tahlil natijasida xotima tayyorlab, unda tahlil yakunlari bo’yicha xulosalar chiqarib, kelgusida korxonaning moliyaviy holatini ko’tarishga bag’ishlangan tavsiyalar ishlab chiqish; - moliyaviy tahlil yakunlarini maxsus yig’ilishda muhokama qilish; - tahlil yakunlari bo’yicha muhokama natijalarini e’tiborga olib, korxonaning moliyaviy holatini ko’tarish maqsadida boshqaruv tizimini takomillashtirishga bag’ishlangan tadbirlar ishlab chiqib, ularni korxona raxbariyatining maxsus qarorida ifodalash. O’tkazilayotgan moliyaviy tahlilning darajasi va mazmuni foydalanilayotgan ma’lumotlar bazasiga bog’liй iqtisodiy fanlarning rivojlanishi, buxgalteriya xisobi va xisobotlarining takomillashtirilishi bilan ma’lumotlar bazasi ham takomillashib boradi. Demak, foydalaniladigan ma’lumotlar moliyaviy tahlilning manbalari bo’lib xisoblanadi. Bunday manbalar sifatida korxonalarning yillik va boshqa xisobotlarini ko’rish mumkin.
Moliyaviy tahlilning yo’naltirilganligi nuqtai nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o’tkazilishi mumkin: - gorizontal tahlilda xisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi ko’rsatkichlar o’tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko’rsatkichlarning dinamikasi aniqlanadi; - vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo’lgan ko’rsatkichlarning tarkibiy-tuzilmasi o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining yoki ularni qoplovchi manbalarining xisobot davridagi tarkibi va uni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi ifodalanadi; - nisbiy ko’rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko’rsatkichlari o’rtasidagi aloqa o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining va ularning manbalari o’rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish o’rtasidagi aloqa ifodalanadi; - taqqoslash tahlilida korxona bo’yicha moliyaviy holat uning alohida bo’limchalari moliyaviy holati bilan taqqoslanadi, bu korxonaning moliyaviy holati boshqa korxonalarning moliyaviy holati bilan solishtiriladi; - pirovardida, omillar tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlil etiladi. Yuqorida ko’rsatilgan moliyaviy tahlilning shakllaridan tashqari yana amaliyotda ichki va tashki, moliyaviy va boshqaruvchanlik tahlili shakllari qo’llaniladi. Ichki moliyaviy tahlil korxonalarning xodimlari tomonidan o’tkazilib, shu korxonalarning boshqaruv tizimini kelgusida takomillashtirish va moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida o’tkaziladi.

To’lovga qodirlik ko’rsatkichlari

Ko’rsatkichni hisoblash usuli


Ko’rsatkichlarning mazmuni


1. Mutlaq to’lovga qodirlik -koeffisiyenti





A1-pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar summasi;


P1- joriy kreditorlik qarzlari
P2-qisqa muddatli kreditlar va qarzlar

2.Oraliq to’lovga qodirlik koeffisiyenti





A2-debitorlik qarzlari


3.Joriy to’lovga qodirlik koeffisiyenti





A3-tovar -moddiy zixiralar (kelgusi davr xarajatlaridan tashqarisi.)


Omilli tahlil usuli orqali to’lovga qodirlik koeffisiyentlari o’zgarishiga omillarning ta’siri hisoblanadi va har birining ta’siriga baho beriladi. Omillar tasirini zanjirli bog’lanish usuli orqali aniqlash zarur. Buni mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining tahlili misolida keltirdik.


Hisobot davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentini bazis davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentiga solishtirib, o’zgarishi aniqlanadi:
Ushbu o’zgarishga omillar tasirini aniqlash: 1.Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga joriy kreditorlik qarzlari o’zgarishining tasiri:
2. Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga qisqa muddatli kreditlar va qarzlar o’zgarishining tasiri:
3. Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga pul mablag’lari summasi o’zgarishining tasiri:
Ushbu uch omil tasirlarining yig’indisi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga teng kelishi kerak..
Taxlilning asosiy vazifalari kuyidagilardir:
1.Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o’zgarishiga baho berish;
2.Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish;
3.Balans likvidligi ko’rsatkichlarini aniqlash va ularning o’zgarishini tahlil qilish;
4.Korxonaning to’lov layoqati koeffisiyentini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish;
5.Moliyaviy koeffisiyentlarni aniqlash va ularning o’zgarishiga baho berish.
6.Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini o’rganish
7.Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o’rganish.
8.Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo’yicha tavsiyalar, takliflar berish.
12. Korxona moliyaviy natijalarining tahlili.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish jarayonidaiqtisodiy dastaklardan kеng ko`lamda foydalaniladi. Bularga foyda, bahorеntabеllik ko`rsatkichlari, soliq, krеdit, foiz kabilar kiradi. Ularni ichida foydakorxonaning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ifodalovchi eng muhim mеzondir.Erkin iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishning asosiymaqsadi foyda olishga qaratilganligi bois har bir xo`jalik yurituvchi sub'еktko`proq foyda olishga intiladi. Binobarin, foyda miqdorida jamiyatning korxonajamoasining va har bir xodimning manfaatlari o`z ifodasini topadi. Shu bois foydaiqtisodiy katеgoriya bo`lib u o`zida ishlab chiqarish va taqsimot orqali tovar - pulmunosabatlarini aks ettiradi. Xo`jalik yurituvchi sub'еktning olgan foydasa qanchako`p bo`lsa, har bir xodimni shuncha ko`p rag`batlantirishga, korxonani hartomonlama kеngaytirishga, takror ishlab chiqarish fondlari mablag`iniko`paytirishga imkoniyati tug`iladi. Bundan jamiyat ham manfaatdor, zеrokorxonaning olgan foydasi qancha ko`p bo`lsa foydadan davlat byudjеtigato`lanadigan soliq ham shuncha ko`p bo`ladi. Shu bois erkin iqtisodiyot sharoitidafoyda olishning axamyati bеqiyos darajada oshganligini ko`rishimiz mumkin.Iqtisodiyotimizning barcha sohalaridagi o`sish sur'atlari o`z navbatida foydahajmini ham barqaror tarzda ko`payishiga olib kеldi. Moliyaviy natijakorxonafaoliyatining foyda summasi va rеntabеllik darajasida ifodalanadigan yakunidir.Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning xo`jalik va moliyaviy faoliyatinibеlgilovchi asosiy mеzon - sof foyda hisoblanadi. Sof foyda miqdorini aniqlashuchun quyidagi oraliq foyda ko`rsatkichlarini aniqlash kеrak:1.Yalpi foyda = Sof tushum – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.2.Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kеlgan foyda = yalpi foyda – davrxarajatlari ± asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromad (xarajat).3.Umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda= asosiy faoliyatdan olinganfoyda+olingan dividеndlar+ boshqa olingan dividеndlar ± olingan va bеrilganqarzlar bo`yicha foizlar ± boshqa olingan va to`langan foizlar ± valyuta kursi farqi± moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa daromad (xarajat).4.Soliq to`lagunga qadar foyda = umum xo`jalik faoliyatidan kеlgan foyda ±favquloddagi foyda (zarar).5.Sof foyda (zarar) = soliq to`lagunga qadar foyda - foydadan soliq boshqasoliqlar va ajratmalar.Foydaning mutlaq miqdori korxonalarning xo`jalik yuritish borasidagisamaradorlik darajasini har tomonlama bеlgilamaydi. Shuning uchun nisbiyko`rsatkichlarni aniqlash kеrak. Bu ko`rsatkich - rеntabеllik ko`rsatkichlarihisoblanadi.Rеntabеllik ko`rsatkichi jami ijtimoiy ishlab chiqarish va har bir ayrimkorxonaning iqtisodiy hamda moliyaviy samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkich hisoblanadi.

Download 278,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish